Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə82/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

2. Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirish mаshg‘ulotlаri. Tevarak-atrofni o‘rganish jarayoni bola tafakkurini ri- vojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo‘lmagan hissiy rag‘batlantirishga sabab bo‘ladi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiyot bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko‘chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning go‘zalligini, bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy mu- nosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama ka- mol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib bo- rishiga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to‘lib idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv-tarbiya jarayo- nini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogik
tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Ya’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir.
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqdik hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqdik.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining past- balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ay- niqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jum- ladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi.
Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo‘yicha uyushtiriladi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri nimaga? nima uchun? ni- madan? qanday qilib? kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin.
Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi.
Masalan, «Bahorda bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazdik» mavzuida suhbat. Bu suhbat bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazilgandan keyingi kun bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin