Tarbiyachi: Bolalar, biz sayrga nimada ketyapmiz?
Bolalar: Avtobusda.
Tarbiyachi: Yana nimalarda ketishimiz mumkin edi?
Nigora: Trolleybusda. Zokir: Yengil mashinalarda. Shokir: Poyezdda.
Tarbiyachi: Shahar ichida poyezd yuradimi?
Ravshan: Metro poyezdi yuradi-ku.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri. Biz hozir avtobusda ketyapmiz. Shahar markaziga metroda ham borishimiz mumkin.
Suhbat jarayonida bolalarning nutq bo‘yicha talay qiyinchiliklarga duch kelishi aniqlandi.
Bu qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:
Kuzatishlar suhbat jarayonida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar- ning erkin muloqotda bo‘lishlari va fikr almashishlariga, bolalarning til vositalarini mustaqil tarzda, mavzuga mos tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini ko‘rsatdi.
Masalan, «Transport turlari» mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan suh- batda avtobus, poyezd, samolyot, metro kabi har bir so‘zning ma’nosini tushunib ishlatilishi, bir-birlarining fikrini va tarbiyachi fikrini davom ettirganda, xulosalaganda jumlalar, birikmalar va so‘zlarni to‘g‘ri tuzishi va o‘z o‘rnida ishlatishiga erishish nutqni rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir.
Dialog vositasida nutqni rivojlantirishda bolalarning aniq mavzu asosida qurilgan suhbatda qo‘llangan so‘zlarning ma’nolarini, masa- lan, transport turlarining farqini anglab olishlari va ana shu so‘zlar qatorini tuzishlari ham muhim.
Tramvay, trolleybus, avtobus – transport turlari. Ular nima bilan yuradi?
Tramvay, trolleybus elektr tokida yuradi.
Avtobus va boshqa avtomobillar benzin yordamida yuradi.
Samolyot ham benzin yordamida uchadi.
Metro elektr toki yordamida yuradi. Tarbiyachi:Buni qanday bilib olding? Salim: Mening dadam avtobus haydaydilar.