Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə87/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

2. Tarbiyachi. Endi oldingizdagi narsani qo‘lingizga olib, u orqali bir-biringizga qarang. Bir-biringizni ko‘rayapsizmi? Endi qo‘lingizdagi narsangiz (butilka, stakan, ryumka va h.k.) orqali men- ga qarang. Men ko‘rinayapmanmi? Tarbiyachi bolalardan qoniqarli javob olgach, ichidagi narsalar ko‘rinadigan, u orqali bir-biringizni ko‘rish mumkin bo‘lgan buyumni qanday buyum deymiz? Deya so‘raydi.
Bolalar. Tiniq, deb javob berishadi. Keyin uch-to‘rtta bolaga ulardagi buyum qanday buyum ekanligini aytish taklif etiladi (tiniq banka, tiniq stakan, tiniq ryumka va hokazo). So‘ngra tarbiyachi bo-
lalarga «Tiniq buyumlarni topish uchun nima qilish kerak?» degan savolni beradi, bolalar javob berishadi: «Unga qarash kerak», «U orqali boshqa narsalar, bolalar ko‘rinsa, u narsa tiniq bo‘ladi».
Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoq- laringiz ko‘rinadimi?
Bolalar. Yo‘q.
Tarbiyachi. Stolning yuzasi taxtadan qilingan, shuning uchun un- dan qaraganimizda oyoqlarimiz ko‘rinmaydi, deb tushuntiradi.
Shundan keyin tarbiyachi yana bolalarning diqqatini shishali buyumlarga yo‘naltiradi va uni siqib ko‘rishni aytadi. Bolalardan: shisha buyum qattiqmi, yumshoqmi? deb so‘raydi. Bolalar, qattiq, deb javob berishadi.
Buyumning qattiq ekanligini bilish uchun nima qilish kerak? deydi tarbiyachi. Uni siqib ko‘rish kerak, deb bolalar harakat bilan ko‘rsatishadi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini tasdiqlab: «To‘g‘ri, uni siqib ko‘rish kerak» deb harakatning nomini (siqib ko‘rish kerak) takrorlatadi».
Mashg‘ulotning uchinchi qismi tevarak-atrofdagi narsalardan yan- gi sifatlarni ajratishni mashq qilishga bag‘ishlanadi. Tarbiyachi bo- lalarga tevarak-atrofga qarab tiniq buyumlarni (narsalarni) topishni, topgach, uning nomini aytishni va quyidagi savolga javob berishni aytadi. «Buyum tiniq ekanligini qanday bilib olding? Xuddi shu tariqa tiniq bo‘lmagan buyumni topishni aytib, uni qanday topganligini qan- day bilib olganligini so‘raydi.


Xulosa:

Muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladi- gan muloqot erkin muloqot bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo‘lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish malakalarining paydo bo‘lishiga, so‘z zaxirasi- ning boyishiga olib keladi. Shu bilan nutq malakasining o‘zlashtirilishiga zamin bo‘ladi. Bolalar ko‘proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak- atrofni kuzatib, tarbiyachi va do‘stlari bilan so‘zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?

  2. Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirishda ya- qindan yordam beradigan qanday mаshg‘ulotlаrni bilasiz?

  3. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at boyligini faollashtirish uchun mavzu rejasiga qanday mavzularni kiritish maqsadga muvofiq?

  4. Qanday o‘yinlar bolalarning nafas yo‘llarini rivojlantirishga yor- dam berish bilan birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi?

  5. Maxsus tayyorlangan suhbatlar qanday tuziladi?

  6. Muloqot mashg‘uloti qanday qism va xulosadan iborat bo‘ladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin