uch bosqichda amalga oshadi.
Birinchi bosqich (tug„ilganidan boshlab 9 oylik davrigacha)da go„dak atrofidagi kattalarning nutqini
tushunmaydi va o„zi ham so„zlay olmaydi. Biroq bu bosqichda kelajakda
shakllanadigan nutqni o„zlashtirishga zamin hozirlanadi. Tadqiqotlarda mazkur
davr noverbal bosqich deb ataladi.
Ikkinchi bosqich (9 oydan 3 yoshgacha) -
nutqning shakllanish bosqichi sanaladi. Bu davrda bola kattalar tomonidan
qo„llanadigan oddiy, sodda shakldagi nutqiy qurilmzlarni tushunishga harakat
qiladi, o„zi ham dastlabki so„zlarni talaffuz qila boshlaydi.
Uchinchi bosqich 3
yoshdan 7 yoshgacha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi. Bu bosqichda bola kundalik
hayotda faol qo„llanadigan nutq birliklarini to„liq o„zlashtiradi va ulardan
atrofidagilar bilan muloqot jarayonida keng foydalanadi. Bu bosqich nutqiy
muloqotning rivojlanish bosqichi hisoblanadi
1
.
Bola tevarak-atrofda kuzatilgan narsa-buyum hamda voqea-hodisalar haqidagi
ma'lumotlarni o„yin orqali o„zlashtirib, har xil harakatlarni bajaradi, ko„rgan-
bilganlarini o„zicha talqin qilishi natijasida ifodalanayotgan hodisalarning
mazmun-mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga intiladi. V.V. Dementev bu
boradagi tadqiqotida maktabgacha yoshdagi bolalar o„yinlarini quyidagi tiplarga
ajratadi:
1.
Kommunikativ o‘yinlar . Bu tipdagi o„yinlar tilga bog„liq yoki bog„liq
emasligiga ko„ra o„zaro farqlanadi. Ular o„rtasidagi tafovut shundan iboratki, til
bilan bog„liq kommunikativ o„yin bolaga ijodiy qobiliyatini erkin holda namoyon
etish imkonini beradi. Tilga bog„liq bo„lmagan o„yin esa uning faoliyatini
muayyan qoidalar bilan cheklab qo„yadi. Bir necha qoidalarni o„z ichiga oluvchi
1
Сайидирақимова Н,С. Болалар иуткииинг фонетик хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиѐти. - Тошкент,
2000. - № 2. - Б. 75-78; Болалар нугқининг тил онтогенезинк ўрганишдаги ахамияти // История, культура и
экономика юга Киргизистана. Ош, 2000. - Т.2. - Б. 73-76; Болалар нуткининг тилшуносликда ўрганилиш
тарихи // Тил ва адабиѐт таълими. - Тошкент, 2002. - № 4. - Б. 21-23; Мактабгача ѐшдаги ўзбек болалар
нуткииинг лингвистик хусусиятлари: Филол. фанлари номзоди ... дисс. - Тошкент, 2004. - 126 б.
kommunikativ o„yinlar musobaqa tarzida o„tkaziladi. Odatda, muayyan qoidalar
asosida amalga oshiriladigan o„yin jarayoni tartibli kechadi.
2.