O’qituvchi ovozi o’zida quyidagi
xususiyatlarni aks ettira olishi zarur:
1) jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
2) keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo’lgan darajasi);
3) havodorlik (erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lishi);
4) ixchamlik, harakatchanlik;
5) chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo’lish);
6) moslashuvchanlik (dinamika, tembr, ohandorlikning turli sharoitga moslasha olishi);
7) qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga tembr va tessituraning o’zgarib turishi);
8) suggetsivlik (ovozning xayajon ifodalashi va bu orqali, qanday so’z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati)
Pedagogik faoliyatda o’qituvchi o’z nutqini tashkil
etishda quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratishi zarur:
adabiy (sheva so’zlarining qo’llanilmasligi)
me’yorlariga (kadi – qovoq, pamildori – pomidor,
kelutti – kelyapti, kartishka – kartoshka va
hokazo tarzida) amal qilish;
talaffuz (o, a, u ,o’, f, v, p, d, t, x, h, s, ts, j, sh)
me’yorlariga (onor – anor, uxshash – o’xshash, palakat –
falokat, Hamit – Hamid, xam – ham, sentner – tsentner,
ijtimoiy – ishtimoiy kabi shakllar) rioya etish;
kelishik me’yorlariga (Sobirni ukasi – Sobirning
ukasi, o’quvchini daftari – o’quvchining daftari,
poezdga keldim – poezdda keldim va boshqalar
ko’rinishida) amal qilish
1
2
3
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rganilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituvchilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini egallashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |