O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir. Og`zaki nutq mahoratini yuksaltirish, nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg`u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi.
Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diksiya, ritmika Asosiy shakllar Monolog –
o’qituvchining
o’ziga
yoki o’quvchilarga qaratilgan nutqi
(ichki va tashqi monolog)
Dialog –
o’qituvchi
va o’quvchi
o’rtasida
tashkil
etiladigan
suhbat
Polilog –
o’qituvchi va bir
nechta o’quvchi
yoki o’quvchilar jamoasi o’rtasidagi suhbatni
ifodalovchi nutq
O’qituvchi nutqining asosiy shakllari Nafas olish organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Nutq so‘zlayotganda nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush). Kundalik hayotdagi nutq asosan dialog shaklida bo‘ladi. Shuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik tug`dirmaydi.
Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi.
Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga qarab nafas olish bir nechta turga bo‘linadi.
Yuqori nafas – yelkalarning ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasining yuqori qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo‘sh yuzaki nafas bo‘lib, unda o‘pkaning faqat yuqori qismi ishtirok etadi.
Ko‘krak nafas - qovurg`alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida hosil bo‘ladi. Bunda ko‘proq nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi.
Diafragma ishtirokidagi nafas - ko‘krak nafasning bo‘ylama hajmini oshishi hisobiga vujudga keladi. Diafragma - qovurg`ali nafas, diafragmaning qisqarishi qovurg`alar oralig`idagi nafas mushaklari ishtirokida vujudga keladi.
Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi.
Tovush o‘zining qo‘yidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
Tovush kuchi- tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog`liq. Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Ovoz – tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali o‘tishida hosil bo‘ladi va og`iz bo‘shlig`i yordamida kuchayadi. Ovoz maxsus mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi.
Ovoz apparati uch qismdan iborat: