tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilanda ifodalanishi mumkin emas.
Chunki
ushbu
noxushliklar
o'qituvchining
pedagogik
faoliyatiga
dars
mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.
O'qituvchining
chehrasida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos
bo'lgan, o'quvchilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera
oladigan ko'rinishlarni ifodalash lozim.
O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati
uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi
mimik ifoda, talim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash,
norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquvchanlik,
befarqlik, ikkilanish kabi
xususiyallarni ifodalashi mumkin.
Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi muhim
ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etishda qosh, ko'z,
chehra ko'rinishi ishtiro ketadi.
Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish
yoki e'tirof, norozilik,
qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash
bilan birga, o'quvchilar diqqatini bo'lmasdan, boshqalarga xalaqit bermasdan
ta'lim-tarbiyaishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida
qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini,
ma'naviyatini, pedagogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st
namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki
ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'ladi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'rgazmali
qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni
namoyish qilish aslo
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: