Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs
va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
• o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
• ma'lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarning bajarilishini nazorat
qilishi;
• ta'lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq
bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
• o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini
bir muvozanatda saqlab
boshqara olishi.
O'qituvchining
tarbiyalanuvchi
obyektlar
oldida
o'z
harakatlarini
boshqarishida aktyoriik san'atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya'ni mimik va
pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma'lum bir
muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda
sahnada
namoyish etsa, o'qiruvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzum
o'tilgan mavzular bilan bog'lab, zamonaviy irmovatsion usullar vositasida
o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi, sinf jamoasidagi
o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o'quvchining
shaxsiy
xususiyatlarini e'tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbur.
Bunday ulkan mas'uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan
yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka eg abo'lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik
texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta
bilishi (mimika, pantomimika), nis-tuyg'ularini (emotsiyasini) boshqara olishi,
ishtiyoq,
qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o'quv faoliyatida,
o'qishdan tashqari ta'lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini
tushuntiradi. Demak, pedagogik texnika o'qiruvchi kasbiy faoliyatida shunday
kasbiy va shaxsiy malakalar yig'indisiki, u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga
ta'sir ko'rsatishi, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish
va boshqarish ishlarida
asosiy yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qiladi.
Ilg'or va novator o'qituvchi laming texnik mahorati pedagogik faoliyat olib
borishlarida mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora qila olish
xususiyatlarida kuzatiladi.
Bu shundan dalolat beradiki, o'qituvchilar pedagogik
texnika san'atini mukammal egallaganlar, uning ko'nikma va malakalarini o'zlarida
aniq shakllantirishganva turli pedagogik vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlariga
egadirlar.
Pedagogikada o'qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli
rahiy vaziyatlar tufayli kayflarining o'zgarib turishini o'zi qattiq nazorat qilish talab
qilinadi. Ushbu nazoratni o'qituvchining o'zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning
ijobiy natijalari o'qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo'ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta'sir
ko'rsatishdagi o'qituvchining ma'naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga
yaqqol namoyon bo'ladigan xususiyatdir. Agar o'qituvchi ma'naviy
qashshoq
bo'lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no'noq bo'ladi, didi past, o'z hissiyotlarini
jilovlay olmaydigan qo'pol boisa, uning ta'lim-tarbiya berishi haqida gap bo'lishi
mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo'llari o'qituvchi rahbarligida olib
boriladigan mashg'ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat
jarayonida shakllanib
boradi. Pedagogik texnikasirlarini mukammal egallashda va imitakomillashtirishda
kasbiy jihatdan o'qituvchi o'z-o'zini doimiy shakllantirib borishi, ya'ni o'zoldiga
qo'yiigan talablar nuqtai nazaridan mohir o'quvchi shaxsiy fazilatlari va kasbiy
malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o'ynaydi.
Dostları ilə paylaş: