Nutqida nuqsoni bor bolalarda muloqot hususiyatlari Reja



Yüklə 133 Kb.
səhifə1/2
tarix08.02.2023
ölçüsü133 Kb.
#83432
  1   2
Kurs ishi Xamidova Zebo


Nutqida nuqsoni bor bolalarda muloqot hususiyatlari

Reja:
1.O'qish va yozish kamchliklarga ega bolalarning muloqot xususiyatlari
2.Dizartriyada shaxs hususiyatlarini
3Alaliyada shaxs hususiyatlari
4.Nutqning temp - ritm buzulishlarida shaxs hususiyatlari
5.Sistemali nutq buzulishlarida shaxs hususiyatlari

Yozuv jarayonining psixofiziologik qurilishi. Disgrafiya - bu yozuv jarayonining qisman uziga xos buzilishidir. Yozuv ыzida nutq faoliyatining murakkab shaklini, ko‘p darajali jarayonini aks ettiradi. Unda turli xil analizatorlar: nutqni eshitish, nutqni xarakatga keltirish, kirish, umumiy xarakatlantirish analizatorlari ishtirok etadi. Yozuv jarayonida ular orasida yaqindan bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlik o‘rnatiladi. Bu jarayonning tuzilishi yozuv malakalarini o‘zlashtirish bosqichiga, yozuvning maqsadi va xususiyatiga bog‘liqdir. Yozuv og‘zaki nutq jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, xamda uning yuqori darajali rivojlanishi asosida amalga oshadi.


Yozuv jarayoni ko‘p darajali kurilishga ega bo‘lib, ko‘p miqdorli operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunday operatsiyalar katta kishilarda qisqa, yopiq xarakterda bo‘ladi. Yozuv malakalari egallaganda bu operatsiyalar ochiq ko‘rinishli bo‘ladi.
A.R. Luriya "Yozuv psixofiziologiyasi xaqida ocherklar"" nomli kitobida yozuvning quyidagi operatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi.
Yozuv xissiyotlarining uyg‘onishi, sabab va vazifalardan boshlanadi. Kishi o‘zining fikrlarini qayd etish maksadida, axborotlarni ma’lum muddatgacha saqlash, ularni boshqa shaxsga yetkazib berish, kimnidir xarakatga undash va xokazolar uchun yozayotganini biladi. Inson yozma bayon mazmuni rejasini, fikr dasturini, fikrlarining izchilligini xayolan tuzadi. Bunda boshlang‘ich fikr gapning ma’lum kurilmasiga bog‘liq bo‘ladi. Xat bitish jarayonida yozayotgan kishi jumlanining yozilishi tartibiga rioya qilishi, yozilgan va navbatdagi yoziladigan so‘zlarga qarab mo‘ljal olishi kerak. Yozilishi kerak bыlgan xar bir gap so‘zlarga bo‘linadi, shunday ekan, yozuvdagi so‘zlar orasidagi ma’lum bir chegaralanish bo‘ladi.
So‘zning tovush tuzilishini taxlil etish yozuv jarayonining eng murakkab operatsiyalaridan biri xisoblanadi. So‘zni to‘g‘ri yozish uchun uning tovush tuzilishini, davomiyligini va xar bir tovushning o‘rnini aniqlash lozim. Sыzning tovush taxlili nutqni eshitish va xarakatga keltirish analizatorlarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tovushlarning xarakteri va ularning so‘zdagi izchilligini aniqlashda baland, past va ichki talaffuz katta o‘rin tutadi. Talaffuzning yozuv jarayonidagi o‘rni xaqida ko‘pgina tadqiqotchilar fikr bildirishgan. Masalan, L.K. Nazarova 1 sinf bolalari bilan quyidagicha tajriba o‘tkazgan. Tajribaning birinchi bosqichida ularga yozish uchun tanish bo‘lgan matn beriladi. Ikkinchi bosqichida ularga talaffuz etilmagan, mazmuni qiyin matn berildi: bolalar yozuv jarayonida kichkina tilchalarini tishlab olishdi yoki og‘izlarini ochishdi. Bundayo paytlar ular oddiy xat yozishdagiga nisbatan ko‘proq xatoga yo‘l quyishdi.
Yozuv malakalarini egallashning dastlabki bosqichida talaffuz etishning roli katta bo‘ladi. U tovush xarakterini aniqlashga, uni o‘xshash tovushlardan farqlashga, tovushlarning so‘zdagi izchilligini belgilashga yordam beradi.
Disgrafiya yozuv jarayonining normada oshiruvchi amalga oliy psixik faoliyatining rivojlanmay qolishi (so‘zilishi) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yozuvning buzilishini belgilashda asosan quyidagi atamalardan foydalaniladi: disgrafiya, agrafiya, dizorfografiya, evolyusion disgrafiya (bu so‘nggi atama bolalardagi o‘qish malakasini egallab olish jarayonining buzilganligi belgilash uchun qo‘llanadi).
O‘qish va yozishdagi buzilishlar bir-biriga o‘xshash bo‘ladi.
Yozuvi buzilgan bolalarda ko‘pgina oliy psixik funksiyalar: qobiliyatining taщlili va sintezi, fazoviy tasavvurlar, nutq tovushlarini ko‘rish-eshitish orqali farqlash, fonematik xamda bo‘g‘inli analiz va sintez qilish, gapni so‘zlarga ajratish, nutqning leksik-grammatik tuzilishi, xotira, diqqat-e’tibor suksessiv va simultan jarayonlarining, emotsional-irodaviy soщaning shakllanganligi kuzatiladi.
Logopedik adabiyotlarda disgrafiyaning psixolingvistik nuqtai nazardan o‘rganish yetarlicha ko‘rsatilmagan. Bu jixat yozuvning buzilish mexanizmini yozma nutq operatsiyalari (A.A. Leonteva fikricha): bog‘lanishli matnni ichki rejalashtirish, aloxida gapni ichki rajalashtirish, gapni grammatik jixatdan to‘g‘ri tuzish, fonemalarni tanlash operatsiyasi, so‘zlarni fonematik jixatdan taxlil qilish va boshqalar (E.M. Gopichenko, Ye.F. Sobotovich)ning zaiflashuvi sifatida o‘rganadi.
Disgrafiya tasnifi. Disgrafiyani tavsiflash turli xil me’yorlar: analizatorlar, psixik faoliyatlarning buzilganligi, yozuv operatsiyasining shakllanmaganligi xisobga olish asosiada amalga oshiriladi.
O.A. Tokaryova disgrafiyaning 3 turini: akustik, optik, motor disgrafiyalarni ajratib ko‘rsatadi.
Akustik disgrafiyada eshitish qobilyatining tabaqalashmagani, tovushni analiz va sintez qilishning yetarli jarajada rivojlamagni kuzatiladi. Bunda tovush va artikulyatsion jixatdan o‘xshash xarflar urnini almashtirish, aralashtirish va ba’zi bir xarflarni tushirib qoldirish, shuningdek tovushni noto‘g‘ri talaffuz eshitishning yozuvda qayd qilinish xollari kuzatiladi.
Optik disgrafiya kurish orqali tasavvur eshitishning mutsaщkam emasligi bilan bog‘liqdir. Bunda kishi ma’lum xarflarni anglamaydi, bu xarflar talaffuzdagi tovushga mos kelmaydi. Harflar turli paytlarda xar xil qabul qilinadi. Ko‘rish qobiliyatining notekisligi oqibatida ular yozuvida aralash-kuralash bo‘ladi. Ko‘pincha qo‘yidagi xarflar qo‘lyozmasining aralash kelishi kuzatiladi.
p-n, p-i, s-i, sh-i,
m-l, b-d, p-m, n-k Disgrafiyaning M.E. Xvatsev tomonidan turlarga ajratilgani xam щozirgi kunda yozuvning buzilgani xaqida to‘liq tasavvur xosil qilmayapti.
Disgrafiyaning shunday tasnivlari ko‘proq asoslangan xisoblanadiki, uning asosida yozuv jarayonidagi muayyan operatsiyalarining shakllanmagani yotadi. (Bu tasnivlar A.I. Gersennomidagi LDPI logopediya kafedrasining xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan). Unga asosan disgrafiyaning quyidagi turlari ajratiladi: artikulyator - akustik disgrafiya, fonematik idrok (fonemalarning tabaqalanishi), buzilishi asosidagi disgrafiya til taxlili va sintez buzilishi asosidagi disgrafiya shuningdek agrammatik, optik disgrafiyalar.
1. Artikulyator-akustik disgrafiya ko‘proq M.E. Xvatsev tomonidan ko‘rsatilgan og‘zaki nutqning zaiflashuvi natijasida paydo bыlgan disgrafiya o‘xshashdir. Bu, M.E. Xvatsevning ta’biriga ko‘ra, "yozuvdagi tili chuchuklik" xisoblanadi. Bola so‘zlarni qanday talaffuz qilsa, o‘shanday yozadi. Uning asosida noto‘g‘ri talaffuzning yozuvda aks etishi, so‘zlarni noto‘g‘ri aytib takrorlash yotadi. Bola gapirish jarayonida tovushlar noto‘g‘ri talaffuz qilishga tayangan xolda o‘zining nuqsonli talaffuzini yozuvda aks ettiradi.
Artikulyator - akustik disgrafiya og‘zaki nutqda tovushlarni almashtirish va tushurib qoldirishga muvofiq, xarflarni almashtirish va tushirib qoldirishga namoyon bo‘ladi. U ko‘pincha disgrafiya, rinolaliya va polimorf ko‘rinishdagi dislaliya paytida kuzatiladi. Ba’zan og‘zaki nutq to‘g‘ri bo‘lgani yozuvda xarflar o‘rnini almashtirish xollari saqlanib qolishi mumkin. Bunday xolatda ichki nutq paytida to‘g‘ri artikulyatsiya yetarli darajada tayanib bo‘lmaydi, xolbuki, tovushlarning aniq kinestik obrazlari xam shakllanmagan bo‘ladi. Lekin tovushlar almashtirish va tushirib qolidrish yozuvda doim xam aks etavermaydi. Bu qator xollarda saqlangan funksiyalar xisobiga (masalan: eshitishning aniq tabaqalangan fonematik funksiyalarning aniq shakllangani xisobiga) yuz beradi
Dizartriya so‘zlarni to‘la, ravon talaffuz qila olmaslik, talaffuz nuqsonidir. U nutq apparati harakatida kamchilik borligiga bog‘-liq bo‘ladi. Dizartriya uchun markaziy hamda periferik asab sis￾temasining organik kasalliklari natijasida artikulatsiya mushak￾larining falajlanishi tufayli tovushlar talaffuzi va ovozning buzi￾lishi xarakterlidir.Dizartriya lotincha aynish – buzilish ma’nosini bildiruvchi «dis» yuklamasi, artron – birlashtirish, ulash degan so‘zdan olingan bo‘lib, ma’noli, ravon nutqning buzilishi degan ma’noni bildiradi. Biroq, ko‘pchilik olimlar, dizartriya atamasini kengroq ma’noda ishlatib, artikulatsiya, ovoz hosil bo‘lishi, nutq sur’ati, maromi, ravonligi, intonatsiyasidagi kamchiliklarni ham dizartriya nuqsonida kuzatiladigan belgilar jumlasiga kiritadilar. Dizartriyaning bu ko‘rinishi og‘ir anartriya deb ataladi. Bunda bola nutqini tushunib bo‘lmaydi. Bola xuddi og‘ziga tolqon solib gapirganidek tuyuladi. Lekin atrofdagilar nutqini bola yaxshi tushunadi, idrok etish qobiliyati nisbatan saqlangan bo‘ladi.Dizartriyani keltirib chiqargan kasallik qanchalik og‘ir, qanchalik erta boshlangan bo‘lsa, uning oqibatlari ham shunchalik og‘irroq bo‘ladi. Bu nuqson mustaqil sur’atda, hatto fonematik eshitish qobiliyatini saqlanib qolgani holida tovush talaffuzining buzilishi tariqasida namoyon bo‘lishi mumkin. Dizartriya vaqtida savod o‘rgatish ishlari qiyinlashadi. Bu vaqtda bola so‘zlarni yaxshi eshita oladigan va o‘ziga qaratilgan nutqini muayyan darajada tushuna oladigan, intellektida birlamchi qo‘pol o‘zgarishlar yo‘q bo‘lsa ham, so‘zlarni buzib atrofdagilarga yaxshi tushunilmaydigan tarzda, yarim-yorti qilib aytadi yoki talaffuz etadi. Nutqdagi nuqsonning bunday og‘ir shakli miya chap yarim sharidagi nutq zonalarining organik kasiddigiga bog‘liq bo‘lib, bog‘cha yoki maktabdan kelgan bolalardagi bu nuqsonni aniqlab olish uncha qiyin emas. Bunday hollarda tekshirib ko‘rish va maxsus bog‘cha yoki maktablarga yuborish masalasini hal etish uchun ularni logoped qabuliga o‘z vaqtida yuborish g‘oyat muhimdir. Klinik belgilariga ko‘ra dizartriya har xil toifalarga bo‘linadi. Logopedik adabiyotlarda dizartriyaning bulbar, psevdo￾bulbar shakllari, miya po‘stlog‘i osti, miyacha, miya po‘stlog‘iga aloqador xillari muhokama qilinadi. Dizartriyaning klinik-topik diagnostikasi nevrologik nuqtayi nazardan ancha murakkab bo‘lgani tufayli, uning shakllarini logopedning o‘zi mustaqil holda aniqlay olmaydi. Shunga ko‘ra bu vazifani nevropatolog shifokor maxsus usullardan foydalanib, logoped bilan birga ancha ishlarni bajaradi. Klinik-topik diagnozi shifokor aniqlab berganidan keyin logopedik xulosani logoped chiqaradi. Dizartriyaning har bir shakliga uning qanday ifodalanganiga qarab har xil chora ko‘riladi. Har bir shaklda tovushlar talaffuzi, ovoz nuqsonlari, artikulatsion apparatining harakatchanligi, motorikasidagi kamchiliklar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun uni bartaraf etish usullari ham o‘ziga xos, har xil bo‘ladi.
Dizartriyani keltirib chiqaradigan sabablar xilma-xildir.
Dizartriya ko‘p hollarda ona qornidagi bolaga ichki va tashqi omillarning salbiy ta’siri tufayli vujudga kelishi mumkin. Bunga onaning homiladorlik vaqtida ba’zi yuqumli kasalliklarga yo‘liqishi, turli moddalarning zaharli ta’siri – intoksikatsiya, gipoksiya (kislorod yetishmasligi), homilaning shikastlanishi, esfiksiya bo‘lib (kindigi o‘ralib) tug‘ilishi va boshqalar kiradi.
Dizartriya ba’zan bolaning go‘dakligida (1 yoshga yaqin vaqtida) kasal bo‘lishi (meningit, turli xildagi meningoensefalitlar bilan og‘rish) hamda markaziy asab sistemasining shikastlanishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Ona bilan bola qonlari tarkibining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi (rezus faktor) natijasida ham dizartriya kuzatilishi mumkin.
Ko‘p hollarda dizartriya bolalarda uchraydigan serebral falaj oqibati tariqasi paydo bo‘ladi. Ye.M. Mastyukova ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar serebral falaji bilan kasallangan kishilarning 65–85 foizida dizartiya kuzatiladi.
Serebral falaj bilan kasallangan bolalardagi dizartriyani fransuz olimi G. Tardi nutq nuqsonining darajasiga qarab quyidagi xillarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi:
birinchi darajasi – eng yengil xili bo‘lib, bunda boladagi talaffuz kamchiliklari faqat mutaxassis logoped tomonidan maxsus tekshirishlar natijasida aniqlanishi mumkin.
Ikkinchi darajasi – bola talaffuzidagi kamchiliklar atrofdagilarga sezilib tursa ham, uning nutqi tushunarli bo‘ladi.
Uchinchi darajasida bola nutqini faqat Uning eng yaqin odamlari tushunadi, xolos.
To‘rtinchi darajasi – eng og‘ir darajadagi nuqson bo‘lib, bunda bola nutqini mutlaqo tushunib bo‘lmaydi. Anartriya deb shunga aytiladi.
Shunday qilib, dizartriya – asab sistemasining kasalliklari munosabati bilan tegishli markazlarning organik shikastlanishi natijasida tovushlar talaffuzining buzilishidir. Nutq organlarining kam harakatlanishi tufayli nutq tovushlarining artikulatsiyasi buziladi. Shu bilan birga nutq sur’ati, tezligi, maromi, ravonligi, ovoz kuchi ham yomonlashadi.
Dizartriyani xarakterlovchi klinik belgilar quyidagilardan iborat: 1) nutq mushaklari tonusining buzilishi; 2) artikulatsion apparat mushaklari falajlanishi tufayli shartli artikulatsiya harakatlarining cheklanib qolishi; 3) nafas olish harakatlari va ovoz hosil bo‘lishining buzilishi.
Eng keng tarqalgan dizartriyaning psevdobulbar shaklida artikulatsion mushaklar tonusi kuchayib ketadi; lablar, til, ya’ni lak-luk harakatchanligi chegaralangan bo‘ladi, ovoz va nafas olish buziladi, bola so‘lagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yuta olmaydi. Nutqi noaniq, dudmal, intonatsion jihatdan sust, manqalangan bo‘ladi.
Dizartriya nutq sistemasining barcha komponentlarida qan￾daydir o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Shunga ko‘ra di￾zartrik bolalar bir necha guruhlarga bo‘linadi: fonetik nuqsonli,fonetik-fonematik kamchilikli bolalar; nutqi umuman rivojlan￾magan bolalar. Fonetik xarakterdagi dizartriyada tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsa, fonetik-fonematik xarakterdagi dizartriyada tovushlarni ajratish, fonematik o‘quvni rivojlantirish, o‘xshash tovushlarni bir-biridan ajratish, so‘z lug‘atini boyitish, grammatik tuzumni shakllantirib borish ustida ish olib boriladi. Dizartriyani bartaraf etishda, ko‘pincha, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, fonetik mashqlar o‘tkazish, fonetik o‘quvni rivojlantirish, lug‘atni boyitish, bog‘lanishli-ma’noli nutqni o‘stirish, yozma nutqdagi kamchiliklarning oldini olish ustida ishlash talab etiladi.
Dizartriklar bilan maxsus logopedik ishlar og‘ir nutq kamchiliklari bor, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan nutqiy bog‘chalarda, nutqiy maktablarda yoki umumiy ta’lim maktab qoshidagi nutqiy sinflarda, harakat-tayanch organlari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan bog‘cha hamda maktab-internatlarda, psixonevrologik shifoxonalarning nutqiy bo‘limlarida olib boriladi. Dizartriyaning yengil shakllarini poliklinika qoshidagi logopedik kabinetlar, umumta’lim maktablaridagi logopedik punktlarda bartaraf etish mumkin.
Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korreksiyalash choralari ham shuncha yaxshi naf beradi. Uzoq muddat ichida sabr-toqat, izchillik bilan logopedik mashg‘ulotlar olib borib, yuqori natijalarga erishish mumkin. Faqatgina to‘g‘ri tashkil etilgan kompleks chora-tadbirlar, logoped bilan nevropatolog yoki psixonevrolog hamda ota-onalarning hamkorlik qilishi, logoped bilan massajist, davolovchi bilan fizkultura mutaxassislarining birgalikda hamjihat bo‘lib ishlashi natijasidagina dizartriyani maksimal darajada bartaraf etib, bolaning atrofdagilar bilan to‘g‘ri aloqa bog‘lab, bemalol gaplasha oladigan bo‘lishini ta’minlash mumkin.
Ona qornida yoki tug‘ruq mahalida miyasi zarar ko‘rgan bolalardagi dizartriyaning oldini olish uchun mamlakatimizdabutun bir chora-tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bola hayotining birinchi onlaridayoq kompleks tibbiy-pedagogik ishlar olib boriladi. Buning uchun perinatal patologiyali bolalarga mo‘ljallab maxsus tashkil etilgan nevrologik statsionarlar erta aralashuv xizmatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Alaliya (grekcha a – yo‘q, lali – nutq, gapiraman) – umumiy

nutq rivojlanishining kattagina kamchiligi, fiziologik eshitish qo￾biliyati saqlangan holda gapira olmaslik, soqov bo‘lish. Bu nuq￾son nutqning batamom yo‘qligi yoki uning kam taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi.


Olimlarning ta’kidlashicha, alaliya bosh miyaning chap yarim sharidagi nutqni idora etuvchi zonalarning homiladorlik davrida yoki bolaning ilk yoshida jarohatlanishi, kam taraqqiy etganligi natijasida vujudga keladi, analizatorlarning faoliyati sekinlashadi.Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, alalik bolalarning ba’zilarida jismoniy va aqliy rivojlanishi ham sekinlashadi. Bu hol ularni boshqa kamchiliklar bor bolalardan ajratib olishda qiyinchiliklarni tug‘diradi. Alalik bolalarda aqliy va boshqa kamchiliklar ikkilam￾chi hodisa sifatida vujudga keladi. Bordi-yu, alaliya barham topib, nutq tiklanadigan bo‘lsa, ulardagi ikkilamchi hodisalar kamayadi yoki batamom yo‘qolib ketadi. Maktabgacha yoshdagi alalik bola￾larga maxsus nutq bog‘chalarida o‘z vaqtida to‘g‘ri yordam berib, tegishli choralar ko‘rilsa, ular ommaviy maktabning birinchi sinfi￾dan boshlab dastur materiallarini o‘zlashtirishi va keyinchalik oliy o‘quv yurtlarida ham o‘qishini davom ettirishlari mumkin.
Gapira olmaslik serjahllikka, odamlarga aralashmaslik, pari￾shonxotirlikka, ruhan qiynalish va boshqa noxush fazilatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Alalik bola gapirishni is￾tamaydi, bunga qiziqmaydi. O‘z istaklarini bildirishda imo-isho￾ralardan keng foydalanadi, 4–5 yashar bola 1–2 yashar bolaga o‘xshab, so‘zlarni chala, o‘zgacha, qisqartirib talaffuz etadi (ash￾sha, umma, bi-bi), undovlarni keng ishlatadi. Ayrim alalik bola￾lar bidirlaydi, tovush va tovush birikmalarini ongsiz sur’atda av￾tomatik ravishda talaffuz etadi, exilogiya (aks-sado nutqi) kuza￾tiladi, ularning lug‘ati nihoyatda kambag‘al, agrammatik bo‘ladi.
Alalik bolalarning butun nutq sistemasi, ya’ni barcha tomonlari:
fonetik-fonematik, leksik va grammatik komponentlari rivojlan￾magan bo‘ladi.
Shartli ravishda alaliyani motor va sensor turga bo‘lish mum￾kin. Biroq alaliyaning sof holdagi bir turi amaliyotda kamdan￾kam kuzatiladi. Motor-sensor yoki senso-motor turlari ko‘proq uchrab turadi. Motor alaliyada nutq a’zolarini harakatga keltiruv￾chi analizator jarohatlanganligi tufayli bola o‘zi gapira olmaydi,lekin atrofdagilar nutqini eshitadi va tushunadi.
Sensor alaliyada esa nutqini idrok etish analizatorlarining faoliyati buzilganligi tu￾fayli, bolaning nutq apparati yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, u ga￾pirmaydi.
Kar-soqov bolalarning fiziologik eshituv layoqati rivojlan￾maganligi tufayli ular nutqdan boshqa tovushlarni ham eshit￾maydilar, ularning ovozi yo‘q yoki nihoyatda past bo‘ladi. Alalik bolalarda esa ovoz kuchli bo‘lib, ular imo-ishora qilganlarida ma’lum tovush yoki tovush birikmalarini jarangli ovoz bilan ay￾tadilar. Kar-soqov bolalarning qulog‘idagi, jumladan quloq ichida joylashgan vestibulator apparatidagi nuqsonlar ularning umumiy yurish-turishi, qadam tashlashiga ta’sir etsa, alalik bolalarda bun￾day kamchiliklar kuzatilmaydi.
Qulog‘i og‘ir bolalar ovozlarni umuman eshitmaydigan yoki kam eshitadigan bo‘lsa, alalik bolalar nutqda tashqari tovushlarni yaxshi eshitadi. Alalikning ovozi jaranglagan, tiniq; qulog‘i og‘ir bolalarning ovozi esa jarangsiz, kuchsiz bo‘ladi. Alalik ko‘p hol￾larda umuman gapirmaydi, qulog‘i og‘ir bola esa o‘z faoliyatida nutqdan foydalanadi. Albatta, qulog‘i og‘ir bola nutqi o‘zgacha grammatik qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘p xatoli bo‘lsa ham, bola o‘z fikrini nutq orqali bayon etishga harakat qiladi. Alalik bolalar oligofren bolalardan o‘zining ongi, idrokliligi bilan ajralib turadi. Ular o‘zini atrof-muhitga muvofiqlashtirib, mos ravishda, ya’ni adekvat tutsalar, oligofren soqov bolalar ni￾hoyatda og‘ir, ongsiz bo‘ladi.Alaliyani og‘ir asabiy-ruhiy shikastlanishlar natijasida paydo bo‘lgan vaqtincha so‘qovlik – mutizmdan ham ajrata bilish ke￾rak. Qattiq qo‘rqish, hayajonlanish natijasida bola 3–4 kun gapir￾masligi mumkin. Biroq bu hol vaqtincha bo‘lib, keyinchalik bola yana gapirib ketadi. Ayrim kar-soqov ota-onalarning kichik yoshdagi bolalarida kuzatiladigan soqovlik ham alaliyadan keskin farq qiladi.
Ijtimoiy-psixologik sabablardan kelib chiqqan soqovlik isterik bolalarda nutq negativizmi tufayli, ya’ni gapirishni xohlamaslikka aloqador bo‘ladi. Bunday bolalar o‘ziga yoqqan kishilarga gapi￾radi, yoqmagan kishilarga esa mutlaqo gapirmaydi. Bularni ham alalik bolalardan ajrata olish kerak.
Artikulatsion a’zolardagi qo‘pol o‘zgarishlar ham, masalan, til, lab falaji soqovlikka sabab bo‘lishi mumkin.Yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan nuqsonlarni iloji boricha barvaqt ajratib, bolalarni tegishli maxsus muassasalarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash nihoyatda muhim. Afsuski, hozirgi kunda hali ham ayrim alalik bolalar maxsus nutq bog‘chalari, maktablarga yuborilmasdan, balki aqli zaif bolalar uchun, qulog‘i og‘ir, kar￾soqov bolalar maktablari va bog‘chalariga tushib qolmoqdalar.
Alaliya mediko-psixologik-pedagogik, ya’ni kompleks, bo￾laga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish, uning nutqi va tafakkurini o‘stirishga qaratilgan korreksiya chora-tadbirlari orqali izchillik bilan, uzoq vaqt davomida bartaraf etiladi.Alaliyani bartaraf etish yo‘llari, usullari nuqsonning turi, darajasi, kechishiga qarab har bir bola uchun individual tarzda belgilanadi. V.K. Orfinskaya, L.V. Melexovalarning fikricha, korreksion ishlarni bola 3–4 yoshga to‘lganda boshlash maqsadga muvofiqdir, chunki bu yoshda bolaning qiziqishi, faolligi, ishlash uchun zarur bo‘lgan onglilik, ish qobiliyati, o‘z kamchiliklarini seza olish kabi fazilatlari rivojlangan bo‘ladi.

Izchillik bilan olib boriladigan kompleks korreksion ishlar ala￾lik bolada nutqiy faoliyat mexanizmlarining tarkib topishi, nutqiy kommunikatsiya, ya’ni aloqa bog‘lash va fikr yuritish vositasi si￾fatida shakllantirib borishga qaratiladi.


Logopedik ishlar alalikning lug‘at boyligini oshirish, nutqn￾ing grammatik tomonini shakllantirish, tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, so‘z va gaplarni tuzishga o‘rgatish, fonematik uquvini rivojlantirish, yozma nutqni o‘zlashtirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. 3–4 yil mobaynida muntazam olib boriladigan kompleks korreksion ishlar, ko‘p hollarda bolan￾ing umumiy, aqliy, nutqiy rivojlanishini bir qadar ta’minlash va alaliyani to‘liq bartaraf etib, bolaning ommaviy maktab dastur￾larini o‘zlashtira olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish mumkin.
Nutq – odamlarning o‘zaro munosabatda bo‘lishi, aloqa bog‘lashida asosiy qurol bo‘lib, kishi o‘z fikri, xohish-istaklarini nutq orqali atrofdagilarga bildirishi, o‘z kechinmalarini ifoda eti￾shi mumkin. Ana shuning uchun ham nutq kishi fikrlash qobi￾liyatining asosi, uning bir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Fikrlash jarayonlari – tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish va boshqalar bolaning nutq o‘zlashtirishiga bog‘liqdir. Bola nutqi o‘sa borgan sayin bu jarayonlar ham rivojlanib, kengayib boradi.Nutq kishi ruhiy faoliyatida ham bevosita ishtirok etib, eslash, xotira jarayoni ifodasiga mantiqiy fikrlash xarakterini beradi, idrokni kuchaytiradi. Nutq kishi irodasining shakllanishida va ayniqsa, his-tuyg‘ularini ifodalashda ham juda katta rol o‘ynaydi.Bola bir, ikki yoshida o‘ylab, fikrlab aytiladigan ayrim so‘zlarning ma’nosini tushunib, bularni o‘zi ham talaffuz qila boshlaydi, keyinchalik esa nutqi asta-sekin o‘sib rivojlanib bora￾di, bu esa bolaning sog‘-salomat o‘sib borishining asosiy, muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Ba’zi bolalarda esa buning aksi bo‘lib, umumiy nutqning o‘ziga xos kamchiliklari nutq faoliyatining har

xil tomonlarida ko‘rinadi, ularning faol, og‘zaki nutqi odatdagi￾cha rivojlanmay qoladi. Bola nutqidagi kamchiliklar, o‘zgalar nutqini tushunishidagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan mulo￾qotda bo‘lishi, o‘z tengqurlari bilan qo‘shilib ketishini qiyinlashti￾radi, hamda fikrlash va boshqa ruhiy jarayonlariga keskin ta’sir qiladi, natijada bolaning o‘zlashtirish qobiliyati bilan birga uning shaxsi ham rivojlanishda orqada qola boshlaydi.Nutq qobiliyatining rivojlanmaganligi nutq maromi (ya’ni sur’ati, tezligi), shuningdek ifodali qilib gapirish, o‘qish malaka￾si bilan ham belgilanadi. Gapirish, so‘zlash tezligi, nutq maromi gapirilayotgan davrda so‘zlar orasidagi pauzaning uzun yoki kal￾taligiga bog‘liqdir. Odatda, kishi shoshilmasdan gapirganida bir soniyada 9 tadan 14 tagacha, tez gapirayotganda esa 15–20 to-3vush talaffuz etadi va har bir tovush aniq, anglab bo‘ladigan darajada eshitiladi.


Nutq sur’ati, ya’ni gapirish, so‘zlash tezligining buzili￾shi ikki xil bo‘ladi: nihoyatda sekinlashgan nutq; tezlashgan nutq. Nihoyatda sekinlashgan – bradilaliya nutqning monoton￾ligi va noaniqligi bilan birga qo‘shilib, aralash holda uchraydi.
Bradilaliyaning kelib chiqishiga umumiy loqaydlik, nutq mus￾kullari ishining buzilganligi sabab bo‘lishi mumkin. Bradilaliya ko‘pincha aqli zaif va biror ruhiy kasallikka chalingan kishilarda uchraydi. Bu kasallikda tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jara￾yonidan ustun turadi. Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. Shimoliy mamlakatlarda yashovchi kishilarning gapirish usuli bradilaliyaga o‘xshab ketadi. Lekin bu mamlakat￾larda shunday gapirish odat tusiga kirib qolgan va patologiya bo‘lib hisoblanmaydi. Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, ovozning bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish – so‘zlarni cho‘zib ga￾pirish, tovushlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish bi￾lan namoyon bo‘ladi va hokazo. Bradilaliya bilan kasallangan kishilarning cho‘ziq, qovushmagan nutqi tinglovchilardan ularni

nihoyatda diqqat bilan eshitishini talab qiladi. O‘rtacha va kuch￾siz bradilaliya bilan kasallangan kishilar o‘z nutqidagi kamchilik￾ni sezmaydilar ham. Bradilaliyaning og‘irroq xillarida esa kishi nutqidagi kamchiligini sezadi va bundan ruhan qiynala boshlay￾di. Bunday kishilar iloj istab, logopedlarga murojaat qilganlarida ko‘pincha gaplarini odamlar tushunmasligi yoki ko‘pchilik u bi￾lan gaplashishini yoqtirmasligidan shikoyat qiladi.


Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador bo‘ladi. Bradilaliya markaziy asab sistemasining organik kasal￾liklari, bosh miya shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi nati￾jasida ham uchrab turadi. Bunday hollarda nutq sur’atining buzi-lishi, aynishi, umumiy motorikaning sekinlashuvi, susayishi, tor￾mozlanishi, umumiy loqaydlik bilan birga uchraydi. Bradilaliyani tuzatishda logopediyaning alohida usullari, shaxsan qayta tarbiya￾lash vositalari, har xil dori-darmonlar, nafas gimnastikasining alohida shakllari, logopedik ritmika, fizioterapiya va boshqalar￾dan keng foydalaniladi.
Logopedik ta’sir asosan quyidagilarga erishishni ko‘zda tutadi:
a) gapirish jarayonida tez va aniq harakatlarga erishish;
b) tez ga￾pirish yo‘li bilan tez gapirish reaksiyasini tug‘dirish;
d) ichki nutq tezligini oshirishga erishish (tashqi muhit ta’sirlari, harakat va rit￾mika yordamida);
e) tez o‘qish va yozishga o‘rgatis ;
f) ifodali, ongli o‘qishga o‘rgatish. Bunda logoped gapirish tezligini oshirish￾ni talab etar ekan, bolaning imkoniyatlarini, qobiliyatini, charchab qolmaydigan bo‘lishini hisobga olishi va nutqda ishtirok etadigan muskullar harakatini rivojlantiradigan nutq mashqlarini olib bori￾shi, logopedik ritmika va musiqa mashqlarini tashkil etishi lozim.
Nutq sur’atining patologik tezlashishi, haddan tashqari bidir￾lab, tez gapirish – taxilaliya deb yuritiladi. Olimlar taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini, shu bilan birga taxilaliyaning nasldan naslga o‘tishi ham isbotlandi. Lekin taxilaliya ba’zan tashqi muhit omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi.Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvidan tashqari umumiy motorikaning va boshqa ruhiy jarayonlarning tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi.
Taxilaliya bilan kasallangan kishilar nutqi bahslashish yoki tez ga￾pirish zarur bo‘lib qolgan vaqtlarda, ayniqsa tezlashadi va shosh￾qaloqlik avjiga chiqib, so‘zlayotgan kishining diqqati ham sochila boshlaydi. Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish, qo‘shimchalar o‘rnini almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni no￾aniq ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi. Lekin gapirayotgan kishi nutqiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, u tezda to‘g‘ri gapira bosh-lashga qaytadi, tutilib gapirish yo‘qoladi, ammo so‘zlash tezligi boshqalarnikiga nisbatan yuqoriligicha qolaveradi.
Taxilaliya bilan kasallangan kishilarni davolashning asosiy prinsiplari olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Gapirish ortope￾diyasi asosan jamoa orasida tushuntirish psixologiyasi orqali olib boriladi. Bunday kishilarning nutqiga e’tibor berish, gapirish te￾zligini to‘g‘rilab borish, mantiqiy fikrlarni tarbiyalash ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishda katta ahamiyatga egadir. Bunda asosiy diqqat umumiy psixomotor qo‘zg‘alishini kamaytirish maqsadida davolash fizkulturasi, dori-darmonlar va fizioterapiya yordamida shaxsning patologik xususiyatlarini qayta ko‘rishga qaratiladi.
Taxilaliyani davolash kursi maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi bolalarda 6-oydan bir yilgacha davom etadi.Tarbiyachi va o‘qituvchilar tez gapiruvchi bolalarni tegishlicha maslahatlashib, davo yo‘llarini belgilab olish uchun o‘z vaqtida psixonevrolog, logopedlarga yuborishlari kerak.
Shunday qilib, nutq sur’ati, ravonligidagi nuqsonlar – bradi￾laliya va taxilaliya murakkab, bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi nuqsonlar bo‘lib hisoblanadi. Bradilaliya va taxilaliya nuqsonlari, ularning turlari, ko‘rinishlari, kelib chiqish sabablari, kechishidagi mexanizmlari, differensial diagnostikasi logopediyada hali har tomonlama to‘liq o‘rganilgan emas.Tutilib gapirish ham nutq nuqsoni bo‘lib, nutq sur’ati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta’riflanadi. Bunda, nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, ya’ni bekam-u ko‘st, rosmana aloqa vositasi bo‘lmay qoladi, bunday nutqni tinglab, tushunish ba’zan qiyin bo‘ladi ham.Tutilib gapirishga asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylari, tolalarining tortishib qolishi sabab bo‘ladi. Chet el va o‘zbek olimlarining ta’kidlashicha, dunyo bolalarining 2% ida tutilib gapirish nuqsoni kuzatiladi.Buyuk rus psixiatori I.A. Sikorskiy tutilib gapirish «bolalar kasalligi» deb atagan edi, chunki bu kamchilik asosan ikki yosh bilan besh yosh orasidagi bolalarda nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu davrda bola tilning grammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yo‘li bilan asta-sekin o‘zlashtirib boradi, so‘zlari ma’lum tartibda joylashgan gaplarni o‘rganadi, o‘z fikrlarini atrofdagilarga ma’noli Nutq orqali ifodalay boshlaydi. Bolaning o‘zlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bo‘ladi, mas’uliyat, o‘z-o‘ziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, ba’zi bolalarning gapirish sur’ati, maromi, ravonligi buziladi. Ular tutilib, so‘zlarni oxirigacha talaffuz etmay, shoshib-pishib, tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni qayta￾qayta takrorlab yoki aksincha to‘xtab qolib, so‘ngra zo‘r kuch bilan, qiynalib, talaffuz etadilar – tutilib gapirish, duduqlanish deb shuni aytiladi. Shu bilan birga, bola xulq-atvorida, umumiy holatida ham ma’lum o‘zgarishlar kuzatiladi. Arzimagan narsadan xafa bo‘lish, hayajonlanish, injiqlik, gapirishdan qo‘rqish alomatlari paydo bo‘ladi. Bunday ruhiy hodisalar tutilib gapirishni kuchaytiradi, ba’zi bolalarning kamgap bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladiki, buni nevrozga o‘xshatishadi. Shu munosabat bilan shifokorlar tutilib gapirish, duduqlanishni – logonevroz, ya’ni nutq nevrozi degan termin bilan yuritadilar.
Tutilib gapirishning dastlabki belgilari turlicha vujudga kelishi, turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu nuqson sezilmasdan asta-sekin boshlanadi. Ota-onalar bola erkalanib gapiryapti deb o‘ylab, uning bilinar-bilinmas tutilib gapirishidan hatto zavqlanadilar ham, bola shoshib yoki hayajonlanib gapirganida nutqida tutilishi yanada ko‘payadi, bola gapirmoqchi bo‘la turib, birdan to‘xtab qoladi.
Tutilib gapirish mutizm holida ham boshlanishi mumkin. Mutizm – vaqtincha soqovlik, vaqtincha nutq yo‘qolishi degan ma’noni bildiradi. Bunday holat ruhiy travma, ruhan qattiq hayajonlanish natijasida vujudga kelishi va bir necha kungacha davom etishi mumkin. Mutizm holatidan so‘ng bola aksari tutilib gapira boshlaydi.Tutilib gapirishkamchiligi taxilaliyadan so‘ng boshlanishi ham mumkin.

Tutilib gapirish vaqtida nutq a’zolarining ma’lum bo‘limlaridagi paylar tortishib turadi. Pay tortilishining xiliga qarab, tutilib gapirishning ikki turi: klonik va tonik turidagi tutilib gapirish tafovut qilinadi. Klonik turidagi tutilib gapirishda tovush, bo‘g‘in yoki so‘z bir necha marta takrorlanadi, tonik tipida esa bola gapdan birdan to‘xtab qoladi va tovush, bo‘g‘in yoki so‘zni ma’lum bir pauzadan so‘ng zo‘r kuch bilan, qiynalib talaffuz etadi. Pauza bir soniyadan 1 daqiqaga qadar cho‘zilishi mumkin. Pauza qanchalik uzoq bo‘lsa, tutilib gapirish kamchiligi shunchalik ro‘y-rost ifodalangan bo‘ladi. Amalda tutilib gapirishning sof klonik yoki sof tonik xili kamdan kam uchraydi. Ko‘pincha tono-klonik yoki klono-tonik tipdagi tutilib gapirish kuzatiladi.


Pay tortishishi vaqtida nutq a’zolarining barcha bo‘limlarida o‘zgarishlar kuzatiladi, shunga ko‘ra bir tovush, bo‘g‘in yoki so‘z tutilib talaffuz etilganidan keyin boshqalari paydar-pay ulanib ketadi.
Tutilib gapirish nuqsoni – nutqning asosan funksional xa￾rakterdagi murakkab kamchiligidir. Uning organik xarakterdagi turi murakkab organik kamchiliklar paytida kuzatilishi mumkin.Tutilib gapirishda bola doimo yangidan yangi odat chiqarib turadi. Bola o‘z nuqsonini atrofdagilarga bildirmaslik maqsadida turli xil hiyla-nayranglarni ishlatadi, masalan, boshini silkitib, ko‘zlarini olaytiradi yoki tebranib turib, qo‘li, oyog‘i bilan ortiqcha harakatlar qilib turib gapiradi. Tutilib gapiruvchilarga, nazarida hamma ularni mazax, masxara qilayotgandek bo‘lib tuyuladi. Shunga ko‘ra ular hiyla-nayranglarni yanada ham ko‘proq ishlatishga harakat qiladilar. Biroq bunday xatti￾harakatlar bilan atrofdagilar diqqatini o‘zlariga yanada ko‘proq jalb etadilar, natijada tutilib gapirish yanada zo‘rayadi. Bolayoshi ulg‘aygan sari, hiyla-nayranglari bilan bir qatorda nutqqa aloqador hiyla-nayranglarni ishlatish odat bo‘la boshlaydi. Ayrim tovush, so‘z, gaplar bolaga murakkab bo‘lib tuyuladi. U nazarida, aynan shu tovush yoki so‘z kelganda, tutilib qolishi mumkin deb, gap vaqtida ularni boshqa tovush yoki gaplar bilan almashtirishga harakat qiladi. Ba’zan bunday urinishlar muvaffaqiyatli chiqadi va bola nutqning ravon, bir tekis bo‘lishiga erishadi, biroq ifodalanayotgan fikr chalkashib, mazmuni o‘zgaradi, so‘zlar
poyma-poy bo‘lib qoladi.
Tutilib gapirish bolaning umumiy holati, his-tuyg‘ulariga bog‘liq nutq kamchiligi bo‘lganidan bola uyda, o‘ziga yaqin kishilari bilan suhbatda bo‘lganda, hayajonlanmasdan gapirganida bu kamchilik ko‘pincha kuzatilmaydi. Biroq ko‘pchilik orasida, guruhda, sinfda, begona vaziyatda hayajonlanib, shoshib gapirish vaqtida duduqlanishi ro‘y-rost sezilishi mumkin. Turmush sharoitidagi, ob-havodagi o‘zgarishlar, yil fasli ham bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Tutilib gapirishning sababi nima, bu kamchilik nima uchun beqaror va o‘zgaruvchan, qaytalanib turadigan bo‘lishi mumkin, degan masalalarni aniqlash maqsadida olimlar tomonidan ko‘pgina izlanishlar olib borilgan. Tutilib gapirish kamchiligi insonlarda qadimdan kuzatiladi. Ayrim olimlar tutilib gapirish – bu organizmning umumiy kasalligi deb, uni dori-darmonlar bilan davo qilishni tavsiya etganlar. Boshqalari esa, tutilib gapirish artikulatsion apparat tuzilishidagi o‘zgarishlardan kelib chiqqan nuqson deb, uni
artikulatsiya a’zolarini operatsiya yo‘li bilan bartaraf etishni tavsiyaetganlar. Lekin bu usul ham yaxshi natija bergani yo‘q.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘pchilik olimlar tutilib gapirishning asosiy sababi nevroz deb hisoblab keldilar. Ammo nevrozning xilini, mexanizmlarini aniqlashda bir fikrgakelishmay, turli farazlar bayon etildi, chunonchi, olimlar tutilib gapirish nevroz kasalligining bir turi, degan xulosaga keldilar. 9Bu xulosaga ulug‘ rus fiziologi I.P. Pavlovning oliy asab faoliyati haqidagi ta’limoti asos bo‘ldi. I.P. Pavlovning ta’limotiga ko‘ra, nevroz oliy asab faoliyatining funksional zaiflik belgisi, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlash jarayonlari munosabatining buzilishidir. Ana shunday o‘zgarish natijasida bosh miya po‘stlog‘ining ma’lum qismlarining funksiyalari boshqacha tusga kirib, bosh miya asab tolalarining ishlash jarayoni susayadi, bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti asab tolalari o‘rtasidagi aloqalar buziladi va buning oqibatida bolaning turli a’zolarida ma’lum patologik o‘zgarishlar kuzatiladi, masalan, yurak nevrozi, buyrak nevrozi, nutq nevrozi paydo bo‘ladi va hokazo. Nutq nevrozi, ya’ni logonevroz nutq a’zolarida pay tortishishlariga olib keladiki, buning natijasida bola tutilib gapiradigan, duduqlanadigan bo‘lib qoladi.

I.P. Pavlovning oliy asab faoliyati tiplari haqidagi ta’limo￾tidan ko‘rinadiki, tutilib gapirish nuqsoni – bu oliy asab faoliya￾tidagi funksional o‘zgarishlarining belgilaridan biridir. Bu nuq￾son qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati buzilishidan kelib chiqadi.


Hozirgi zamon logopediyasida tutilib gapirish sabablari ikki guruhga ajratiladi:
1. Tutilib gapirishga moyillik tug‘diradigan muhit sharoitlari.
2. Bu kamchilikni bevosita keltirib chiqaradigan sabablar.
Birinchi guruhga oliy asab sistemasining umumiy zaifligiga, nutq mexanizmlarini boshqarishda ishtirok etadigan oliy asab jarayonlarining buzilishiga sabab bo‘luvchi turli xil ichki va tashqi omillar kiradi. Bularning hammasi bolalarda tutilib gapirishga moyillik paydo qiladi-yu, lekin o‘zi bu kamchilikka hali bevosita sabab bo‘lmaydi. Bolaning duduqlanadigan holga tushib qolishi uchun unda ana shunday moyillik ustiga boshqa sabablar ham bo‘lishi kerak, chunonchi:
1) asab sistemasining kasallanishi;
2) asab sistemasiga salbiy ta’sir etuvchi og‘ir kechgan yuqumli kasalliklar;
3) ruhiy travmalar, ya’ni asab sistemasini kuchli ta’sirlantiradigan ruhiy kechinmalar qattiq
qo‘rqish, oiladagi tortishuvlar va boshqalar;
4) og‘ir nutqiy kamchiliklar;
5) noto‘g‘ri tarbiya;
6) nutqi endi rivojlanib kelayotgan davrda bolaga haddan tashqari ko‘p, yoshiga mos kelmaydigan, murakkab bilimlar berish, masalan, she’r, ashula, dostonlar yodlatish shular jumlasidandir.
Ko‘pchilik ota-onalar tutilib gapirishning asosiy sababi bolaning qo‘rqishi yoki naslida shunday kamchilik borligi deb hisoblaydilar. To‘g‘ri, qo‘rqqanidan, qattiq cho‘chiganidan so‘ng ayrim bolalar tutilib gapiradigan, duduqlanadigan bo‘lib qoladi. Biroq bolalar hayotda favquloddagi voqealardan tez-tez cho‘chib turadi, ammo bundan faqat ba’zi birlari tutilib gapiradi. Chunki bunday bolalarda tutilib gapirishga oldindan moyillik borligi, ya’ni ularda asab sistemasining sustligi, asabiylashganligi shunga zamin yaratadi. Ota-onalarning aroqxo‘rligi, bolani tez-tez jazolab turishi, bolaning og‘ir yuqumli kasalliklar (ayniqsa ko‘kyo‘tal) bilan og‘rishi, rejimga rioya qilmasligi va boshqalar asab sistemasi faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Nutqning kechikib rivojlanishi undagi qo‘pol nuqsonlar, bolaga haddan tashqari ko‘p bilim berish, yoshiga mos kelmaydigan asarlarni yod oldirish, barvaqt o‘qishga yuborish ham asab sistemasini susaytiradi va tutilib gapirish nuqsoni uchun moyillik yaratadi. Bolaning tabiatan taqlidchan bo‘lishi hammaga ma’lum. Tutilib gapirish taqlidchanlik natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bola tutilib gapiruvchi onasi yoki opasiga taqlid etib, o‘zi ham tutilib gapira boshlaydi. Atrofdagilar esa, shunga qarab boladagi tutilib gapirish nasldan deb o‘ylashi mumkin.
Ba’zi olimlar ham tutilib gapirish nasldan naslga o‘tadigan nuqson deb hisoblaydilar (E. Freshels, D.G. Netkachev va boshqalar). O‘zbek olimlarining ta’kidlashicha, nutq va til ijtimoiy hodisa bo‘lib, ular taqlid etish yo‘li bilan shakllanadi. Bola nutqi faqat odamlar orasida, muloqot yo‘li bilangina rivojlanishi mumkin. Agar bola bilan hech kim gaplashmasa, u tilga kirmaydi,1gapirmaydi. Demak, nutq va til nasldan naslga o‘tmaydi.
Shundan kelib chiqadiki, tutilib gapirish nuqsoni nasldan o‘tmaydi. Hozirgi vaqtda olimlarimiz tutilib gapirish nuqsoni nasldan o‘tmasligini aniqlashgan bo‘lsa ham bu haqida hali ancha tortishuvlar mavjud. Tutilib gapirish nasldan naslga o‘tmaydi, lekin unga moyillik o‘tishi mumkin, deb ta’kidlaydi ayrim olimlar.
Asab sistemasining sustligi irsiy bo‘lishi bolaga otasi yoki onasidan o‘tishi mumkin. Agar bola to‘g‘ri tarbiyalanib, yaxshi sharoitda yashasa, unda moyillik bo‘lishiga qaramay, u tutilib gapirish nuqsoniga duchor bo‘lmaydi. Va aksincha, moyillik bo‘lsa-yu, buning ustiga shu kamchilikni bevosita keltirib chiqaradigan sabablardan birontasi ta’sir o‘tkazadigan bo‘lsa, bola tutilib gapiradigan bo‘lib qolishi mumkin.
Tutilib gapirish nuqsonining oldini olish, uni bartaraf etish yo‘llari, usullari xilma-xildir. Ularni tanlashda bolaning yoshi, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakteri, xulq-atvori, o‘z nuqsoniga bo‘lgan munosabati, turmush sharoiti, tutilib gapirish darajasi va ko‘pgina boshqa omillar hisobga olinadi.
Tutilib gapirish nuqsonining belgilari, kelib chiqish sabablari,
turlari, ketishi, ya’ni itiologiya, simptomatikasini tahlil qilish bu murakkab nuqsonni bartaraf etish uchun kompleks usul, ya’ni usullar yig‘indisini qo‘llashni lozimligini ko‘rsatadi. Bunda logopadning shaxsiy nutqini qayta yangidan tarbiyalash zarur.
Komplekt usul logoped va shifokorlarning hamkorlikda ishlashini taqozo etadi. Kompleks tadbirlarining asosiy vazifasi logopadning asab sistemasini davolash, pay tortishishlarini kamaytirish yoki bartaraf etish. Gapirish vaqtida nafas olishni tarbiyalash, ovozini yo‘lga qo‘yish ustida ishlash. Umumiy va nutq motorikasidagi kamchiliklarni yo‘qotish, ikkilamchi ruhiy asoratlarini (injiqlik, gapirishdan qo‘rqish, tortinchoqlik, o‘zini kamsitish, o‘z kuchiga ishonmaslik va boshqalarni) bartaraf etish, to‘g‘ri, tekis, ravon nutqni tarbiyalab maromiga yetkazish (talaffuz, lug‘at, grammatiktuzilishlarini). Kompleks tadbirlar ichida to‘g‘ri nutqni tarbiyalash ishlari birinchi o‘rinda turadi. Logopad shu maqsadga erishishi yo‘lida unga shifokorlar dori-darmon bilan fizioterapiya, autodrening, gipnoz usullari bilan yordam beradilar, demak kompleks tadbirlarining tarkibiy qismini logopedik mashg‘ulotlar sistemasi tashkil etadi. Hozirgi kunda tutilib gapirish nuqsoni turli xil logopedik mashqlar sistemasi asosida bartaraf etilmoqda. Tutilib gapirish nuqsoni maktabgacha yoshdagi bolalarda S.A. Mironova, G.A. Volkova, V.I. Seliverstov, N.A. Cheveleva va boshqalar o‘smirlar va katta yoshdagi kishilarda I.Yu.Abilova, L.E. Andronova, A.Ya. Yevgenova, M.V. Smirnova va boshqa￾larning sistemasi asosida bartaraf etilmoqda. Barcha sistemalarda logopedik ishni bir-biriga payvasta bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda olib borish tavsiya etiladiki, bularda: ortiqcha ruhiy asoratlarni bartaraf etish, noto‘g‘ri reflekslarni yo‘qotib, yangi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Didaktik prinsiplarga rioya qilgan holda nutqning barcha tarkibiy qismlari ustida ishlash, har qanday sharoitda atrofdagilar bilan bemalol ravon, ifodali nutq orqali aloqada bo‘lishga o‘rgatish juda muhim. Tutilib gapiruvchilar bilan olib boriladigan ishlar logoped va shifokorning rejasiga muvofiq
bo‘ladi. Ish indamaslik rejimidan boshlanadi, bunda bolaning mumkin qadar kamroq gapirishi uchun unga qulay sharoit yaratib berish kerak.
Tarbiyachi o‘qituvchi va atrofdagilar bundan xabardor bo‘lib, har xil savollar bilan murojaat qilmaslikka, she’r va ertaklar ayttirmaslik, doska oldiga chaqirmaslikka harakat qilishlari lozim. Bolani jamoat ishlaridan vaqtincha ozod etib qo‘yish ma’qul. «Indamaslik» rejimi tutilib gapiruvchining qo‘rqmay, shoshmay ravon gapirishi uchun unga imkon yaratib beriladi, uni ruhiy asoratlardan ozod etadi. Ushbu rejim barcha yoshdagi tutilib gapiruvchi kishilar bilan o‘tkazilishi zarur, chunki u nutqni yangidan tiklashga sharoit yaratib, imkon ochib beradi. Ota￾onalarlogopedik mashg‘ulotlarga qatnab uyga berilgan vazifalarni bajarishga bolaga yaqindan yordam beradilar. Logopedik tarbiyachi va o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlashi tutilib gapiruvchi bolaga o‘z jamoasida tegishli o‘rinni egallashga, atrofdagilarning bolaga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Logopedik ishning so‘nggi bosqichlarida logopedik mashg‘ulotlar asosida bolalar tegishli vazifa, topshiriqlarni tayyorlab, uni tengdoshlari singari ravon, aniq nutqdan foydalangan holda bajarishlari lozim.
Tutilib gapirish nuqsonini bartaraf etishda o‘spirinlik davri eng qiyin davr bo‘lib hisoblanadi, chunki bu davrda bolaning rivojlanishida fiziologik, psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Maktabgacha yoshdagi davrda bartaraf etilgan nuqson bu davrda ba’zan qaytalanishi mumkin, retsediv deb shunga aytiladi.
Retsediv bo‘lganida logopad bolada logopedik mashg‘ulotlar ta’siriga ishonch susayadi. U bilan endi statsionarlarda maxsus maktab-internatlarda, bolalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlar va sanatoriyalarda bartaraf etilmoqda.
Ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar, bolalarning yoshlik chog‘idan boshlab tutilmasdan, to‘g‘ri, ravon gapira olishga e’tibor berishlari, nutqdagi nuqsonlarni oldini olishlariga o‘z vaqtida kirishishlari zarur.
Sistemali nutq buzulishlarida shaxs hususiyatlari
Logopedik ishlar alalikning lug‘at boyligini oshirish, nutqn￾ing grammatik tomonini shakllantirish, tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish, so‘z va gaplarni tuzishga o‘rgatish, fonematik uquvini rivojlantirish, yozma nutqni o‘zlashtirishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. 3–4 yil mobaynida muntazam olib boriladigan kompleks korreksion ishlar, ko‘p hollarda bolan￾ing umumiy, aqliy, nutqiy rivojlanishini bir qadar ta’minlash va alaliyani to‘liq bartaraf etib, bolaning ommaviy maktab dastur￾larini o‘zlashtira olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratishmumkin.
Afaziya, uning ta’rifi, kelib chiqish sabablari
Afaziya (grekcha a – yo‘q, fazis – ovoz, nutq) – ovoz chiqmas￾ligi, gapira olmaslikdan iborat nutq buzilishidir. Bu nuqson markaziy asab sistemasi nutqini idora etuvchi zonalarining zararlanishi natijasida vujudga keladi.Ko‘p hollarda afaziya keksa yoshdagi kishilarda, giperto￾niklardan (qon bosimi baland kishilarda) miyaga qon quyilishi natijasida paydo bo‘ladi. Biroq bu nuqson bolalarda ham kuza￾tilishi mumkin.
Psixolog A.R. Luriya va safdoshlarining asarlarida miya yarim sharlari jarohatlanishi, kasallikka uchrashi natijasida paydo bo‘ladigan nutq kamchiliklarining hammasi afaziya qatoriga kiritilgan. Ular afaziyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadilar:
1) dinamik afaziya;
2) efferent motor afaziya;
3) afferent motor
afaziyasi;
4) semantik afaziya;
5) sensor afaziya.
Dinamik afaziya gaplar, iboralar bilan gapirish qobiliyatining buzilishi bilan bog‘liqdir, bunda bemor alohida so‘zlarni aytishda, takrorlashda, atrofdagilar nutqini tushunishda ham qiynalmaydi.
Dinamik afaziyani ikki turga ajratish mumkin: ulardan birida fikrni nutq vositasi bilan bayon qilishni rejalash mexanizmlari buzilgan bo‘lsa, boshqasida nutqning grammatik hamda sintaktik uzilishi buzilgan bo‘ladi.
Efferent motor afaziyasi ham ayrim so‘zlar saqlangan holda, nutq vositasi bilan fikrni bayon qilishning grammatik tomoni buzilishi bilan xarakterlanadi, lekin bundan tashqari, efferent harakat afaziyasida nutqning motor sxemasi ham buziladi; bemor ayrim tovushlarni talaffuz qilish uquvini saqlab qolgan bo‘lsa ham lekin bu tovushlarni ma’lum izchillikda birlashtira olmaydi.
Shunday qilib, efferent harakat afaziyasida nutq hosil bo‘lishining umuman suksessivlik (ya’ni izchillik) prinsipi buziladi.
Afferent motor afaziyasi – nutq artikulatsiyasi aniqlangan￾ligining buzilishidir. Bemor o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lum tovushlarni topa olmay hamma vaqt boshqa, ya’ni shu tovushga yaqin artikulatsiyaga o‘tib ketaveradi. Bu yerda tovushlarni tan￾lash uquvi buzilgan bo‘ladi.
Semantik afaziya – so‘z topishdagi qiyinchiliklar va so‘zlar o‘rtasidagi semantik (mantiqiy-grammatik) munosabatlarni tushunishning buzilishi bilan xarakterlanadi. Masalan, afazik «ota» va «aka-uka» degan so‘zlarni tushunadi, biroq «otasining akasi» degan so‘z qanday ma’no bildirishini tushuna olmaydi.
Demak, bunda biz so‘zlar ma’nosiga semantik sistemasining buzilishi bilan, ya’ni so‘zlarni ma’nosiga qarab tanlashning buzilishi bilan to‘qnash kelamiz.
Sensor afaziyasi – bunda birinchi navbatda eshitilgan tovushlarni idrok etish buziladi, ya’ni so‘zning ma’nosi bilan uning tovush tarkibi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatini anglash izdan chiqib, dastavval nutqni idrok etishga ta’sir qiladi. Har holda afaziyaning bu formasida so‘zni tovush juhatidan tahlil qilish buziladi. Natijada kishi mutlaqo hech narsani tushunmaydigan yoki qisman tushuna oladigan bo‘lib qolishi mumkin. Sensor afazik o‘zi ko‘p gapiradi, lekin uning gapini tushunib bo‘lmaydi,chunki so‘zlari sharoitga mos kelmaydi, ma’nosiz bo‘ladi.
Sensor afaziyada yozma nutq, ya’ni o‘qish va yozish jarayonlari ham buziladi. Og‘zaki va yozma nutqda prafaziya (almashtirish) va agrammatizmlar ko‘p kuzatiladi. Kasalning o‘zi buni sezmaydi.Hozir logopediyada afaziyaning yuqorida ko‘rib chiqilgan turlaridan tashqari yana amnestik va total afaziyalari tafovut qilinadi.Amnestik afaziyada xotira chuqur darajada buziladi. Kishi so‘zlarini, ularning ma’nosini yoddan chiqarib qo‘yadi, ularni eslay olmaydi. Bunday bemor predmetlarni taniy oladi, lekin ularning nomini eslay olmaydi. Agarda shu payt yordam berilsa, so‘zni eslab to‘g‘ri talaffuz etadi.
Tololafaziya – biror xil falokatdan yoki insultdan so‘ng darhol paydo bo‘ladi. Bunda bemor gapirmaydi, boshqalar nutqini tushunmaydi, chunki markaziy asab sistemasining bir necha zonalari birdaniga zararlangan bo‘ladi (total – keng tarqalgan degan so‘zdan olingan). Bunday holat bir necha kundan to bir necha haftagacha davom etishi mumkin.
Afaziyada nutqi har tomonlama yaxshi rivojlangan odam birdaniga yoki asta-sekin gapira olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Afaziyaga uchragan kishi dastlab mutlaqo gapirmaydi, yoki gapirsa ham, doim g‘uldirab so‘zlaydi va uning nutqini atrofdagilar hech tushunmaydi. Bunday bemor aksari hamma narsaga beparvo bo‘ladi. Nutqdagi o‘zgarishlarga kelganda uning hamma tomoni – grammatik tomoni ham, fonetik-semantik

Tomoni ham, ya’ni butun nutq sistemasi buzilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda, nutqning qaysi tomoni ko‘proq izdan chiqqanligini aniq bilib bo‘lmaydi. Lekin oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu narsa oydinlashadi.


Ayrim hollarda, xususan, afaziya asabiy-ruhiy og‘ir kechin￾malar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, u asta-sekin barham topib ketishi mumkin. Boshqa hollarda, ya’ni afaziya miyadagi tayinlibirkasallikdan paydo bo‘lgan mahallarda bu nuqson juda sekinlik bilan, tegishli davo chora-tadbirlari ko‘rib, logopedik mashg‘ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina bar￾ham topadi.
Shunday qilib, alaliya va afaziya sistemali nutq kamchi￾liklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun nutq sistemasida, ya’ni nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomon￾larida sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Alalik va afa￾ziklarning impressiv nutqdagi kamchiliklari markaziy asab sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.
Alaliya va afaziyalarning farqi shundan iboratki, alaliyada nutq jarayonida ishtirok etadigan analizatorlarning markaziy qismidagi asab hujayralarning norasoligi nutqning kechikib rivojlanishiga olib borsa, afaziklarda markaziy asab sistemasi ayrim qismlarining organik kasalliklari natijasida har tomonlama rivojlangan nutq yo‘qoladi.
Alaliyani bartaraf etishda – nutqni shakllantirish, rivojlan￾tirish, tarbiyalashni ko‘zlab, afaziyani bartaraf etishda esa – yo‘qolgan nutqni tiklashni ko‘zlab choralar ko‘riladi.

Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin