Nutqiy mavzuning gʻoyasi:
kitob va uning turlari haqida atroflicha
maʼlumot berish, kitobning kishilik jamiyati va taraqqiyotida tutgan oʻrnini
koʻrsatish, kitob doʻkonlari, shaxsiy va jamoat kutubxonalari bilan tanishtirish,
oʻquvchini kitobxonlikka targʻib qilish.
Tinglab tushunish:
kitob ishlab chiqarish haqidagi audioni tinglab
tushunib, eshitib qabul qilingan material yuzasidan savollarga javob bera
oladi; sheʼrni tinglab tushuna oladi, sheʼr oʻqilishi va nasr oʻqilishidagi farqni
aniqlay oladi.
Ogʻzaki nutq:
kitoblar/ kitob doʻkonlari / kutubxona rasmiga qarab
savollarga javob bera oladi; kitoblarga munosabati haqida ayta oladi;
kitobning shakli, taʼrifini tushuna oladi, va ularga ogʻzaki taʼrif bera oladi;
oʻzlari oʻqigan birinchi kitob haqida savollarga javob bera oladi.
Oʻqib tushunish:
kitob ishlab chiqarish jarayoniga oid sxema/chizmani
anglay; “Mening birinchi kitobim” matni boʻyicha berilgan savollarga javob
topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; elektron
kitoblar haqidagi maʼlumotni oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq:
oʻrni almashtirib berilgan harflarni toʻgʻri joylashtirib, kitob
turini bildiruvchi soʻzlarni yoza oladi; davlatlarning nomlarini yoza oladi; “Men
oʻqigan birinchi kitob” mavzusidagi matnni toʻldira oladi; qofiyadosh soʻzlarni
ajratib oladi.
Dostları ilə paylaş: