Nazorat ishi (1 soat)
VII BOʻLIM. OʻQUV YILI OXIRIDA TAKRORLASH
(8 SOAT)
Ushbu soatlarda oʻquvchining yil davomida olgan oʻqib, eshitib
tushunish, ogʻzaki va yozma nutqqa oid bilim, koʻnikma va malakalari
sinovdan oʻtkaziladi. Sinov natijalari asosida qoʻshimcha taʼlimiy ishlar
amalga oshiriladi.
Tinglab tushunish:
eshitgan matnidagi voqealar ketma-ketligini
belgilay oladi;
dialog yoki suhbat jarayonida soʻzlovchining oʻzgarganini
anglay oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga
munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq:
suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga
munosabat bildira oladi; matnlarni oʻqib boʻlgach, uning asosiy mazmunini
aytib bera oladi; yil davomid
a oʻrganilgan mavzular doirasida partadoshi
bilan dialog tuza oladi va shu asosida suhbatga kirisha oladi.
Oʻqib tushunish:
ikki qismli matnni oʻqib, tushunishga qaratilgan
topshiriqlarni bajara oladi; badiiy hamda informativ matnlarda ochiq
ifodalangan
maʼlumotlar (qahramonlar, faktlar, detallar)dan savol berilganda
javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi.
Yozma nutq:
tushunilishi qiyin soʻzlarni yoza oladi; boʻsh oʻrinlarga mos
soʻzlarni qoʻyib toʻldira oladi; matndagi raqamlarni soʻzlar bilan yoza oladi;
eslab qolgan maʼlumotlariga tayanib yoza oladi; dialog tuzib yoza oladi; xat
yozish tavsiyasi asosida sevimli qahramon yoki yaqin insoniga maktub (xat)
yoza olish; xato yozilgan matnni tahrir qila oladi.
Lingvistik bilim:
yil davomida oʻrgangan lingvistik bilimlarini nutqda
toʻgʻri qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi:
boʻlim va nutqiy mavzular doirasidagi soʻzlar, soʻz
birikmalari, ibora, maqol, tez aytish va topishmoqlar.
Dostları ilə paylaş: |