NUTQIY VA FONEMATIK ESHITISHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv sistemasining u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq kamchiliklari kiradi.
Pereferik buzilishlar: artikulyatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilish yoki buzilishi va pereferik nerv artikulyatsion organlar inervasiyasining buzilishdan kelib chiqadi.
Pereferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar: bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga: dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi.
Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldidan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, o‘zlashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa, tibbiy va pedagogik tuzatish maktabda to‘laqonli ta’lim olish imkonini beradi.
Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalarni erta aniqlash ishlari birinchi navbatda “oilaviy muhiti yaxshi bo‘lmagan” oilada o‘tkaziladi. Bunda oilalarga quyidagilar kiradi:
1. U yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bola bor oila.
2. Ota-onalarning birida yoki ikkalasida fiziologik eshitishi buzilgan, aqli zaiflik, shizofreniya kasalliga bor oilalar.
3. Homiladorlik vaqtida yuqumli kasalliklar, og‘ir taksikoz o‘tkazgan ayolning bolalari.
4. Tug‘riq vaqtida asfeksiya jarohati yoki neyroinfeksiyani boshidan kechirgan, hayotning birinchi oylarida bosh miya jarohatlari olgan bor oilalar.
Eshitish va intellekti normada bo‘lgan bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligi deganda nutq anomaliyasining shunday formasi tushuniladiki, bunda nutq barcha komponentlarining shakllanishi (nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomoni) buzilgan bo‘ladi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini R.Ye.Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elimentlariga ega bo‘lgan mukammal nutq buzilishigacha.
Nutq rivojlanmaganligining I darajasi: nutqning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq bo‘ladi. Nutqi tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo‘ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so‘zlarning ko‘p ma’noga ega bo‘lmasligi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo‘ladi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo‘lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo‘ladi.
Nutq to’liq rivojlanmaganligining II darajasi: dastlabki keng qo‘llaniladigan, odatdagi nutqning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega bo‘ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Ular ikki-uch so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug‘at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo‘ladi. Umumlashtiruvchi so‘zlarni (mebel, kiyim, sabzavot, mevalar va boshqalarni) bilmasligi kuzatiladi. Harakat, belgini bildiruvchi so‘zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o‘lchamini va boshqa belgilarini bilmaydilar.
Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi-yu, shunday kamchilikka ega bo‘lgan bolalar bo‘g‘inlar o‘rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining III darajasida: nutqda leksik-grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqga ega bo‘lganda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar.
Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya jihatidan osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish, ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo‘ladi, lug’at boyligi analizda leksik holatlarning o‘ziga xosligi ko‘rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so‘zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg‘un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda ular qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z ma’nosining o‘zgarishini tushunib еtmaydilar.
Psixologik nuqtai nazardan og’zaki nutq yengil sanaladi. Uni faoliyatga kirishish vositasi - tovush fonemadir. Yozma nutqning fonemaga kirishish vositasi – grafik belgi harfidir. Og’zaki nutqni idrok etish eshituv analizatori asosida, yozma nutqni idrok etish ko’ruv analizatori asosida amalga oshadi. Ularning ifoda vositalari ham turlichadir. Og’zaki nutqda bu optekkalari, mimika, imo-ishora, urg’u, yozma nutqda – bu uslub, so’zlarni alohida tanlash usullari hisoblanadi. Og’zaki nutq, yozma nutq ham monologik va diologik shaklda bo’ladi. Monologik nutq psixologik nuqtai nazardan murakkab javobgar bo’ladi va auditoriyaning hisobga olishi tayyorgarligini talab qiladi. Onologik nutq yengilroq bo’ladi. Uni tuzilishiga, u davom etayotgan sharoit va muhit yordam beradi. Bolada og’zaki nutq atrofdagilar bilan muloqotda rivojlanadi. Eshituv idroki yordamida bola atrofdagilar og’zaki nutqini idrok etadi, 5-6 yoshlarga eshituvchilar tovushlarni to’g’ri talaffuzini egallaydilar. Lug’at boyligi va gap grammatik qoidalarini amaliy egallaydi. Kar bola bu yo’l bilan nutqni egallay olmaydi, chunki u atrofdagilar nutqini eshitmaydi. Agar eshituvchi bola bog’chaga maktabga shakllangan nutq bilan borsa kar bola og’zaki nutqi mavjud bo’lmagan holda boradi. Unda nutqni boshidan boshlab shakllantirish kerak. Buning uchun kar bolaning artikulyatsion nafas olish va ovoz apparatini tayyorlash kerak. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, kar bolada eshituvchi bolaga nisbatan nutqiy nafas olish bir qator xususiyatlarga egadir. U bo’lingan havo oqimidan foydalana olmaydi va frazalarni qismlarga bo’laolmaydi. Maxsus mashqlar davomida kar bolalarda nutqiy nafas olish shakllanadi. Ularning ovozi ustida ham ish olib boriladi. Ko’p miqdordagi karlarda ovoz bo’g’iq, modullashmagan bo’ladi. Maxsus mashqlar jarayonida o’qituvchi kar o’quvchi ovozini eshituvchi bola ovoziga yaqinlashtirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham kerakli natijalarga olib kelmaydi. Kar bola nutqi ovozi butun hayoti davomida o’ziga xos otsenkaga ega bo’ladi. Kar o’quvchilarni og’zaki nutqqa o’rgatishning muhim qismi ularda turli talaffuzni shakllantirishdir. O’zbek tilidagi har bir fonema kar bolada maxsus usullar bilan qo’shiladi. Saqlangan analizatorlar ko’ruv, sezgi, harakat analizator faoliyatini qo’llab, o’qituvchi osenka oldi tovush talaffuzini ko’rsatadi va taqlid asosida talaffuz qilishni boladan so’raydi. Avvalom bor yengil talaffuz etiluvchi tovushlar “p”, “b”, “m” qo’shiladi, so’ng bug’in, so’z birikmalariga o’tiladi. SHu tartibda boshqa nutqiy tovushlar talaffuziga o’tiladi.
Bu jarayonni amalga oshirishda eshituv qoldig’iga tayaniladi. Kar bolada og’zaki nutqni shakllantirishda ko’ruv, harakat va sezgi analizatorlari yordamida bilan maydonga chiqadi. Eshituvchi bola o’z talaffuzini eshitish orqali nazorat qiladi, xato qilsa bu xatoni eshitib so’ng to’g’rilaydi. Kar bola talaffuzini dastlab oyna oldida, so’ng ko’ruv va harakat sezgilari orqali nazorat qiladi. tovush artikulyatsiyasi qanchalik aniq va yaxshi bo’lish kinestik sezgilar shunchalik differensiyalashgan bo’ladi. Bu sezgi turi kar bola talaffuzini shakllantirishda muhim o’rin hisoblanadi. Kar bolaning og’zaki nutqini shakllantirishda eshitish qoldig’i ham katta ahamiyat kasb etadi, pedagogik jarayon uchun III va IV guruhga kiruvchi 512 dan 1024 Gs va 1024 dan 2048 Gs gacha tovush chastotalarini qabul qiluvchi kar bolalar muhim ahamiyatga egadir. Eshitish qoidalaridan foydalanish unli tovushlar differensiyasi, to’g’ri mantiq va so’zli urg’ularni qo’llash imkonini beradi. Karlarni og’zaki nutqqa o’rgatishda teri va taktil vibratsion sezgilardan keng foydalaniladi. Masalan, o’qituvchi artikulyatsiyasi uxshash tovushlarni (p - b, t - d) kar o’quvchi diqqatini ayrim holda bu jarangsiz tovushli vibratsiyasi yo’q, ikkinchi holatda qo’yib xalqum yoki ko’proq qafasiga qo’yib vibratsiyasini sezish mumkin. Taktil vibratsiyatsion sezgilarni maxsus asboblari yordamida ta’limda qo’llash kar o’quvchilarni 38 % darajada og’zaki nutqni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu M.G.Abromov va M.N. Moginshinskiy tadqiqotlarda aniqlangan. Oxirgi yillarda mutaxassis defektologlar tomonidan kar bolalar og’zaki nutqini shakllantirishga bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular kar bolalarni talaffuzga o’rgatishning samarali usullarini tadqiq etmoqda.
Nutqiy muloqot jarayonida kar bolalar nutqini shakllantirish va qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida talaffuzga o’rganish tamoyilini ko’rib chiqamiz. S.A. Zikov tadqiqotlariga ko’ra kar bolalarda nutqni ularning hayotiy ehtiyojlarini hisobga olib, shakllantirish kerak. Til insonlarning mehnat faoliyati yuzaga kelib, shakllana borgan. U insonlarning fikr almashinuvi, ong quroli sanaladi.
CHunonchi, kar bolalar pedagogik ta’limi ularda so’zlashuv nutqini shakllantirish asosida tashkil etiladi. Agar oldin nutqiy ta’limotdan amaliyotga o’tsa, so’zlashuv nutqini shakllantirish muloqotni shakllantirishga o’qtiladi, lekin bu amaliyot grammatik jihatdan tashkil etilgan. Qisqartirilgan fonemalar tizimi asosida og’zaki nutqqa o’rgatishda tezroq maqsadga erishish uchun talaffuzi yengil bo’lgan, hosil bo’lish o’rniga ko’ra o’xshash fonemalar o’zaro almashtirib o’rgatiladi. Bu lug’at boyligi oshirish so’zlarni muloqotga kiritish, kar bola nutqiy amaliyoti imkonini oshiradi. Bunday psixologik yondashuv kar bolalarni tilga o’qitishning boshlang’ich etapida saqlangan bo’lishi mumkin. SHunga o’xshash holat eshituvchi bolani nutqiy rivojlanishida ham kuzatiladi. Eshituvchi bola 2-5 yoshlar o’rtasida ma’lum tovushlarni to’g’ri talaffuz eta olmaydi. Bu bosqich bolaning nutqiy apparati to’liq shakllanmaganligi va hosil bo’lishga ko’ra murakkab bo’lgan tovushlar talaffuziga tayyor emasligi bilan asoslanadi. SHuning uchun bola tovushlarni boshqalari bilan almashtiradi, tushirib qoldiradi. Bunda so’zning tovush tarkibi o’zgarsa ham u o’zining mazmunini o’zgartirmaydi. Vaqt o’tishi bilan bu xatolik o’z – o’zidan yo’qolib ketadi. SHunday qilib, kar bolada og’zaki nutqni shakllantirish faqat o’qituvchi rahbarligida maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshadi. Bu jarayon quyidagini ko’zda tutadi:
Nutqiy nafasni shakllantirishni;
Modullashtirilgan ovoz qo’yish ustida ishlashni;
Talaffuzga o’rgatishni;
Labdan o’qishni;
Lug’at ishini;
Grammatik tizimni shakllantirishni
Eshituvchi bola atrofdagilar nutqini eshituv analizatori orqali qabul qiladi, yuzning ifoda harakatlari va mimikasi, imo-ishoralarni anglash imkonini beruvchi ko’rish analizatori yordamida ma’lumotini to’ldiradi.
So’zlarni, gaplarni bir necha takrorlash ta’sirida kar bolalarda fonematik eshituvni tovush analiz va sentizning yuqori shakli rivojlanadi. Bola ona tilining fonemalari farqlash, ayrim so’zlar, gaplarning tushunish, farqlashga o’rganadi. Bola ilk yoshida eshituvni yo’qotsa, og’zaki nutqni idrok etishda ko’ruv analiztori muhim o’rin tutadi. Bunda taktil vibratsion, harakat, eshitish qoldig’i kabi sezgilar yordamchi rolga ega bo’ladi. F.F.Rau, V.IBeltyukov tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalari tahlili ko’rsatishicha kar bola unga qaratilgan nutqni ko’rish yordamida qabul qilishm, labdan o’qishga o’rgatish mumkin. Labdan o’qish murakkab ruhiy jarayon bo’lib, nutqiy apparat harakatlari ko’rish analizatori yordamida idrok etish asosiga qurilgan bo’ladi. Nutqni kar bolalar tomonidan idrok etish, passiv nutqning o’ziga xos shaklidir. Labdan o’qish jarayoni kar, zaif eshituvchi bolalarda, kech kar bo’lganlarda labdan o’qish jarayoni turlicha kechadi. U kar bolada ko’ruv idroklariga tayanadi. Zaif eshituvchi bolalarda eshitish darajasiga ko’ra bu jarayon nutqni eshitish orqali qabul qilishdan past turadi yoki yordamchi vosita sifatida qo’llanilishi mumkin. Kech kar bo’lgan bola labdan o’qishni qiyinlik bilan o’rganadi. Lekin uni labdan o’qishga o’rgatish kar bolada mavjud nutqni saqlab qolish, unga o’qish, boshqalar bilan muloqotga kirish imkonini beradi. Agar bu bola labdan o’qishga o’rgatilmasa, u imo-ishora nutqini egallaydi, natijada u og’zaki nutqda so’zlashish malakalarini esdan chiqara boshlaydi. Ma’lum vaqtdan so’ng bu bola kar boladan farq qilmay qoladi. Kech kar va zaif eshituvchi bolani imo-ishora nutqda gaplashishuvchi nutqsizlar jamoasida faoliyat ko’rsatish labdan o’qish jarayonini shakllanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. F.F.Rau e’tirof etishicha labdan o’qish jarayonini 3 bosqichda tasniflashi mumkin:
so’zni artikulyator tasniflash;
taqlidiy ortikulyator obrazini ko’rish orqali idrok etish;
anglangan idrok.
Bulardan tashqari kar bolalar labdan o’qishni 3 turi tasniflanadi:
harakatli;
ko’ruv;
aralash.
Labdan o’qishni haraktli tipii og’zaki nutqi mavjud kar bolalarda uchraydi. Tovushni artikulyator harakatini yuzaga keltirish uchun uni talaffuzini egallash kerak. Ta’limning boshlang’ich bosqichida kar bolalar umuman gapirmaydilar yoki kam gapiradilar. Bu bosqichda bola so’zni talaffuz qilolmasa ham so’zning umumiy obrazini ko’ruv orqali qabul qiladi. Og’zaki nutqni egallash darajasiga ko’ra kar bolalar talaffuzni egallaydilar. Labdan o’qish jarayonida bolalarda nutqiy pinesteziya yuzaga keladi. Aralash tipda labdan o’qish ko’ruv va harakat tiplari bilan birgalikda amalga oshadi. Labdan o’qish jarayoni murakkabligi bizning nutqimiz fonemalari talaffuzda bir xil namoyon bo’ladi. Ayrim tovushlarni labdan o’qish oson bo’ladi. Nutqmizdagi har bir tovush xos bo’lish usuli, o’rni, ovoz va shovqin ishtiroki jarangli va jarangsizligiga ko’ra o’zaro farq qiladi. eshitish organi tovushning barcha xususiyatlarini qabul qilish xususiyatiga ega, lekin ko’rish analizatori bu xususiyatlarni qabul qilish imkoniga ega emas, tadqiqotlar ko’rsatishicha kar bola ko’rish analizatori yordamida 12 guruhdosh tovushlarni yaxshi qabul qiladi. bu tovushlarni ba’zan orol obrazlar deb ham nomlashadi. Bu guruhdosh tovushlar quyidagi jadvalda o’qish murakkabligiga ko’ra tasniflangan.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
a
o
u
e
i
i
P
v
f
n
r
m
s
t
g
B
i
z
d
k
M
ch
s
n
x
Artikulyator obrazlari bir xil bo’lgan tovushlar bir guruhga kiritilgan bo’lib, kar bolalar ularni o’qishda qiynaladilar. Masalan, sabzi – zabzi, barg – parg.
Labdan o’qishning ruhiy murakkablishi uni o’qish jarayoni bilan bir xil deb adashishlarda namoyon bo’ladi. O’qiladigan matnda harflar aniq ularning grafik belgilari bir xil bo’ladi. Jonli nutqda tovushning artikulyator obrazi ko’p omillarga avvalo tovushini so’zdagi o’rniga bog’liq bo’ladi. Xususan, unli tovush so’z urg’usiga bog’liq holda kuchni talaffuz etishadi. Har bir gapiruvchi talaffuzining individual xususiyatlari mavjud bo’ladi. Ayrimlar tovushlarni aniq talaffuz etadilar, ayrimlar tez lekin tovushlarni aralashtirib talaffuz etadi. Matndosh grafik obrazlar statik va kar o’quvchi tushunmasa, qaytadan matnni o’qishi mumkin. Jonli nutqda tovushlarning artikulyator obrazlari dinamik bo’lib doimo xarakatda va idrok etilmay qolgan tovush talaffuzini qaytadan idrok etib bo’lmaydi. YOzma nutqda so’zlar intervallar bilan ajratilgan, og’zaki nutqni kar bolaning o’zi bo’laklarga bo’ladi: gap – so’z – bug’in – tovush. Matn o’qishda o’qish tempini biz belgilashimiz mumkin, og’zaki nutqni idrok etishda esa kar bola gapiruvchini talaffuz tempiga moslashshishi kerak. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim jarayonida kar bola lab o’qishning yuqori pog’onasiga chiqish mumkin. Unga qaysi omillar yordam beradi? F.F. Rau, V.I.Belyukova A.I.SHept va boshqa olimlar tadqiqotlariga ko’ra bu shakl va ma’nosiga ko’ra kombinatsiyalashgan omillardir. Tadqiqotlar tahlili kar bola matndan tashqari so’z, gaplarni labdan o’qishda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Kontekstga ko’ra o’qishni korreksiyalaydi, so’zlarni tashlab o’qishni to’ldiradi. Masalan, kar bola matndan tashqari stul – soz, ona – ota – opa so’zlarini tashlab o’qishi mumkin, chunki bu so’zlarning artikulyator obrazlari juda o’xshashdir. Mmimik gapda kar bola kerakli so’zni joyida talaffuz etadi va unga mos keluvchi grammatik shaklni tanlaydi. Mimik bunday kambinatsiya faqat so’zlashuv nutqi mavjud kar bolaga xosdir. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, labdan o’qish ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi.
Labdan o’qishda imo-ishora nutqi yordami vosita sifatida faoliyat ko’rsatadi. Nutq mazmuniga mos keluvchi yuz ifoda belgilari, imo-ishoralar labdan o’qish jarayonini yengillashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Kar bola labdan boshqa narsani o’qishda, amalda boshqasini ko’radi. Bu uning labdan o’qishni murakkablashtiradi. Labdan o’qishni o’rganish uchun bir necha usullar qo’llanilgan – statik, dinamik, substitsion va turli yordamchi vositalar.
Statik metodi asosi ting holatda lablar harakatini o’rganishdan iborat. Dinamik metoda tovushlar artikulyatsiyasi jonli nutqda o’rganiladi. Substitutsion metod tovushlarni aralashishi va almashishining variantlarini o’rganadi.
Labdan o’qish jarayonini yengillashtirish uchun yordamchi vositalar – daktilologiya, imo-ishora nutqi, tovush kuchaytirgiya apparatlar yordamidagi eshitish qoldig’i, taktil imoratsion sezgilar qo’llaniladi. eng tarqalgan va qo’lay yordamchi vosita bu yozma nutqdir. Agar o’quvchi bir necha urinishlardan so’ng so’zni labdan o’qolmasa, uni doskada yozadilar. Labdan muvoffaqiyatli o’qish uchun gapiruvchining xolati, yorug’lik, temp va xakozolar bola nutqini rivojlanishining quyidagi asosiy xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:
Eshitishning yo’qotish kar bola nutqiy rivojlanishi o’ziga xosligi belgilovchi asosiy omildir.
Eshitishni butunlay yo’qotgan holatida kar bola nutqi nutqiy amaliyotida rivojlanmaydi. U faqat surdopedagog rahbarligida maxsus tashkil etilgan ta’lim jarayonida rivojlanadi.
Kar bola nutqini rivojlanishning asosi ko’ruv harakat va taktil vibratsion sezgilardir.
Kar bolada nutqiy amaliyot eshituvchi bolaga nisbatan kambag’al va cheklangandir. SHuning uchun kar bolada nutqiy muloqot tamoyiliga ko’ra nutqini rivojlantirish maxsus maktabning bosh vazifasidir.
Eshituvchi bola kar bolalarga nisbatan nutqni erta egallaydi. Unda 5-6 oyligida keyin faol nutq rivojlanadi. Kar bolada bu jarayon maktabga yoki bog’chaga borgandan so’ng amalga oshadi.
Kar bolada eshituvchi bolada mavjud bo’lmagan nutq shakllari imo-ishora nutqi daktilologiya, labdan o’qish kabilar shaklanadi va rivojlanib boradi.
Nutq so’zlashish, o’qitish bilan bog’liq faoliyatini har xil turlari qatorida max-sus mashg’ulotlar o’tkazish katta ahamiyatga ega, ayrim fikrni aytishda rejalashtiril-gan mashg’ulotdir, bu tizim har bir sinf programmasidan muntazam o’rganishni tah-lil qiladi.
Misol: Bolalarga “ Qayerda yotibdi? ”, “ Qayerga qo’yding? ”, “ Qayerdan olding? ” de-gan savollarni o’rganish uchun maxsus programma lug’atidan foydalaniladi. 1-2-sinf-lar darslarida so’zlashish nutqi maxsus mashg’ulotlarda yaqqol vaziyat vujudga keladi. Bunday vaziyat didaktik o’yinni eslatadi. 3-4- sinflarda so’zlashishi nutq mashg’ulot-larini o’tkazishda bolalarni o’tgan tajribalari va misollar asosida sayir qilganda-gi materiallarda o’qilgan suhbatlar, hikoya, ekskursiya asosida o’tkaiziladi.
Ayrim so’zlashish tili fikrida ish olib borishda har xil mashg’ulotlar qo’llani-ladi. O’qituvchining fikrini yodda tutib, bolalar sinfga qarab o’qituvchisi bergan savo-lini qaytarib berishadi.
Obrazni o’zlashtirish, so’zlashni, nutq materialini yolg’iz yangi o’qitish yo’li va o’z-lashtirishning boshlang’ich bosqichidir. SHuning uchun bu material fikrlashni barcha turidagi ishda qo’llashadi.
GAP TUZISHNI O’RGANISH.
Nutq faoliyatida gap tuzish malakalari asos bo’ladi. SHuning uchun eshitishda nuq-soni bo’lgan bolalarning o’qish jarayoni davomida ularni shakllanishiga va mustah-kamlashtirishga ko’p vaqt ajratiladi. Bular jumlasidan, og’zaki so’zlashish, yozuv nutq-lar, lug’at bilan ishlash va grammatik tuzish darsida, o’qish darsida va boshqa buyum-lar bilan dars berganda va sinfdan tashqari darsda gap tuzish malakasini oshirishda asosiy ahamiyat ona tili darslariga qaratiladi. Gap tuzishni o’rganish mehnat fao-liyati bilan bog’liq, o’z o’ziga hizmat qilish, o’yin va maxsus mashg’ulotlarda, gap tuzish mashg’ulotlari nutqqa kiritilgan lug’at bilan mustahkamlaydi. Bu mashg’ulotlar o’quv-chida to’g’ri so’zlar tuzish malakasini ishlab chiqadilar.
PREDMETLARNI KO’RSATISHGA ASOSLANIB
GAP TUZISH.
U yoki bu predmetni o’zlashtirish sharoitida ish olib boriladi, predmetlar esa te-gishli lug’at to’g’risidagi ma’lumotlarni mustahkamlashni maqsad qilib qo’ygan.
Misol: predmetning mansubligini belgilash uchun uning xususiyatini va narsalar nomini qaytarish uchun quyidagi mashg’ulotni o’tkazish mumkin. O’qituvchi bolalarga gap tuzishni aytadi va bunda u bolalarning kiymini ko’rsatadi: Bu nima? –deb so’ray-di. “ Bu kurtka, sviter, fartuk, ko’ylak ” – deb javob berishadi. O’qtuvchi devorga
“ Nodirning ko’ylagi ko’k ”- deb yozadi, o’quvchilar esa birgalikda o’qishadi. “ Kimning ko’ylagi ko’k? ” –deb o’qituvchi so’raydi va “ Nodirning ko’ylagi ko’k ”-deb o’quvchilar-dan javob oladi. O’qituvchi “ Nodirning ko’ylagi qanaqa? ” –deb davom etadi. “ Ko’k ”-deb javob berishadi. Bunda ega va fe’l aniqlanadi.
Keyin o’quvchilar galma-galdan gap tuzishadi.
“ YUlduzning fartugi yashil ”
“ Bahromning kamziri kulrang ”
“ Hilolaning sviteri sariq ”
“ Jahongirning maykasi qizil ”
“ Feruzaning ko’ylagi qizil ”
Ish jarayonida qilingan xatolar to’g’irlanadi.
NAMOYISH ASOSIDA GAP TUZISH.
Bu mashqning turi ilgarisiga o’xshaydi. Bolalarini bevosita voqiyani ilgari id-rok etish bilan o’tadi. Farqi shundaki, ahamiyat markazida boalalrda u yoki bu pred-metlar orqali, o’qituvchi o’z faoliyati bolalar orqali paydo bo’lgan vaziyatni tushunti-radi.
Misol tarzida mashq yozishni keltirmagan fe’l bilan tuzilgan gap mashg’ulotni rivojlanishini keltiradi. Qo’yida, to’kdi, yiqitdi, to’ldirdi. Bu fe’llar bilan qi-lingan harakatni namoyish qilish uchun stakan, piyola, banka, suv bilan grafin, pat-nis bilan likopcha kerak bo’ladi. Mashg’ulotlarni tayyorlashda esa og’zaki nutqni ri – vojlantirishda foydalanilishi mumkin.
Mashg’ulotlarni keyngi etapi o’qituvchi bergan va bolalar o’zlariga asos qilib olgan vazifalarni bajarishi va gap tuzishi lozim. “ Hilola piyoladan stakanga suv quydi ”, kabi gaplar beriladi.
Hozirgi maktab va maktabgacha muassasalarda og’zaki nutqga o’rgatish, daktil ko’ri-nishidan, so’zlashuv nutqini shakllantirish bilan birga olib boriladi.
Bunday yondashuv bolalarga muloqat uchun kerakli bo’lgan nutqiy materialni tez egallash imkonini beradi. Sinxron – daktil va o’qituvchi tomonidan so’zlarni og’zaki gapirishni, shuningdek, o’quvchilarni ko’rganlarini og’zaki qayd etish, eshitish qoldi-g’ini, ovozli nutqni qabul qilinishi ( ovoz kuchaytiruvchi apparat yordamida ) nutq ap-paratini aktivlashtirishga, ovoz va so’zning nutqiy, harakatli konturini qabul qi-lishga yordamlashadi.
Bularning hammasi o’quvchilarda talaffuz qilish va labdan o’qish ko’nikmalarini shakllantrish va keyinchalik sistematik va maqsadga yo’naltirilgan ishlarni hal qi – lish uchun imkon yaratadi. Labdan o’qishga o’rgatishning asosiy maqsadi shundan ibo-ratki, atrofdagilar bilan muloqat jarayonida, bolalarda eshituv-ko’ruv, erkin ko’ruv qobiliyatini rivojlantirish orqali og’zaki nutqni qabul qilishni rivojlantirish.
Karlarni o’qitishning hozirgi zamon metodi – labdan o’qish ko’nikmalarini shakl-lantiriga qaratilgan spetsifik talablar, sekin- astalik bilan og’zaki-daktilga o’qi-tishni kamaytirib, uning hisobiga ko’ruv – eshituv orqali nutqni qabul qilishga
( daktilsiz) xizmat qiladi. CHunki bu usulni rivojlantirish uchun optimal sharoit-larni yaratish mumkin emas.
Karlarni talaffuzga o’qitishning asosiy masalasi shundan iboratki, maksimal darajada aniq va tushunarli talaffuzga erishish, shu bilan birgalikda og’zaki nutqni muloqot vositasi va fikrlash jixozi qilib rivojlantirish.
Bizning maktab va bog’chalarda hozirda qabul qilingan analitiko – sintetik metod variantining xususiyatini uning konsentrik metodi xarakterlidir. YA’ni, bolalarda so’zlarning tuzilishini talaffuz qilishni shakllantirish va shu bilan birga uni og’zaki shaklda bir tekisda, qayta ishlangan nutqiy materialni tanlashga o’zgacha yondashishda namoyon bo’ladi. Konsentrik metod asosida ( F.F. Rau, N.F.Slezina ) yaxshi eshitadigan bolalar nutqini talaffuz jihatidan o’zlashtirish qonun- qoidalari yotadi.
Berilgan metodning mohiyati shundan iboratki, maktabga keladigan umuman nutqi bo’lmagan karlarni talaffuzga boshlang’ich o’qitilishida 2 ta konsentrdan iborat-ligidir. YA’ni, birinchisi tayyorlov sinfiga mos kelsa, ikkkinchisi esa 1-2- sinflar-ni o’z ichiga qarab oladi. Tayyorlov sinflarida o’quvchilardan tovushlar sistemasining 17 ta asosiy tovushlarni so’zlarda hosil qilish talab etiladi. Bu tovushlar unlilar-dan – A, O, U, E, I va undoshlardan – P, T, K, F, S, SH, X, V, M, N, L, R tovushlari kiradi.
Bu tovushlar artikulyatsiya jihatidan bir – biridan juda farq qiladi va boshqa o’xshash tovushlariga tez va yengil o’zlashtiriladi. Asosiy tovushlar munosabatiga ko’-ra – asosiy tovushlarga kirmaydigan tovushlar, ba’zida so’zlarda o’xshash tovushlarga almashtirishga yo’l ko’yadi.
O’quvchilarning ko’nikma va malakalarini hisobga olish ularning bilim egallashlarini, uning izchilligini nazorat qilishga xizmat qiladi. Bolalarning bilimlari nazorat qilinmasa ular sistemali, izchil mustahkam bilim ololmaydilar. O’quvchilardagi bilim darajalari to’g’ri, sistemali va differensiallashgan holda tekshirilib turilgandagina maqsadga zrishish mumkin. Bolalarning o’zlashtirgan bilimlarini tek-shirishning tarbiyaviy ta’siri shundaki, o’quvchilarda tekshirish tufayli o’z-o’zini nazorat qilish xislatlari rivojlanib boradi.
O’quvchilarning bilimlari kundalik, har bir dars davomida, dasturdagi ma’lum mavzular o’tilgandan keyin, har bir chorak, o’quv yili oxirida tekshiriladi. SHunga binoan baholashning joriy va yakuniy turlari mavjud. har bir baholash turiga mos keluvchi tekshirish usullari ham bor. Kundalik baholashda o’qituvchi kuzatish, yuzaki so’rashdan foydalansa, joriy va yakuniy baholashda esa, ohzaki so’rash, sinov ishlaridan foydalanadi.
YOrdamchi maktablarda o’quvchilar bilimini tekshirishning barcha turlari qo’llanadi va bunda aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qat’iy e’tiborga olinadi. Baholashning tarbiyaviy va tuzatuvchi tomonlariga alohida e’tibor beriladi. YOrdamchi maktablarda ham ommaviy maktablardagi kabi besh balli baholash sistemasi qo’llaniladi. Ammo, yordamchi maktab o’qituvchisi aqli zaif bolalarning bahoga munosabatlariga alohida e’tibor bilan qarashi talab etiladi. O’qituvchi, tarbiyachilar aqli zaif bolalarga bahoga nisbatan ongli munosabat tarbiyalashlari lozim. Ob’ektiv, haqqoniy baho har doim bolalarda o’qishga nisbatan qiziqishlarning oshishiga hamda o’z kuchiga ishonch hosil bo’lishiga yordam beradi. Ayniqsa yordamchi maktablarda o’quvchilarning individual xususiyatlarini, xarakter kamchiliklarini, ularda jis-moniy nuqsonlarning borligini, qobiliyat cheklanganligini e’tiborga olish lozim.
Ayrim hollarda aqli zaif bolalarning eng oddiy yutuqlari ham ijobiy baholashni talab etadi. Lekin bundan buni albatta barcha aqli zaiflarga tadbiq etish kerak degan ma’no keltirib chiqarmaslik kerak. SHu sababli o’qituvchi o’quvchilarni, ularning imkoniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Bahoning rag’batlantiruvchi kuchidan foydalanish kerak. O’quvchilarga topshiriqlar berish vaqtida mumkin qadar topshiriqlarni individuallashtirish zarur. Aks holda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar sistemali ravishda past baho olib yuradilar. Buning oqibatida esa aqli zaif bolalarda darsga nisbatan yomon munosabat shakllana boshlaydi. Bu hol ularning imkoniyatlarini yanada chegaralab boradi. YOrdamchi maktabda ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan yakka holdagi tuzatish ishlari birmuncha uzoq muddat davom etadi. Bunday bolalar umumiy bolalar bilan olib boriladigai frontal ishlarga qo’shilib ketmagunlaricha individual ishlar davom ettirilishi mumkin. har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarining imkoniyatlarini bilishi asosida, ularning kelajakdagi rivojlanish rejasini belgilashi mumkin.
YOrdamchi maktab darslarida keng tarqalgan tekshirish usuli og’zaki so’rashdir. Og’zaki so’rashning turli shakllaridan foydalanish mumkin. Og’zaki so’rash yangi bilimlar berish oldidan, yangi bilimlar berish vaqtida bolalarning shaxsiy tajribalarini, oldingi bilimlarini aniqlash uchun olib boriladi. Bu holda oQzaki so’rash yangi berilayotgan materiallar bilan oldingi egallangan bilimlar orasida bog’liqlikni hosil qilish uchun qo’llanadi hamda bolalarni yangi bilim-larni yaxshi idrok etishga psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Og’zaki so’rash ma’lum mavzu o’tilgandan keyin materialni qaytarish, nazorat qilish va bolalar bilimlarini bir sistemaga keltirish uchun qo’llaniladi. Bu ishlar oqibat natijada aqli zaif bolalar tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir etishi ko’zda tutiladi. YOrdamchi maktab o’qituvchilarining o’quvchilarga berayotgan savollari bolalardagi bilimlarni, geografik nomlarni xronologik shaklda egallashga xizmat qilishi kerak. Ular sabab-oqibat bog’lanishlari orasida munosabatlarning shakllanishiga yordam beradigan mazmunda bo’lishi zarur. CHunki bunday mazmun-dagi savollar aqli zaif bolalarda tahlil va tasnif, taqqoslash, umumlashtirish, yanada murakkabroq fikrlash jarayonlarinint yuzaga kelishiga, ularning umumiy kamolotiga yordam beradi.
M. M. Nudelmanning ko’rsatishicha, aqli zaif bo-lalar bir tizimdagi savollarga yaxshi javob berar ekanlar. Ular o’qigan materiallarini birmuncha oson gapirib beradilar. Idrok etilgan material bilan berilayotgan so’roq orasidagi bog’liqlikni ko’ra bilmay-dilar. Uqituvchi bolalarga berilayotgan savollar maz-munini o’zgartira borib, ularning rivojlanishini, ulardagi nuqsonni tuzatish ishlarini boshqarib bora-di. Uquvchilar bilimlarini tekshirishning turli-tu-man usullaridan foydalanib, yordamchi maktab o’qituvchisi o’quvchilarning o’quv materiallarini yanada samaraliroq o’zlashtirishlariga erishishi mumkin. YOrdamchi maktablardagi o’quvchilar bilimlarini tekshirish qator vazifalarni hal etishni o’z oldiga qo’yadi.
Tekshirish orqali aqli zaif bolalarga bilim beriladi, ular tarbiyalanadi, diagnostika ishlar amalga oshiriladi hamda rag’batlantirish uchun baholanadi.
Aqli zaif bolalarning bilimlarini tekshirishning bilim beruvchi vazifasi shundan iboratki, bilimlarni tekshirish jarayonida bilimlar aniqlanadi, mustahkamlanadi, sistemalashtiriladi va umumlashtiriladi. Tekshirish, qaytarishning tarbiyaviy ta’siri ham bor, chunki bu jarayon aqli zaif bolalarni tarbiyaga chaqiradi va ularda javobgarlik hislarining rivojlanishiga yordam beradi. O’zlarini nazorat qilish kuchayib boradi. YOrdamchi maktablarda to’g’ri tashkil qilingan tekshirish va so’rash ishlari har bir o’quvchining, butun sinf kollektivining yaxshi bilim olishiga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. . Tekshirishning diagnostik vazifasi ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Buning yordamida o’quvchilarning har yumonlama rivojlanish xususiyatlarini, qobiliyatlarini, bilim oluvchanligini o’rganish mumkin. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etmasdan yordamchi maktablarda yaxshi tashkil etilgan ta’lim jarayonini tasavvur etish mumkin emas. Uquvchilarning xususiyatlarini yaxshi bilishimiz asosida, bolalarga baho qo’yishdan ko’zlangan maqsadni yanada to’larok; tushunib boramiz. Uquvchilar bilimlarini tekshirish vaqtida asosiy e’tiborni xotirasi yomon, dash qobiliyatlari past bolalarga qaratishimiz kerak. YOrdamchi maktab o’qi-tuvchisidan tekshirishda izchillikka amal qilishi talab etiladi. CHunki bilimlarni muntazam, izchillik bilan tekshirib borish asosidagina o’quvchilardagi individual xususiyatlarni aniqlab, olishimiz va shular orqali aqli zaif bolalarga o’z vaqtida yordam berishimiz mumkin. YOrdamchi maktablarda o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish suhbat shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Aqli zaif bolalarning tez charchashini inobatga olib, savol-javob va suhbatlarni 10—15 daqiqagacha o’tkazish mumkin deb tavsiya etadi I. G. yeremenko. Berilayotgan savollar ommaviy maktablardagidek barcha sinfga qarata beriladi. Doskaga chaqirilgan bolaning javoblarini barcha sinf o’quvchilari diqqat bilan tinglashi talab etiladi. Uqituvchi xohlagan vaqtda doskada javob berayotgan o’quvchini to’xtatib boshqa bolaning davom ettirishini so’rashi mumkin. Savol-javobga iloji boricha ko’proq o’quvchilar jalb etilishi kerak. Boshlang’ich sinflardagi suhbatlar ko’proq o’yin xarakterini kasb etishi mumkin.
Uquvchilar bilim va malakalarini aniqlash uchun yozma ishlardan: diktant, bayon, kichik hajmli insho, rasm, chizma chizish, ma’lum joyning rejasini tuzish va boshqalardan foydalaniladi. YOzma ishdan oldin o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. Aqli zaif o’quvchilar-ning amaliy topshiriqlarni bajarishlari o’ziga xos ravishda o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikmala-rini tekshirish usulidir. CHunki bunday topshiriqlar orqali o’quvchilarning qanchalik hayotga tayyorlangan-ligi ko’rinadi.
Bolalarning bilim va ko’nikmalarini tekshirish uzviy tarzda baholash bilan bog’liqdir. Bahosiz o’quv-chilar bilimini tekshirish kam samara beradi. CHunki bolalar o’z ish natijalarini ko’rmaydilar. SHu sabab-li o’zlarini nazorat qilish pasayib boradi.
YOrdamchi maktab tajribasyning ko’rsatishicha, aqli zaif bolalarga baho qo’yish ular ruhiyatiga salbiy ta’sir etadi degan fikrlarni inkor etadi. Maktab hayotining ko’rsatishicha, haqiqatan ham bir qism bola-lar bahoga noxush munosabat bildirsalar, bir qismi esa bahoga umuman befarq bo’ladilar. Ammo, yordamchi maktab o’quvchilarining asosiy qismi bahoga o’zlari-ning mehnat faoliyati natijasi sifatida qaraydilar.
Bolalarda baho ob’ektiv qo’yilmaganda unga nis-batan noto’g’ri munosabat yuzaga keladi. Bolalarga ol-gan baholarni tushuntirish lozim. Baho qo’yishda o’quv-chining yutuq, kamchiliklarini ko’rsatish kerak. E’lon qilintan baho sinf jur-naliga va o’quvchi kundXligiga qo’yiladi. Ba’zan oQzaki baho ham qo’yilishi mumkin. har holda oQzaki rag’batlantirish katta ahamiyatga ega. Baho qo’yish asosan kundalik tekshirish orqali amalga oshiriladi. SHuni aytib o’tish o’rinliki, «Defektologicheskiy slovar»da baholash tizimi berilgan.
YUqori - «5» (a’lo) ball bilan o’quvchining o’quv dasturi mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialda nazariy va amaliy jihatlarni ajrata bilgani, mustaqil ravishda javob qila olgani, aytilgan ta’riflarni, tushunchalar izohlab bilgani, shuningdek, javobning to’g’ri uslubda va badiiy shaklda ekanligi uchun qo’yiladi. Javob ishonarli va bexato bo’lishi kerak.
«4» (yaxshi) ball ham matvrialning mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani uchun, o’rgartilgan tushunchalarni, qoidalarni, ta’riflarni to’g’ri bayon eta olish va isbolay bilish malakasi uchun qo’yiladi. Lekin o’quvchsh noaniqliklarga, javob mazmunida shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yadi.
«3» (o’rta) ball o’quvi o’quv materialidagi asosiy qoidalar va bog’lanishlarni o’rganganligi va tushunishini anglatadi. Lekin uning tushunchalarni yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yadi, aytadigan fikrini bayon eta olmaydi. Javobida birlik yo’q bo’ladi. Javob garchi to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarkoq fikrlardan iborat bo’ladi. O’quvchi odatda o’qituvchining yordami bilan javob beradi.
(yomon) ball o’quvchi sistemasiz, tarqoq bilimlarga ega bo’lgani uchun qo’yiladi. U asosiy va ikkinchi darajali narsalarni ajratmaydi, nazariy va amaliy mazmunning bir-biriday farqini bilmaydi. Uquvchi, odatda, yod olingan idoralarni takrorlaydi, bundan na uning o’zida, na uqituvchida qanoatlanish hissi tug’ilmaydi. Dasturdagi materialning bundan keyingi o’rganilishini unga asoslanib tashkil etib bo’lmaydi. Bunday bilimlar aqliy rivojlanishga kamdan-kam yordam beradi.
(juda yomon) ball qachonki, o’quvchi dasturdagi materialni bilmagan va tushunmagan, mazmunda qo’pol xatolarga yul qo’ygan hollarda qo’iiladi.
Butun harakat va uning jarayonlarini qayta ishlashni oldindan biluvchi analiti-ko – sintetik metod, turli xil nutqiy harakat ko’nikmalarini shakllantirish uchun psixologik jihatdan shakllantirilgandir.
Demak, analitiko- sinetik metodi talablariga muvofiq, so’z qismlari ustidagi (bo’g’in, tovush) ish, mazmunli tovushlar kompleksi ( so’z, ibora va jumlalar ) ustidagi ishga xizmat qiladi.
So’zlarni qayta ishlishda mashg’ulotlar, so’zlarni ritmik va ravon talaffuz qi-lish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan bo’lishi kerak. Tovushlar talaffuzi ishlab chiqilish bilan bolalar bilan birinchi bor uchrashsalar, so’zlar analiz qilina-di. Analiz ayrim hollarda tovushgacha, boshqa hollarda esa faqat bo’g’ingacha o’tkazila-di. O’qitishning analizning birinchi bosqichlarida, bolalar uchun talaffuz qilish-ning ayrim qiyinchiliklarini tug’diradigan so’zlar bo’g’inlarga (tovushlarga) bo’lina-di. SHunga muvofiq, og’zaki nutq ko’nikmalarini o’zlashtirish yo’lida har bir o’quvchi-ning individual xususiyatlarining hisoboti to’la ta’minlanadi.
So’zlarni ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan mashg’ulotlarni qayta ishlashda, o’quvchilarga so’zlarni o’qish va boshqa bir vaziyatlarda mustaqil, ya’ni hech qanday gra-fiksiz so’zni hosil qilish orqali rasmni nomlash va savollarga javob berish taklif etiladi. Bularning barchasi nutqiy materiallarni mustaqil holda chiqishga osonlashtiriladi.
Kar bolalarni o’qitish va qayta ishlab chiqish jarayoni, kar bolalani yaxshi eshita-digan odamlar jamoasida ijtimoyi adaptatsiyasiga erishilishiga yo’naltirilgan. Og’-zaki ( so’zlashuv ) nutq tarbiyasiga, asosiy o’rinni egallagan butun kompleksi masala-larini yechish orqali erishish mumkin.
Kar bolalarni talaffuzga o’qitishda, yaxi eshitadiganlarga tabiiy yo’l bilan yaqinlashtirish maqsadida konsentrik metod qo’llaniladi. Konsentrik metod mohiya-tinibiz yuqorida ko’rsatib o’tdik.
SHunday qilib, bolalar asosiy tovushlar ishtirok etgan so’zlarni talaffuz qili-shi kerak: stol, lampa, non, eshik, favvora va xokozo. Lekin asosiy bo’lmagan tovush-larni o’z ichiga olgan, ya’ni daftar, kitob, maktab, daraxt va xokozo so’zlarni bolalar vaqtinchalik tovushlarini o’xshatish mumkin: taftar, kitop, maktap, taraxt.
Bolalar tomonidan tovushlarni o’zlashtirishning konsentrik metodi, qo’pol arti-kulyatsion defferensiyalardan asta-sekin o’ta nozikka o’tishni, ya’ni asosiy didaktik qonunga ko’ra, o’qitishda o’ta soddadan, o’ta murakkabga qarab borishni ta’minlaydi.
Sizlar bilasizki, I.P. Pavlov odam nerv sistemasining katta kompensator imko-niyatlarini ko’rsatgan. Odamning biron- bir analizatorlar faoliyatlari uning o’rni-ni egallaydilar. SHuning uchun berilgan o’qitish metodi faqatgina analitiko-sinte-tik va kotsentrikka emas, balki polesensorga ham ajratilgan. Demak, karlarni talaf-fuzga o’qitish jarayonida ko’rish, taktil va harakatlantiruvchi analizatorlariga yonda-shish kerak. CHunki, ular o’zining mazmunda karlar uchun talaffuzni o’zlashtirishda juda yaxshi sharoitni yaratadilar. Qoldiq funksiyasini ishlatish, mohiyatining asosi-ni tashkil etadi.
Tayyorlov sinfining 3 chorak oxirlarida bolalar asosiy tovushlarni o’zlashtirib oladilar va shu bilan tovushlar tuzilishidan qat’iy nazar, fonemalar sistemasi qisqartirilgan so’zlarni talaffuz qilish imkoniga ega bo’ladilar.
1-2 – sinflarda so’zlarning talaffuzini aniqlash bo’yicha tizimli ish olib bori-ladi. Nutqda asta-sekin jarangli undoshlar (b,d,g) va affrikat (g) paydo bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi karlarni og’zaki nutqini o’qitishda konsentrik metodning qo’llvshning birinchi bosqichida talaffuz qilishni yanada yengillashtirish, ya’ni “ I” va “E” tovushlarni, “SH” tovushi o’rniga aylana shakldagi labda talaffuz qilinadi-gan “S” tovushini, shuningdek “R” o’rniga”L”, “X” o’rniga “K” tovushini qo’llash xa-rakterlanadi. Bundan tashqari kar bolalar bog’chalarini boshlang’ich davrlarida tez-tez qaytarish yo’li orqali struktra jihatdan uchun va murakkab bo’lgan so’zlar talaf-fuzning yengillashtirishga yo’l qo’yiladi.
O’qitishning birinchi yili ohirida, maktabgacha yoshdagi yil ohirlarida maktabga-cha yoshdagi kar bolalar nutqida bir qator so’zlarning tovush tarkibini ridutsiv ish-lab chiqilishiga yo’l qo’yiladi. Masalan, “sut” o’rniga “ut”, “ ber” o’rniga “be”, “shkaf” o’rniga “af”.
Karlarni talaffuzga o’qitish masalalarini aniqlashda, og’zaki nutqining 1 ta funksiyasi haqida aytib o’tish kerak. Birinchi, eshitayotgan odamga qaratilgan bo’lsa, ikkinchisi gapirayotgan odamga qaratilgan.
Atrofdagilar bilan muloqot qilganda, karlarni nutqi fonetik tomondan tushu-narli bo’lishi, og’zaki nutqi, tafakkur quroli rolini ishonchli bajarilishi, talaf-fuzi maksimal darajada aniq va tilning fonetik izimi aks etishi kerak bo’ladi.
Tushunarli va aniq talaffuz qilish – bu ikki tushuncha bir- birini qoplamaydi. Og’zaki nutq yetarli darajada tushunarli bo’lishi mumkin, lekin aniq bo’lishi mum – kin emas. YOki aksincha tilning fonetik sistemasining hamma elementlari bir-biri-ga aniq qarama – qarshi qo’yilgan va talaffuzda shuni aks etgan bo’lsa ham, nutqning chiqish juda ham tushunarsiz bo’lishi mumkin.
Aniq nutqni to’la egallagan ba’zi karlar talaffuzini tekshirishda, ularning nutqida intonatsiya, urg’ular va fonemalar sitemasi buzilgani kuzatiladi. SHu bilan birga ayrim eshitadiganlar orasida ham tushunishi qiyin bo’lgan nutqlar ham uchrab turadi.
Og’zaki nutq karlarga atrofdagilar bilan muloqot qilishi uchun asosiy rolni egallaydi. SHuning uchun karlarni talaffuzga o’qitishning asosiy va boshlang’ich masa-lasi, ularni yetarli darajada anq qilib gapirishga o’rgatish. Agar karlarninng ta-laffuzi yetarli darajada tushunarli va shu bilan birga kerakli bo’lgan tilni o’zlash-tirish kinesteziya kafilligini olmasa, nutqiy tafakkurning ishonchli bazasi bo’lib xizmat qilmasa, unda bularning hammasi yozuv va daktil hisobiga kompensatsiya qilinishi mumkin.
Karlarni talaffuziga o’qitishning ikkinchi masalasi shundan iboratki, tushunar-li talaffuzni maksimal darajada yetkazish. YA’ni, ancha to’la va og’zaki nutqda uchray-digan iboralarni, fikrlarni ajratib talaffuz qilish.
Karlarni talaffuzga o’qitish berilgan ikkita masaladan tashqari yana boshqa masa-lalar ham mavjud.
Nutqiy kinesteziyalarga shunday nutqiy faoliyatlar kiradiki, ular labdan o’qish, og’zakinutqni eshituv va eshituv – ko’ruv orqali qabul qilish, o’qish va yozish.
Karlar talaffuzi yetarli darajada tez bo’lishi va uning nutq tempi gaplashayotgan nutq tempiga mos bo’lishi kerak, shuningdek karlar o’z nutqida so’zlashuv urg’usiga va orfoepik qoidalariga rioya qilishi kerak.
Kar bolalarni talaffuzga o’qitishning tarkibi, ularning ohzaki nutqi fonetik shakllanganligi, yuqorida ko’rsatilgan talablarga javob berish uchun zarur bo’lgan bi-lim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.