- 2. Egasi topilmaydigan gap
- Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi.
- Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi.
- Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi:
- 1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov).
- 2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.).
- 3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
- 4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov).
- 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin).
- 6. «To‘g‘ ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ ri keldi. (CH.Aytmatov).
-
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |