Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi



Yüklə 403 Kb.
səhifə3/5
tarix02.02.2023
ölçüsü403 Kb.
#82504
1   2   3   4   5
Gapning tuzilishiga ko`ra turlari

Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi

  • Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir.
  • - Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
  • Masalan: Kecha tunda esgan kuchli shamol katta archaning tanasini ikkiga ayirib yubordi. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin:

3-§. Bir bosh bo‘lakli gaplar

  • 3-§. Bir bosh bo‘lakli gaplar
  • Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar.
  • Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi asosi bosh bo‘laklarning har ikkisi - egasi va kesimidan iborat bo‘ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko‘p ming yil avval o‘tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). SHamol g‘uj-g‘uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov).
  • Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarja predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishda. (P. Qodirov). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). YOsh bo‘lsa, ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
  • Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
  • Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
  • Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.

Yüklə 403 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin