(3-ilova) (4-ilova) Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun
faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar
belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin
o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin
guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan
muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib
turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga,
boshlovchi ro‘lida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni
qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
1-guruhga topshiriq: Yuklar sifatini pasaytirmay tashish uchun qanday choralar ko‘riladi
2-guruhga topshiriq: Yuklar sifatini saqlashda tomonlarning javobgarligi qanday?