yuk ortish uchun kelish vaqti » ushbu tovar-
transport hujjati bo‘yicha birinchi qatnovdagi yuk ortish uchun kelish vaqti yoziladi,
19-ustunga esa oxirgi qatnovdagi ketish vaqti yoziladi. Bir vaqtning o‘zida 20-
ustunga avtomobilning yuk ortish va yuk tushirishda turgan vaqtining umumiy
yig‘indisi ko‘rsatiladi.
«qo‘shimcha jarayonlar » nomli 21, 22-ustunlarda yuk
ortishda bajarilgan qo‘shimcha jarayonlar (tortish, tahlil, qayta hisoblash va sh. K)
har birining soni va uni amalga oshirish uchun ketgan vaqt ko‘rsatilib, yozib
qo‘yiladi.
«transport xizmati» nomli qatorda yuk ortishda haydovchi tomonidan
ko‘rsatilgan transport xizmati (yukni o‘rash, bog‘lash, brezent bilan yopish, axborot
xizmati va boshqalar), ularning soni ko‘rsatilib, sanab o‘tiladi.
Yuk jo‘natuvchida ortish va sanab o‘tilgan rekvizitlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi
uchun mas’ul bo‘lgan shaxs 23 ustundagi
«mas’ul shaxs imzosi » nomli ustunga
imzo qo‘yadi. Yo‘lda yurayotganda tovar transport hujjatini to‘ldirish. Agar yo‘lda
yurayotganda yuk manzilini o‘zgartirishga zarurat tug‘ilsa, yoki yuk tashishga oid
dalolatnoma tuzishiga ehtiyoj tug‘ilsa, bu haqda haydovchida bo‘lgan tovar-transport
hujjatining barcha uchta nusxasining orqa tomonidagi
«manzilni o‘zgartirish » yoki
«
dalolatnoma tuzish to‘g‘risida belgi » nomli qatorga qayd etiladi.
Yukning borish joyini o‘zgatirishda
«yuk oluvchi » va «
yuk tushirish joyi »
nomli qatorlaridagi rekvizitlar ustiga chizib qo‘yiladi (chunki, ularni o‘qish mumkin
bo‘ladi) va «manzilni o‘zgartirish» nomli ustunga yangi yuk oluvchining rekvizitlari
qo‘yiladi, shuningdek, manzil kim tomonidan o‘zgartirilganligi, farmoyish raqami
ham yozib qo‘yiladi. Bu xil yozuvlarning hammasi avtotransport korxonasining
vakili bo‘lgan haydovchining imzosi bilan tasdiqlanadi. Jo‘natishga oid dalolatnoma
tuzishida «