538
- korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari
(korxona nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini to‘laganligi to‘g‘risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi
to‘g‘risida berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova
qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog‘i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha
bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi
yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida davlat statistika
qo‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab
tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat
ro‘yxatidan
o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi,
hokimiyat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona nizomi hamda
korxonaning
ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi
davlat
orderi
topshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat
etilgandan so‘ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag‘i ochishi;
- soliq inspektsiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro‘yxatdan O‘tkazishi;
- bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona
rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga, korxonaning ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki
nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa
kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: