O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadi va 
vazifalari 
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish 
tadbirkor hal etishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan biridir. 
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, 
boshqaruv maqsadlarini amalga 
oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv 
organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. 


541
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda 
boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish 
jarayoni hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi hamda xizmat 
ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar 
o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari 
va ularga xos bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, 
ularninng tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini 
tashkil etadi. 
Boshqaruv bo‘g‘ini 
– bu boshqaruvning ayrim yoki qator funktsiyalarini 
bajaruvchi mustaqil bo‘limlardir. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar 
gorizontal xarakterga ega bo‘ladi. 
Boshqaruv bosqichi 
– bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan 
bo‘g‘indir. Masalan: 
Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka 
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda, quyi 
bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan bo‘ysuni-shini ko‘rsatadi. Bu vertikal 
bo‘yicha bo‘linishdir. 
Barcha bo‘g‘in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o‘zaro bo‘ysunish 
tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq hamda burchlari, ular 
o‘rtasidagi munosabatlar 
boshqaruv tizimini 
tashkil qiladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin