539
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
haqidagi qaroridan ko‘chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
- soliq organidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini
korxona nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo‘yilib,
bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq
organiga ro‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan
vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat qilishlari lozim.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilarga,
yuridik
shaxslarga soliq organi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ro‘yxatdan o‘tish
shaklini to‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspektsiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bir
marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtashi munosabati bilangina
bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z identifikatsiya raqamini o‘zbekistan
respublikasi
soliq kodeksiga muvofiq qo‘llaniladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o‘z
omonatlarini to‘laligicha kiritadi (ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmaslik
kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadi, korxona
tuman soliq inspektsiyasida
ro‘yxatga olinadi, o‘zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo‘ladi. Shu
vaqtdan boshlab korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: