O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə322/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 
 
 
 
 


570
27-mavzu:
Avtomobillarda yuk tashishni rejalashtirishda iqtisodiy-
matematik usullar va EHM ni qo‘llash
 
Reja 
1.
Yuk tashishni rejalashtirishdaiqtisodiy-matematik usullar va ehmqo‘llash 
samaradorligi 
2.
Yuk jo‘natuvchi va yuk qabulqiluvchilarni optimal biriktirish usuli 
3.
Minimal yuksiz yurish masofasigaqarab ratsional harakatyo‘nalishini aniqlash 
 
Yuk tashishni rejalashtirishdaiqtisodiy-matematik usullar va ehmqo‘llash 
samaradorligi
Yuk tashishni tashkil qilishda iqtisodiy-matematik usullar va ehmni qo‘llash 
muhim rol o‘ynaydi. 
Iqtisodiy-matematik usullar va ehmni qo‘llashda transport masalalarining 
optimal variantlari hal qilinib, mehnat xarajatlari kamayishi, sifat ko‘rsatkichlarining 
oshishi va iqtisodiy samaradorlikning ma’lum darajaga yuksalishi kuzatiladi. 
Iqtisodiy-matematik usullar va ehmni qo‘llash natijasida mayda avtotransport 
korxonalarining yiriklashuviga, markazlashgan tarzda tashishlarning joriy etilishiga 
erishiladi. 
Avtomobil transportida iqtisodiy-matematik usullar va ehm 1960-yillardan 
boshlanib qo‘llanilmoqda. Hozirgi kunda quyidagi masalalar har tomonlama hal 
qilinmoqda.
1. 
Tonna-kilometrda 
transport 
ishini 
qisqartirishi 
maqsadida 
yuk 
jo‘natuvchilarni yuk qabul qiluvchilar bilan biriktirish. 
2. Nol masofalarini kamaytirish maqsadida avtotransport korxonalariga 
buyurtmachi tashkilotlarni biriktirish.
3. Yuksiz yurish masofasini kamaytirish hisobiga yalpi yuk tashishda ratsional 
yuk tashish yo‘nalishlarini rejalashtirish; 
4. Umumiy yurish masofasini qisqartirish uchun kichik hajmdagi yuklarni 
tashishda tarqatuvchi va yig‘uvchi optimal yo‘nalishlarni rejalashtirish. 
5. Yuk ortish-tushirish va kutish vaqtlarini qisqartirish uchun avtomobil 
transporti va ortish-tushirish mexanizmlarini yo‘nalishlarga taqsimlash.
6. Umumiy masofani kamaytirish uchun qurilishlarda soat grafigi asosida 
smena-sutka yuk tashish rejasini hisoblash.
7. Umumiy masofani qisqartirish uchun qisqa masofani va yo‘nalish vaqtini 
aniqlash. 
Yuk tashishni rejalashtirish masalalarini qo‘lda va elektron hisoblash 
mashinalarida bajarish mumkin. Elektron hisoblash mashinalari yordamida ko‘p 
mehnat talab qiladigan yoki odam umuman yecha olmaydigan murakkab masalalar 
ham hal qilinadi. 


571
Avtomobillarni yo‘nalishlarga taqsimlash va yuk tashishni rejalashtirishda 
chiziqli dasturlash usuli keng qo‘llaniladi. Bu usuldan foydalanib, quyidagi asosiy 
masalalar yechiladi. 
1. Optimal qatnovlar sonini aniqlash. 
2. Mavjud avtomobil transporti va yuk ortish-tushirish mexanizmlaridan 
foydalanish optimal variantini aniqlash. 
3. Bir turdagi yuklarni qabul qiluvchilarni jo‘natuvchilar bilan eng qisqa 
o‘rtacha tashish masofasiga qarab biriktirishning optimal variantini aniqlash. 
4. Avtotransport korxonalarini buyurtmachi tashkilotlar bilan eng qisqa nol 
masofaga qarab biriktirish. 
5. Avtomobil transportini eng qisqa yuksiz yurish masofasiga qarab ishlash 
yo‘nalishlarini belgilash. 
Chiziqli dasturlash masalalari grafik hamda variantlarni yaxshilash orqali hal 
qilinadi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin