Xt
quyidagi formuladan aniqlanadi:
Bunda:
Q
– Yuk hajmi;
Ta
– taglikning bir sutkadagi aylanish vaqti;
Ke
– taglikning ekspluatatsiyada bo‘lish kuni;
Qt
– taglikning yuk ko‘taruvchanligi, t;
Γ
– taglikning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish koeffitsienti. Tagliklarning
sof og‘irligi tashilayotgan yuk og‘irligining 4–5% ni tashkil qiladi. Tagliklarni ishlab
chiqarish va ekspluatatsiya qilishga xarajat kam bo‘ladi.
Yuklarni konteynerlarda va paket usulida tashish samaradorligi
Konteyner va paket usulida yuk tashishda xalq xo‘jaligi katta iqtisodiy samaraga
erishadi. Bu yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash, tara materiallarini tejash
va shu kabi ishlar natijasida hosil qilinadi. Yuk ortish-tushirish jarayonini
mexanizatsiyalashdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik yuk turi va jarayonlar soniga
bog‘liq bo‘ladi. Konteyner va paket usulida foydalnilganda yuk ortish-tushirish vaqti
taxminan uch marta, tashish xarajatlari 4–5 marta kamayadi. Konteyner va paket
usulida tashishda yuklar yaxshi saqlanib, isrof bo‘lishri keskin qisqaradi. Masalan,
bortli avtomobilda shisha idishlardagi yuklar tashilganda 15–20% isrofgarchilikka
yo‘l qo‘yilsa, konteynerlar qo‘llaganda 1,5% dan oshmaydi. Yuk tashishda konteyner
657
va yog‘och tagliklar ishlatilganda tara xarajatlari qisqarib omborxona binolaridan
foydalanish samarasi ortadi.
Tagliklarni qo‘llaganda olinadigan katta iqtisodiy samaraga oldindan paketlar
hosil qilib qo‘yish natijasida erishiladi. Buning uchun yuk jo‘natuvchi va yuk qabul
qiluvchi tashkilotlarda kerakli ortish-tushirish mexanizmlariga ega bo‘lgan tagliklarni
joylashtirish va tushirish maydonlari bo‘lishi kerak. Qisqa masofaga tagliklarda yuk
tashilganda eng kata iqtisodiy samara hosil qilinadi. Paket usuli yuk tashishda
qo‘llanilganda faqat iqtisodiy samaraga erishilmay, balki ortish-tushirish va
omborxona ishlarida avtomatik boshqarish tizimini joriy qilishga imkoniyat paydo
bo‘ladi.
Iqtisodiy samarani aniqlashda avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligidan
foydalanishning kamayishi, yuksiz konteyner va tagliklarni tashish xarajatlarini
hisobga olish kerak bo‘ladi.
Paket usulida tagliklar yordamida yuk tashish iqtisodiy samaradorligi quyidagi
formuladan aniqlanadi: Bunda:
Bt
– taglik bahosi, so‘m;
Xt.t.h
– taglikni ta’mirlash xarajatlari, so‘m;
Ta
– taglikning aylanish vaqti, yil;
Km
– taglik ishlash muddati, yil;
Γ
– taglikning yuk ko‘taruvchanligidan foydalanish koeffitsienti;
Ke
– taglikning ekspluatatsiya qilish kuni.
Konteynerlarda tashish samaradorligi 1 tonna yukni konteynerda va
konteynersiz tashish haqini taqqoslash bilan aniqlanadi. Buning uchun 1 tonna yukni
konteynerlarda
tashish
umumiy
xarajatlari
quyidagicha
hisoblanadi.
Sk = Sot + St ltu + Xe
Bunda:
Sot
– 1 tonna yukni ortish-tushirish haqi, so‘m;
St
– 1 tonna yukni tashish haqi, so‘m;
Ltu
– yukni tashish uzunligi;
Xe
– 1 tonna yukni tashishga to‘g‘ri keladigan konteynerlarni ekspluatatsiya
qilish xarajatlari, so‘m.
Transport jarayoni o‘z ichiga yuk ortish, tashish va tushirish ishlarini oladi.
Avtomobillarda yuk tashish masofasining qisqaligi sababli transport jarayonida yuk
ortishtushirish ishlariga ko‘p vaqt sarflanadi. Yuk ortish-tushirish ishlarini
658
mexanizatsiyalash natijasida avtomobillarning ish unumi oshadi va yuk tashish
tannarxi kamayadi. Yuk ortish-tushirish ishlari asosiy va yordamchi yuk ortish-
tushirish ishlaridan tashkil topadi.
Asosiy yuk ortish-tushirish ishlariga:
– yukni ko‘tarib ortish;
– o‘rnidan siljitish;
– yukni tushirish;
– yukni taxlash va joylashtirish kiradi.
Yrdamchi yuk ortish -tushirish ishlariga:
– yuklarni ilgichlarga ildirish yoki ajratib olish;
– yukni yo‘naltirish;
– yukni mahkamlash va boshqalar kiradi.
Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda, mexanizmlar yordamida avtomatlarda
bajariladi
Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda bajarilganda, avtomobillarning yuk ortish-
tushirish punktlarida ko‘p to‘xtab qolishi hisobiga xalq xo‘jaligi katta zarar ko‘radi.
Bunday ishlarni bajarish uchun ko‘p qo‘l mehnati talab qilinadi.
Umumiy bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarida mashinalar bilan bajarilgan
yuk ortish-tushirish ishlarining hajmiga qarab mexanizatsiyalashtirish darajasi 2 xil
turda bo‘ladi, ya’ni:
1. Qisman mexanizatsiyalashgan ishlar.
2. To‘liq mehanizatsiyalashgan ishlar.
Qisman mexanizatsiyalashgan ish turida avtomobillarga yukni ortish va tushirish
ishlari mashina va mexanizmlar yordamida to‘liq bajarilmaydi, chunki ortish-
tushirish jarayonida ishchilarning qo‘l mehnatidan ham foydalaniladi. Agar yuk
ortish-tushirish jaryonida qo‘l mehnatidan foydalanilmasa, yuk ortish-tushirish ishlari
to‘liq mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Kompleks mexanizatsiyalashgan yuk ortish-
tushirish
ishlari faqat mashina yoki mashinalar tizimi yordamida bajariladi, ishchilar qo‘l
mehnatidan umuman foydalanilmaydi.
Bu usulda insonning faoliyati mashinalarni boshqarishdan iborat bo‘ladi, xolos.
Avtomatlashgan usuldagi yuk ortish-tushirish ishlari mashina va mexanizmlar
yordamida oldindan tuzilgan rejadastur asosida bajariladi.
Avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida to‘xtab turish vaqti
Avtomobil transportida transport yuklari qisqa masofalarga tashiladi. Shuning uchun
ham avtomobillarning yuklab-tushirish punktlarida to‘xtab turish vaqti, umumiy ish
vaqtining o‘rtacha 25 foizini, ayrim turdagi yuklar uchun esa 50 foizni tashkil qiladi.
Yuk ortish-tushirish punktlarida avtomobillarning to‘xtab turish vaqti yuk ortish
tushirish ishlarini bajarish usuliga bogliq bo‘ladi. Mehnat unumdorligining darajasi
va yuk tashish tannarxiga yuk ortish-tushirish vaqti katta ta’sir ko‘rsatadi.
Avtomobillarni yuklab-tushirish puntklarida to‘xtab turish vaqti yuk hujjatiga asosan
659
aniqlanadi. Yuk hujjatida avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelgan va
ketgan vaqtlari qayd qilinadi.
Avtomobilning yuk ortish-tushirish punktiga kelganidan boshlab ketganigacha
oralig‘idagi vaqti yuk ortishtushirish punktida to‘xtab turgan vaqtini tashkil qiladi.
Yuk ortish- tushirish vaqtining tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
– yuk ortish-tushirishni kutish vaqti;
– avtomobilni yuk ortish-tushirish punktida joylashtirish vaqti;
– yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti;
– hujjatlarni rasmiylashtirish vaqti.
Ayrim holatlarda yuk ortish-tushirishni kutish vaqti avtomobilni yuk ortish
tushirishda turish vaqtidan ham katta bo‘ladi. Yuk ortish-tushirishni kutish vaqtini
kamaytirish tashishni to‘g‘ri tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Yo‘nalishdagi
avtomobillar soni punktlarning o‘tkazuvchanligiga mos kelishi kerak.
Avtomobillarni yuk ortish-tushirish punktlarida joylashtirish vaqti, maydon sathi
o‘lchamlari, harakatlanuvchi tarkib turi, kirish yo‘llarining obodonlashtirilganligi,
harakatlanuvchi tarkibning va yuk ortish-tushirish mashinalarining joylashish
ko‘rinishiga bog‘liq.
Yuk
ortish-tushirish
ishlarini
bajarish
vaqti
avtomobilning
yuk
ko‘taruvchanligiga va yuk turiga bogliq bo‘ladi. Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda
bajarilganda yuk ortishtushirish punktlarida turish vaqti faqat avtomobilning yuk
ko‘taruvchanligiga bogliq bo‘lmasdan, yuk turiga, ishchilar soniga va malakasiga
ham bogliq bo‘ladi. Yuk ortish-tushirish ishlari mehanizatsiyalashgan usulda
bajarilganda yuk ortish- tushirish punktlarida turish vaqti mashina turi va uning ish
unumiga, mashinaning ishlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bevosita yuk ortish-
tushirish ishlari asosiy jarayon hisoblanadi. Yordamchi jarayonga avtomobil kuzovi
eshiklarini yoki bortlarini ochish va berkitish, yukning og‘irligini o‘lchash va sanash,
yuk ustini brezent yoki sholcha bilan berkitish, yukni bog‘lash, tamg‘alash va boshqa
ishlar kiradi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtining qiymati ish noto‘g‘ri tashkil qilinganda
asosiy yuk ortish-tushirish vaqtlaridan ham oshib ketadi. Hujjatlarni rasmiylashtirish
jarayoni yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda
avtomobillarning to‘xtab turish vaqti ancha kamayadi. Avtomobillarning yuk ortish-
tushirish punktlarida to‘xtab turish me’yoriy vaqti mehnatni me’yorlash asosida
belgilanadi. Bu vaqt avtomobilning yuk ko‘taruvchanligiga, yuk turiga va yuk ortish
hamda tushirish ishlarini bajarish usuliga bogliq bo‘ladi.
Me’yoriy ma’lumotlar
Avtomobillarning (avtopoyezdlarning) yuk ortish va tushirish punktlarida
to‘xtab turish me’yoriy vaqtlari quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:
660
1. Bortli avtomobillar, furgon avtomobillar, standart tent bilan jihozlangan
tirkama va yarim tirkamali avtomobillar, avtomobildan olinmasdan tushiriladigan
(yuklanadigan) universal konteynerlar uchun.
2. Ag‘darma avtomobillar va turli sisternali avtomobillar uchun (28- jadval).
3. Paxta idishsiz usulda tashilganda mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushirish
ishlari uchun 1 tonna yukni ortishga 10,2 daqiqa, 1 tonna yukni tushirishga 6,8 daqiqa
vaqt belgilanadi.
Eslatma: Yuk ortish-tushirish ishlari qo‘lda bajarilganda me’yoriy vaqti 50% ga
oshadi.
Universal konteynerlarni tashuvchi avtomobilga mexanizatsiyalashgan yuk
ortish tushirish ishlari uchun 1 dona konteynerga yuk ortishga yoki avtomobildan uni
tushirishga quyidagicha me’yor vaqti belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |