O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə120/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Ra = Tj / Jst x 100 = / x 100 = %


11-amaliy mashg’ulot. Mavzu: «Qishloq xo’jaligida mulk va xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi.».
Mulkiy munosabatlar iqtisodiy samaradorligini quyidagilari ko’rsatkichlar belgilaydi:
1. Xo’jalikning mulk qiymatini aniqlash:
Mq = SHb • Mm = so’m (1)
bunda: SHb – mulkning balans qiymati (so’m)
Mm – mulkning miqdori (dona, m3 , km)
2. Bir ishchi hisobiga to’g’ri keladigan:
a) mulk qiymati: Mq 1ishchi = Mq / ISo’rt = so’m / kishi (2)
ISo’rt = yillik o’rtacha ishchilar soni, kishi
b) ekin maydoni:
M e 1ishchi = Me / ISo’rt = ga / kishi (3)
bunda: Me – ekin maydoni (ga)
3. 100 ga ekin maydoniga to’g’ri keladigan:
a) mulk qiymati:
Mq 100 ga = Mq / Me = so’m/100 ga (4)
b) ishchilar soni:
ISo’rt100 ga = ISo’rt / Me = kishi/100 ga (5)
4. Bir shartli bosh chorva mollar hisobiga to’g’ri keladigan:
a) chorva maydoni:
CHm 1 sh.b. = CHm / Z m= m2/sh. bosh (6)
bunda: CHm – chorva maydoni (m2)
Zm – chorva mollari (sh.bosh)
b) texnika qiymati:
Tk 1 sh.b. = Tk / Zm = so’m/sh.bosh (7)
v) bino qiymati:
Bk 1 sh.b. = Bk / Zm = so’m/sh.bosh (8)
g) boshqa mulklar qiymati:
BMq 1 sh.b. = BMq / Zm = so’m/sh.bosh (9)
5. Bir kishi hisobiga to’g’ri keladigan:
a) chorva mollari qiymati:
CHm 1 kishi = CHm / IS o’rt = so’m/kishi (10)
b) texnikalar qiymati:
Tq 1 kishi = Tq / ISo’rt= so’m/kishi (11)
1-Topshiriq. Fermer xo’jaligida mulkiy munosabatlar iqtisodiy samaradorligini aniqlang.
Topshiriqni bajarish uchun kerakli ma’lumotlar.
Hisoblash uchun kerakli ma’lumotlarni quyidagi 12-jadval ma’lumotlarida keltiramiz.
Berilgan ma’lumotlar



Mulk turlari

o’lchov bir-ligi

Yillar

SHartli bosh

20__ y.da 20__ y.ga nisba-tan,%



20_y. jamiga nisbatan,%



20__

20__

20__y.

20__y.

1.

Ekin maydoni

Ga

18

21

x

X




X

2.

CHorva mollari:
a) sigir

Bosh


25


19

















b) 18 oygacha bo’lgan g’unajin

Bosh

8

10
















v) buzoqlar

Bosh

9

7
















g) qo’ylar

Bosh

56

70
















d) tovuqlar

Dona

20

25
















Jami:

X

X

X










100

CHorva mollarini shartli boshga aylantirish koyeffitsentlari quyidagilarga teng:

  1. sigirlar –1

  2. g’unajinlar – 0,75

  3. buzoqlar – 0,7

  4. qo’ylar – 0,3

  5. tovuqlar – 0,01

13-jadval


Fermer xo’jaligining balans qiymati



Mulk turlari

O’lch.birl.

20__ y.

20__ y.

1

Sigirlar balans qiymati

m. so’m/ bosh

8100

8800

2

G’unajinlar balans qiymati

m. so’m/ bosh

5100

5900

3

Buzoqlar balans qiymati

m. so’m/ bosh

3200

3700

4

Qo’ylar balans qiymati

m. so’m/ bosh

870

930

5

Tovuqlar balans qiymati

m. so’m/ dona

15

19

6

Molxona (bino) balans qiymati

mln. so’m

19,3

20,7

7

Texnikalar balans qiymati

mln. so’m

30,5

30,8

8

Mulk balans qiymati

mln. so’m

22,5

24,7



Topshiriqni bajarilish tartibi.
1,2-jadval ma’lumotlaridan va (1)-(11) formulalardan foydalanib quyidagilar 3,4- jadvallarda aniqlansin va iqtisodiy taxlil etilsin:
1) Feremer xo’jaligining jami mulkiy qiymati.
2) Bir shartli bosh chorva mollar hisobiga to’g’ri keladigan:
a) chorva maydoni
b) texnika qiymati
v) bino qiymati
g) boshqa mulklar qiymati
3) Bir kishi hisobiga to’g’ri keladigan:
a) jami mulk qiymati
b) ekin maydoni
v) chorva mollari qiymati
g) texnikalar qiymati
14-jadval
Fermer xo’jaligini jami mulk qiymatini aniqlash







Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi



Yillar



20__ y.da 20__ y.ga nisbatan

20__ y

20__ y

Farqi

%

1.

Jami sigirlar qiymati

m.so’m













2.

Jami g’unajinlar qiymati

m.so’m














3.

Buzoqlar qiymati

m.so’m











4.

Jami qo’ylar qiymati

m.so’m














5.

Jami tovuqlar qiymati

m.so’m














6.

Jami chorva mollari qiymati

m.so’m














7.

Binolar qiymati

mln so’m













8.

Texnikalar qiymati

mln so’m













9.

Mulk qiymati

mln so’m














Jami mulk qiymati:

mln so’m











15-jadval


Fermer xo’jaligida mulkiy munosabatlar iqtisodiy samaradorligini aniqlash





Ko’rsatkichlar



O’lchov birligi



Yillar

20__

20__

20__

1.

SHartli chorva mollari bosh soni

sh.bosh


30








2.

Ekin maydoni

ga

18







3.

Jami mulk qiymati
shu jumladan:
– chorva mollari
– texnikalar
– binolar
– boshqa mulklar

m.so’m

m.so’m
m.so’m


m.so’m
m.so’m

1079,0

6260
2320


2210
-







4.

Jami chorva maydoni

m2

150

175

210

5.

Yillik o’rtacha ishchilar soni

kishi


7


7


8


6.

1 shartli chorva moli hisobiga to’g’ri kelgan:
a) chorva maydoni
b) texnika qiymat
v) binolar qiymati
g) boshqa mulklar qiymati

m2/sh.bosh
so’m/sh.bosh
so’m/sh.bosh
so’m/sh.bosh










7.

Bish ishchi hisobiga to’g’ri kelgan:
a) jami mulk qiymati
b) chorva mollari qiymati v) ekin maydoni
g) texnika qiymati

so’m/kishi
so’m/kishi
ga/kishi so’m/kishi










Amaliy mashg’ulot bo’yicha talabani reytingi:


Ra = Tj / Jst x 100 = / x 100 = %
bunda: Tj – jami to’g’ri javoblar soni
Jst – jami savollar va testlar soni
12-amaliy mashg’ulot. Mavzu: «Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari va udardan foydalanish samaradorligi». (4 soat) (1-qism)

Davlatning, aholining hamda tashqi bozorning talablarini sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan qondirish uchun ularni yetishtirishni ko’paytirish ob’ektiv zaruriyat hisoblanmoqda. Buning uchun talab etilgan miqdorda turli xildagi resurslar mavjud bo’lishi kerak. Masalan, yer, suv, bino, inshootlar, mashinalar, traktorlar, o’rmon, bog’lar, chorva hayvonlari, tabiiy resurslar (yog’in, harorat) kimyoviy vositalar, mehnat resurslari. Lekin bu moddiy-texnika resurslari tarkibiga mablag’lar va boshqalar kirmaydi. Ular qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslarini tashkil etadi. SHu resurslar yordamida qishloq xo’jaligida turli xildagi ishlar, hizmatlar bajarilib, mahsulotlar yetishtiriladi. Ularning sifatini, holatini yaxshilash, yangilarini yaratish maqsadida fan-texnika taraqqiyoti amalga oshiriladi. SHuning natijasida serhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan texnikalar, ilg’or tehnologiyalar yaratildi.


SHu resurslarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ahamiyati nihoyatda ulkan. CHunki barcha turdagi dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda yerdan foydalaniladi. Demak, yer bo’lmasa, yuqoridagi mahsulotlarning yetishtirilishi ta’minlanmaydi. Mamlakatimiz dehqon chiligi sug’orishga asoslanganligi munosabati bilan suv resurslarining ahamiyati ulkan. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslarini iqtisodiy mazmuni, mohiyati va barpo etilishi hamda foydalanilishi bo’yicha 3-chizmadagi tartibda turkumlashtirish mumkin. Jumladan:
I – barpo etilishi bo’yicha;
II – ishlab chiqarishga munosabati bo’yicha;
III – ishlab chiqarishda qatnashishiga ko’ra;
IV – takror ishlab chiqarilishi bo’yicha.
Demak, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari respublika xalq xo’jaligi resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korhonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korhonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo’lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari barpo etilishi bo’yicha tabiiy va iqtisodiy resurslardan iborat. Tabiiy resurslar yer, suv, o’rmon, chorva hayvonlari, issiqlik hamda yog’ingarchilik miqdoridan tashkil topadi. Ularning asosiy qismi davlat tasarrufida bo’lib, korhonalarga, fuqarolarga foydalanish uchun beriladi.
Iqtisodiy resurslar esa iqtisodiy potentsialning tarkibiy qismi bo’lib, moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslaridan tashkil topadi. Qishloq xo’jaligini:

  • moddiy resurslarga ishlab chiqarishning moddiy vositalari: binolar, inshoatlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o’g’itlar, urug’liklar, yem-xashaklar, yoqilg’i, yog’lovchi, qurilish va boshqa materiallar kiradi.

  • moliyaviy resurslariga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’lar, xo’jaliklarning joriy, valyuta schyotlaridagi, g’aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aktsiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarini amalga oshirish natijasida olinayotgan mablag’lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag’lar kiradi.

Ularning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi o’rni va ahamiyati juda ulkan. CHunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda ish va hizmatlar ko’ngildagidek bajarilishi barcha resurslarning miqdoriga hamda sifatiga bog’liq. Respublika dehqonchiligi sug’orishga asoslanganligi sababli sug’oriladigan yerlar va suv resurslarining ta’siri juda katta. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jrayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog’langan. SHunday ekan, kelajakda qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari talab darajasida barpo etilishiga alohida e’tibor berish zarur. Uni davlat, tarmoq va xo’jaliklar miqyosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqda foydalaniladigan va foydalanilmaydiganlarga bo’linadi. Tarmoqda u yoki bu maqsadda foydalanilayotganlari – foydalanilayotgan resurslarni, tarmoqda mavjud bo’lib, ayrim ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, vaqtincha foydalanilmayotganlari esa foydalanilmayotgan zahira resurslarni tashkil etadi. Foydalanilayotgan zahira resurslarga zahiradagi meliorativ yerlar, ayrim suv havzalaridagi suvlar, o’rmonzorlar kiradi.
Tarmoq korhonalarida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslari barcha resurslarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra, quyidagicha guruhlarga bo’linadi:

  • ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishlatiladigan, ya’ni qatnashadigan resurslar;

  • ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan resurslar.

Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan resurslar yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va hizmatlar bajariladi. Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlarni sug’orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydayotgan, ekinlarga ishlov berayotgan traktorlar, kombayn, mahsulotni ko’paytirish uchun sarflanayotgan kimyoviy vositalar, o’g’itlar, hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. SHular yordamida ko’proq, yaxshiroq mahsulot yetishtirish ta’minlanadi. Korhonalarning ombor, idora binolari, ayrim inshoatlari, texnikalari, aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. Ularni mahsulot yetishtirishga aloqasi cheklangan.
Moddiy-texnika resurslarining mahsulot yetishtirishda, qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ahamiyati ulkan. SHuning uchun ularni yaratish, barpo etish, takror ishlab chiqarish zarur. SHu bilan birga ular mehnatning xarakterini o’zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta’minlaydi. Masalan, xo’jalikning moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam ( u zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, stanoklar bilan ta’minlangan bo’lsa), barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning industrlashganligini ko’rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo’l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Bu mehnatning xarakteri o’zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-hizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishi talab etadi.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ayrim moddiy resurslar tabiat mahsuli hisoblanadi. Jumladan, yer, suv, harorat, yog’ingarchilik (ular haqida yer va suv resurslari masalalariga bag’ishlangan bobda batafsil to’xtalib o’tilgan). Ularning barpo etilishi hamda takror ishlab chiqarilishi ko’proq tabiatga bog’liq. Lekin qishloq xo’jaligida band bo’lgan fuqarolar o’zlarining bilimlarini, tajribalarini hamda tadbirkorligini ishga solgan, fan-texnika yutuqlaridan, ilg’or tehnologiyalardan foydalangan holda bu tabiiy omillardan samarali, o’rinli foydalanishga harakat qiladilar, aksariyat hollarda yaxshi natijalarga erishadilar. SHuning uchun ham tarmoq ishlab chiqarishi tabiatga ham bog’liq.
Qishloq xo’jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibiga chorva hayvonlari, o’simliklar, mevali daraxtlar qatnashishi tarmoqning muhim xususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg’i, yonilg’i hamda yog’lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e’tiborga olish lozim. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, ma’lumki, inson mehnati natijasida yaratiladi. Ulardan foydalanish samaradorligi tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligiga ham bog’liq.
Qishloq xo’jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta’kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish,shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga ilg’or tehnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin