O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə36/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

  1. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning mohiyati nimada

  2. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi tarkibi jixatidan nechtaga bo‘linadi

  3. Ishlab chiqarish infratuzilmasi vazifalarini sanab bering

  4. Qishloq xo‘jaligida ijtimoiy infratuzilmaning o‘rni kanday

  5. Bozor infratuzilmasi muassasalari maqsadi va vazifalari nimalardan iborat

  6. Infratuzilmaning turkumlashtirilishi kanday olib boriladi

  7. Qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar barpo etish deganda nimani tushunasiz

8.Qishloq xo‘jaligida infratuzilma faoliyatini baholang
13-MAVZU.QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI.
Reja:
1. Qishloq xo‘jaligidagi xarajatlar, ularning ahamiyati
2. Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi
3. Mahsulot tannarxi haqida tushuncha (o‘rtacha xarajatlar), uning turlari va aniqlanish tartibi


1. Qishloq xo‘jaligidagi xarajatlar, ularning ahamiyati
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz xalq xo‘jaligining eng muhim tarmog‘i, uning serqirra faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun ma’lum miqdorda moddiy, pul hamda mehnat sarf-xarajatlari amalga oshiriladi. Ularning mamlakat miqyosidagi miqdori jami ijtimoiy xarajatlar deb ataladi. Ijtimoiy xarajatlar ijtimoiy mahsulot qiymati bilan tengdir. Ularning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
1.Ishlab chiqarish vositalarida buyumlashgan xarajatlar. Ular o‘tgan davr xarajatlari bo‘lib, S harfi bilan belgilanadi.
2.Jonli mehnat xarajatlari. Ular o‘zi uchun yangi qiymatni yaratadi, V harfi bilan belgilanadi.
3.Buyumlashgan va jonli mehnat uyg‘unlashishi natijasida jamiyat uchun qo‘shimcha qiymat yaratiladi. U m harfi bilan belgilangan.
Ijtimoiy xarajatlar, ya’ni yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatining umumiy ko‘rinishi quyidagicha: Mamlakatning jami ijtimoiy xarajatlari–davlat hamda tarmoqlar, korhona va tashkilotlar miqyosidagi barcha xarajatlarning yig‘indisidir.
Tarmoqning ijtimoiy xarajatlari–individual korhonalarning, tashkilotlarning xarajatlari yig‘indisidir. SHunday tarmoqlardan eng muhimi, qishloq xo‘jaligidir. Qishloq xo‘jalik korhonalari turli xildagi talablarni qondirish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish, hizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga oshiradilar. Yuqorida qayd etganimizdek, korhona miqyosidagi moddiy va buyumlashgan xarajatlar S harfi bilan, mehnat xarajatlari, ish haqi shaklida bo‘lib, V harfi bilan belgilanadi. Korhonalar xarajatlarining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:S+V . Bu umumiy xarajat hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik korhonalari turli xildagi mahsulotlarni etishtirish, hizmat va ishlarni bajarish uchun moddiy va buyumlashgan quyidagi xarajatlarni amalga oshiradilar: urug‘lik, ko‘chat, mineral, mahalliy o‘g‘itlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i, yog‘lovchi materiallar, ozuqa va em-xashaklar, asosiy vositalarning eskirish qiymati, ishchi hizmatchilarning mehnatlariga to‘langan haqlar, soliqlar, kreditlar uchun to‘lovlar, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, kam qiymatli, tez eskiruvchan materiallar va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqda amalga oshiriladigan xarajatlarning yangi tartibi 1995 yil 1 yanvardan boshlab joriy etilgan. U «Mahsulot ishlab chiqarish (ish, hizmat) va sotish tannarxlariga qo‘shiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom»da (Toshkent, 1999 y.) o‘z ifojasini topgan. Hozirgi davrda qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan xarajatlar o‘zgaruvchan hamda doimiy xarajatlardan tashkil topadi. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi, ish miqdorining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq emas ( chizma). Mahsulot hajmi ko‘payishi yoki kamayishi bilan doimiy xarajatlar qiymati o‘zgarmaydi. Masalan, Yer uchun ayrim asosiy vositalarga to‘lanadigan ijara haqi, ayrim asosiy vositalarning eskirish summasi (amortizatsiya summasi) to‘lovlari va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi. O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, ozuqalar, em-xashak, mehnatga to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zgarishi yangi texnikalarni, samarali tehnologiyalarni joriy etish, sermahsul chorva hayvonlarini yaratish, shakllantirish hamda ilg‘or tajribalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligida moddiy mablag‘ va mehnat sarflarini amalga oshirishda ularning o‘rindoshligini hamda har bir sarflanayotgan qo‘shimcha xarajatni tejash, qolavYersa, ortiqcha sarf-xarajatlar qilmaslikni talab etadi. Xo‘jaliklarda amalga oshirilayotgan xarajatlar ma’lum maqsadni hal etishga qaratilgan. SHundan kelib chiqqan holda ular quyidagicha guruhlashtirilgan:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari (ish haqi);
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar;
b) korhonani boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa opYeratsion xarajatlar va zararlar.

  1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha hisobga olinadigan xarajatlar.

  2. Favqulodda zararlar, daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Bu borada mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan. Inqirozga qarshi choralar dasturida O‘zbekistonda qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va vahsuljt tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirsh hisobidan korhonalarning raqobatbardoshligini oshirish. Inqiroz sharoitida qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan xarajatlarni imkoniyat doirasida tejashga harakat qilish zarur. Buning uchun fan, texnika yutuqlarini, innovatsion tehnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni imkoniyat doirasida ishlab chiqarishga tatbiq etish lozim. Xarajatlarning tejalishi boshqa ishlar bajarilishini hamda olinadigan foyda summasi oshishini ta’minlaydi. Natijada xo‘jalikning rentabellik darajasi ortadi. Foyda summasining oshishi xo‘jalikni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.SHuning uchun ham bu masalaga respublikamiz hukumati, xo‘jaliklarning barcha xodimlari doimokatta e’tibor bermoqdalar.


Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin