O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə34/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Nazorat va muhokama uchun savollar:

  1. Investitsiyalar deganda nimani tushunasiz

  2. Turli xil belgilar bo‘yicha investitsiyalarning turkumlanishi kanday

  3. Investitsiyalarni moliyalashtirishning asosiy manbalarini sanab o‘ting.

  4. Kreditning mohiyati nimada

  5. Kreditning asosiy shakllarini sanab o‘ting.

  6. Kredit tizimining asosiy tarkibiy kismlari.

  7. Lizing tushunchasiga ta’rif bering.

11-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI.
Reja:
1. Innovatsiya tushunchasi va unga berilgan ta’riflar
2. Korhonalarda innovatsiya jarayonini boshqarish
3. Innovatsion menejmentni boshqarish
Kalit so‘zlar: Innovatsiya, Ilmiy (ilmiy-texnik) muammo, Ilmiy mavzu, Innovatsion dastur, Innovatsion faoliyat, Innovatsion infrastruktura, Innovatsion kontur, Innovatsion muhit, Innovatsion salohiyat, Innovatsion xavf-xatar
1. Innovatsiya tushunchasi va unga berilgan ta’riflar
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Y.A.Shumpeter hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g‘oyaga ko‘ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, tehnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi. Y.A.Shumpeter o‘zining konsepsiyasini Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi nomli kitobida atroflicha yoritgan. Ushbu konsepsiya dinamik xarakterga ega bo‘lib, doimiy tebranish hususiyatiga egadir. SHu bois ushbu tebranish ilgarilab boradigan rivojlanishni ta’minlaydi. Uning ta’kidlashicha kon’yunktura tebranish manbai, tadbirkorning innovatsion faolligi hisoblanadi. Tebranish sababini tadqiqot etish asosida Y.A.Shumpeter birinchilardan bo‘lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish omillari sifatida ≪yangi kombinatsiya≫ tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini berdi. Unga quyidagilar kiradi:
- iste’molchilarga ma’lum bo‘lmagan moddiy ne’matni yaratish yoki yangi u yoki bu ne’matni ishlab chiqish;
- tegishli tarmoqqa yangi hali ma’lum bo‘lmagan ishlab chiqarish usulini joriy etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan tovar tashkil etadi);
- bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat’iy nazar tegishli tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o‘zlashtirish;
- yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba oldin ma’lum bo‘lishi yoki uni yaratish imkoni bo‘lishidan qat’iy nazar);
- boshqa korhonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun korhonani tarkibiy qayta tuzish.
Olim tomonidan taklif etilgan ushbu turkumlarning bosh mezoni yangilik hisoblanadi, ya’ni aniq yangilikning ahamiyatli darajasiga yoki uning umumiy holatiga xolisona baho berish, tebranish kon’yunkturasining o‘zaro ta’siri, aloqasi, hizmat ko‘rsatish muddati, amplitudasini aniqlab bermog‘i lozim.
Ammo innovatsiya tushunchasi ilmiy bilimlarning boyishi va murakkablashuvi va hozirgi zamon ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati sharoitida qator sifat o‘zgarishlariga ega bo‘ldi. Ushbu holat har bir sanoat tarmog‘ining o‘ziga xosligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan innovatsiyaning betakrorligi bilan izohlanadi. Xorijiy va mamlakatimiz olimlari olib borgan ilmiy ishlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT), ya’ni minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi manbalarini topishga yo‘naltirilgan innovatsion to‘xtovsiz jarayon hisoblanadi. Korhonaning barqaror rivojlanishi va strategik faoliyati innovat- siyaga qaratilmog‘i lozim.
Aks holda korhona nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda ham o‘zining raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qola olmaydi. Istiqbolda korhonalarning innovatsion yo‘nalishlari quyidagilar bo‘lishi lozim:
- innovatsion jarayonlarni boshqarishning yangi usullari va yondoshuvlari asosida innovatsiyani joriy etish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
- iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va korhonalarini rivojlan- tirishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan loyihalar uchun katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish va yangi mahsulotlarni yaratish;
- innovatsiya davrining barcha bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarish – tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish;
- korhonalarning barcha ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarida axborot tehnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish.
Mamlakatimiz neft gaz sanoatini rivojlantirishda ularning innovatsion faoliyatiga xos jihatlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin: yirik korhonalarning innovatsion ko‘rsatkichlari kichik korhonalarnikiga nisbatan bir muncha yuqori. Buning asosiy sababi yirik korhonalarning texnologik bazasi, barcha yo‘nalishlarda kadrlarning malakaviy va kasbiy tayyorgarligi yuqori, katta hajmda investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi texnika va tehnologiyalarni xarid qilish imkoni yuqori bo‘ladi. SHu bilan birga faoliyati innovatsiyaga yo‘naltirilgan xodimlarni rag‘batlantirish uchun yetarli moliyaviy mablag‘ga ega bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyadagi faol yo‘nalish bo‘yicha kichik firmalar, ya’ni venchur korhonalari shug‘ullanadi. Ular mustaqil ravishda yoki yirik kompaniyalar tarkibida faoliyati cheklangan korhona sifatida ish olib boradi. Aksariyat kichik korhonalar moliyaviy, tashkiliy hamda kadrlar sohasida yirik kompaniyalarga yoki korhonalarga nisbatan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ularning asosiy vazifasi bozor infratuzilmasini ushlab turish hisoblanadi. Bu yerda innovatsion rivojlanishning umumiy qonuniyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: innovatsiyani o‘zlashtirish bo‘yicha samara barcha korhonalarda deyarli bir xil bo‘lishiga qaramasdan yirik korhonalarda innovatsion faoliyat faolligi uchun nisbatan yetarli resurs imkoniyatlarining mavjudligi. Ammo ushbu nisbatni yirik korhonalar uchun ijobiy, kichik korhonalar uchun esa salbiy deb qarash ham noto‘g‘ri bo‘lardi. To‘g‘ri mo‘ljalni olish uchun dastlab quyidagi taqqoslama ma’lumotlarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
- korhonaga joriy etiladigan innovatsion loyihaning xavf-xatar darajasiga;
- loyihani joriy etish muddati va yaqin kelajakda hamda uzoq muddatda olinadigan foyda;
- boshqaruvning korporativ mintaqaviy va davlat darajasida inno- vasion muammolarni yechishning muhimligi va ahamiyatlilik darajasi.
Innovattsion so‘zi inglizcha bo‘lib, yangilikning kiritilishi degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy adabiy yo‘llarda I.A.Shumpeter tomonidan berilgan kontseptsiyasiga asoslanadi:
- innovatsiya - uning tadbirkorlik faoliyatida ilk bor qo‘llanilish;
- diffuziya - innovatsiyaning keng tarqalishi.
Xalqaro amaliyotda innovatsiya:
- birinchidan ilmiy-texnik natijasi;
- ikkinchidan yangi usullar, tashkiliy-boshqaruv shakllari, tehnologiya, texnikani yaratish va uni joriy etish;
- uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini tashkil etish tushuniladi. Korhonalarda innovatsion jarayonlarni boshqarish maqsadi va vazifalardan kelib chiqqan holda ushbu konsepsiyani quyidagi integrasion ko‘rinishda izohlash mumkin:
- g‘oyalarning integrasiyalashuvi + muammo yechimi + kashfiyot;
- kashfiyot + joriy etish ---------------------- ► innovatsiya;
- innovatsiya + diffuziya --------------------- ► iqtisodiy foyda.
Shunday qilib, innovatsiya - yangi g‘oyalarning integratsiyasi tufayli modYernizatsiya, yangi jarayonlarni, mahsulot, hizmat turini yaratish imkonini beradigan korhonaning texnologik rivojlanishini ta’minlaydi. Amaldagi yoki rejalashtirilgan faollikni optimallashtirish, doimiy yangilanish orqali korhona tijorat faoliyatida yangi g‘oya va ilmiy-texnika tadbirlarini joriy etishni maqsad qilib qo‘yadi. Innovatsiya dastlab ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha. Uning mezoni iqtisodiy va ijtimoiy muhitni ya’ni iste’molchilar hulq-atvorini, ishlab chiqaruvchilarni, alohida fuqarolarni o‘zgarish jarayonidir. Mana shunday intYerpratsiya ko‘rinishida innovatsiya texnik, loyiha, ishlab chiqarish, boshqarish va tijorat faoliyatini o‘z ichiga oladi. Dastlabki tijorat jarayonida yangi yoki modYernizatsiyalashgan jarayonni o‘zida aks ettirib, texnik va axborotlar vositasi, tizimi, uskuna va jihozlar, hizmatlardan foydalanishni talab etadi. Innovatsiya moddiylashgan natijani o‘zida aks ettirib, yangi texnologik jarayonga, texnik vositaga, uskuna va jihozga, yangi mahsulotga, hizmat turiga, ishlab chiqarishni tashkil etish shakliga, mehnatga, boshqarishga, axborotlar tizimiga sarflangan kapital mablag‘lar tufayli korhonaning ishlab chiqarish tijorat faoliyatining integral natijasini, ya’ni korhonaning iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin