O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə48/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

16.2.Yalpi mahsulotning taqsimlanishi
Takror ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymat shaklida qoplash fondini (QF) yoki material xarajatlarni (MX) va sof mahsulotni (SM) yoki yalpi daromad(YaD)ni o‘z ichiga oladi. Misollarni, Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo‘jaliklarning 2014 yil ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz:



SM yangidan yaratilgan qiymatdir, ya’ni qishloq xo‘jaligi korhonalari xodimlarining o‘z mehnatlari bilan real yaratilgan qiymatdir.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligining rivojlanishida sof mahsulot ko‘rsatkichi xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati natijalarini baholashda va ishlab chiqarish hajmini o‘lchashda instrument sifatida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, sof mahsulot mehnat predmetlarining takroriy hisobini o‘z ichiga olmaydi, u xarajatlarni tejash mexanizmining muhim elementi sifatida ham ko‘rinadi. Sof mahsulot va yalpi daromatd o‘rtasidagi farq shundan iboratki, sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning miqdorini bevosita ishlab chiqarish jarayonida xarakterlaydi, yalpi daromad esa sotish jarayonini hisobga olib, ya’ni ayirboshlash vositasidan keyin aks ettiradi. Amaliyotda bu ikki ko‘rsatkich ham yalpi mahsulot qiymatidan moddiy xarajatlarni ayirib tashlab topiladi, shuning uchun ularning miqdori o‘rtasida aytarli darajada keskin farq bo‘lmaydi. Sof mahsulot ko‘proq o‘zgarmas baholarda hisoblash zarur bo‘lganda, ya’ni ishlab chiqarishning fizik hajmining, mehnat unumdorligining, fond qaytimining dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. Joriy xo‘jalik faoliyatida ko‘pincha yalpi daromaddan foydalaniladi, chunki u yangidan yaratilgan qiymatning sotilgan qismini aks ettirib, mahsulot sotishdan kelgan tushum va foyda ko‘rsatkichlari bilan aloqadordir.
Qishloq xo‘jaligida yalpi daromadni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. Tannarx bo‘yicha hisoblangan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymatiga, mahsulot sotishdan olingan foyda qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan yalpi mahsulot qiymatidan joriy yildagi barcha moddiy xarajatlarni ayirib tashlab, yalpi daromad topiladi(2-jadval):




Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin