O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


-rasm. Yalpi mahsulotning taqsimlanishi



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə50/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

2-rasm. Yalpi mahsulotning taqsimlanishi.
Yalpi mahsulotning tarkibida shaxsiy iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi rasional nisbat ahamiyatga ega. Uning tashkil topishi mahsulotning tannarxi va bahosi, binobarin harajatlar rentabelligi darajasiga bog‘liq. Respublikada qabul qilingan «Mehnat Kodeksi», «Soliq Kodeksi» va boshqa qonun hujjatlarilardan oqilona foydalanish iste’mol va jamg‘arma fondlari o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’min etadi va bozor iqtisodiyoti samaradorligini oshiradi.
16.3.Tovar mahsulot tushunchasi, tovarlilik darajasi va uni oshirish imkoniyatlari
Qishloq xo‘jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperasiyasi, qishloq aholisiga, dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotadigan qismiga aytiladi. Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot deyiladi. Shuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi teng bo‘ladi. Xo‘jaliklarning hozirgi hisobotlarida tovar mahsulotning real miqdori va qiymati aniqlanmaydi. Sotish paytida sotilgan mahsulot natural shakldan pulda ifodalangan qiymat shakligao‘tadi. Sotilgan mahsulotning bir qismi o‘sha zahotiyoq qiymat shaklini oladi. Bu chetga ko‘rsatilgan hizmatlar yoki boshqa korhonalar uchun bajarilgan ishlarga olingan pul tushumidir. Bir butun qishloq xo‘jaligining hamda alohida qishloq xo‘jalikkorhonalari va alohida mahsulot turlarining tovarliligi ikki ko‘rsatkichda ifodalanadi:
1. Tovar mahsulotining massasi;
2. Tovarlilik darajasi.
Bu ko‘rsatkichlarning har biri o‘zi mustaqil ahamiyatga ega, ammo tovar fondining absolyut miqdori hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tovarlilik darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u sotilgan mahsulotni yalpi mahsulotga bo‘lib topiladi va foizlarda ifodalanadi. Alohida mahsulot turi bo‘yicha tovarlilik darajasini aniqlashda yalpi mahsulot va tovar mahsulot natural ko‘rinishda foydalaniladi. Ma’lum bir tarmoqning yoki butun qishloq xo‘jaligining tovarlilik darajasini aniqlashda yoki har xil mahsulot chiqaradigan turli tarmoq tovarlilik darajasini solishtirganda yalpi sotilgan mahsulotning qiymat ko‘rinishidan foydalaniladi. Bunda yalpi mahsulot va sotilgan mahsulot bir xil bahoda baholanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda tovarlilik darajasi quyidagicha hisoblanadi:



Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tovarlilik darajasi 2 ta omil: talab va taklif bilan aniqlanadi. ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi mahsulotga bo‘lgan ichki ishlab chiqarish iste’molini chegaralab, chegaralab tovarlilik darajasini ko‘tarishga harakat qiladi. Tovar mahsulot miqdorini ko‘paytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:


1.Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va mollar mahsuldorligini oshirish hisobiga yalpi mahsulot ishlab chiqarishni o‘stirish. Masalan: 1 yilda 1 ta sigirdan 2500 kg sut sog‘ib olinsa, uning tovarlilik darajasi 80% - 85% bo‘lsa, 5000 kg sog‘ib olinganda, u 90% - 95% ko‘tarilishi mumkin;
2.Mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonida sarflanishini qisqartirish;
3.Urug‘lik va yemning sifatini yaxshilash, shuningdek sanoat ishlab chiqaradigan sun’iy va omuxta ozuqalardan foydalanish;
Korhonada mahsulot sotishga katta imkoniyat bo‘lishi mumkin, lekin har bir ma’lum davrda mahsulotga bozor talabi chegaralangan bo‘ladi. Bu esa mahsulotning to‘liq sotilmasligiga, sotilmagan qoldiqning vujudga kelishiga olib keladi. Shuning uchun mahsulot tovarlilik darajasini ko‘tarish yo‘llaridan biri yaxshi tashkil qilingan marketingdir.
Quyidagi jadvalda ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tovarliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili keltirilgan(3-jadval).

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin