O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə84/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

21.2.Chorvachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go‘sht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako‘l teri- 2,3 marta, pila 45% ga kamaygan.
O‘zbekistonda ko‘p yo‘nalishdagi chorvachilik tarmoqlari rivojlantiriladi. Ularning asosiy mahsulotlari ayrim davrlarda quyidagi miqdorda ishlab chiqarilgan (1-jadval).
2014 yilda 2011 yilga nisbatan aholi jon boshiga ishlab chiqarish – go‘sht 16,1 % ga, sut 18,7 % ga, tuxum 37,1 % ga va jun 10,0% ga oshgan.
Demak, asosiy chorva yalpi mahsulotlarining o‘sishida barqarorlik ta’minlangan bo‘lib, pilla va qorako‘lda deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Bunday holatni chorva mollari soni va ularning mahsuldorligidagi o‘zgarishlarni umumiy tahlil qilish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
Quyidagi jadval(2-jadval)da asosiy chorva mollari sonidagi o‘zgarishlar keltirilgan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo‘y va echkilar - qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga ko‘paygan, cho‘chqalar soni esa-8,8 marta, parrandalar-2,6 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko‘paygan.
Chorva mollari ayrim turlarining ma’lum darajada kamayishi yoki ularning o‘sish sur’atining nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’moldagi ayrim tarkibiy o‘zgarishlar bo‘lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga Erishildi.
Ayrim turlar – cho‘chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda ma’lum darajadagi natijaga Erishildi.
Keyingi davrda chorva mollari boshsonining, jumladan qoramollar bosh sonining oshib borishi, hukumatimiz tomonidan bu sohaga yuksak e’tibor qaratilaotganligining yorqin natijasidir.
Chorva mollarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarishlar mavjud. Masalan, 1990 yilda oldingi 10 yillikka har bir bosh sigirdan sog‘ilgan sut 3,9 marta, tovuqdan olingan tuxum-3 marta, qo‘ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so‘yilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog‘ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7 foizga, so‘yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish holati bilan bog‘liq.


* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plam. Toshkent 2013 yil va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015 to‘plam materiallari.
2012 yilda 2004 yilga nisbatan qoramollar soni qariyb 1,8 martaga, qo‘y va echkilar – 1,6, parrandalar – 2,7 martaga va otlar soni 33,6 % ga oshgani holda cho‘chqalar soni esa 26,3 % ga kamaygan. 2014 yilda esa 2005 yilga nisbatan - qoramollar soni 67,3 % ga, shu jum. sigirlar soni 44,8% ga, qo‘y va echkilar-62,4 % ga, cho‘chqalar deyarli o‘zgarmagani holda, parrandalar –2,7 martaga va otlar soni 35,0 % gaoshgan. Shu davrda fermer xo‘jaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda ham xuddi shundayo‘sishtendensiyasi mavjud. Hozirgacha chorvachilik hayvonlari bosh sonida ham,chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ham dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari yetakchilik qilishmoqda.
Keyingi 10 yil davomida jami go‘sht ishlab chiqarish 1,8 martaga, jumladan mol va buzoq go‘shti – 1,7, qo‘y va echki go‘shti – 2,3, parranda go‘shti – 2,9 va boshqa turdagi hayvonlar go‘shti esa 2,5 martaga ko‘paygani holda cho‘chqa go‘shtida o‘sish bo‘lmagan.
Istiqbolda chorva mahsulotlarini ko‘paytirish asosan mahsuldorlikni oshirish hisobiga Yerishilishi maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin