Qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’rtacha erkin baholari*
Mahsulot turlari
|
1 s. sotish bahosi, so’m/sentener
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
Boshoqli don
|
1123
|
2983
|
4608
|
34600
|
SHu jumladan, bug’doy
|
1018
|
2845
|
4482
|
36500
|
Kartoshka
|
1463
|
4086
|
6263
|
52800
|
Sabzavot
|
451
|
1591
|
2250
|
52100
|
Poliz
|
265
|
887
|
1242
|
32100
|
Meva
|
647
|
2175
|
3337
|
156000
|
Uzum
|
936
|
2598
|
3519
|
209800
|
Sut
|
1419
|
4801
|
7629
|
57600
|
Go’sht (tirik vaznda)
|
6409
|
24988
|
38092
|
62700
|
* Respublika Qishloq va suv xo’jaligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Qishloq xo’jaligi korhonalari tomonidan qurilish, transport hizmatlari, maishiy hizmat ko’rsatiladi. Bu hizmatlarning qiymati smeta hamda tarif baholarida hisob-kitob qilinadi.
Transfert baholar – bir birlashma yoki korporatsiya ichidagi o’zaro hisob-kitobda qo’llaniladigan baholardir.
Ularning mutlaq (absolyut) miqdori bozor iqtisodiga o’tish davrida talab va taklifdan, fan-texnika taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda o’zgarib bolrmoqda. Buni paxta xomashyosi uchun o’rnatiladigan davlat xarid baholari ham isbotlashi mumkin.
Hozirgi davrda tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxlari tarkibida o’g’itlar, kimyoviy vositalar, yoqilg’i, yog’lovchi materiallarning, eektroyenergiya hamda asosiy vositalar amortizatsiyasining salmog’i 45-55 foizni tashkil etmoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining baholarini belgilashda quyidagi uslublardan foydalanilmoqda:
baholarni belgilashda o’rtacha xarajatlar (tannarx) hamda foydaning (optimal miqdorda) ta’minlanishini;
baholarni belgilashda mahsulotning real qiymatiga asoslanish;
baholarni belgilashda real o’rtacha baholarga asoslanish. Bunda talab va taklif muammolari ham ma’lum darajada o’z aksini topadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining baholari dastavval talab va taklifni e’tiborga olishi lozim. Buning uchun mahsulotlar sifatli bo’lishi zarur. SHu bilan birga xo’jaliklarning barcha xarajatlarini qoplab, optimal miqdorda foyda bilan ta’minlanishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ular fan-texnika yutuqlarini, samarali tehnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishlari, ishchi va hizmatchilarning bilim va malakalarini hamda tadbirkorlik faoliyatlarini yuksaltirishga erishishlari lozim.
Bunday tartibda belgilangan baholar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lib, ular vazifalarini to’liq bajarishlari mumkin. SHunday baholargina tomonlarning manfaatlarini samarali ravishda qondirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Qiymat, baho deganda nimani tushunasiz
Baho qanday shakllanadi
Bahoning qanday vazifalari mavjud
Bahoning qanday funktsiyalarini bilasiz
Qanday baholarni bilasiz
Xarid baholari qanday baholar
Jahon bahosi deganda nimani tushunasiz
Qiyosiy baho deganda nimani tushunasiz
9.Baholarni liberallashtirishning qanday yo’llari mavjud
Dostları ilə paylaş: |