Ekstensiv yo’l (usul) /Экстенсивный путь(способ)/ Extensive sampling - mehnat va mablag` sarflab, mavjud vositalar dan foydalanib ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish evaziga mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishdir.
Intensiv yo’l (usul) /Интенсивный путь (способ)/ Intensive way- fan-texnika
yutuqlarini, ilg’or tehnologiyalarni joriy etish uchun qo’shimcha mehnat, mablag’ sarflab, investitsiyalarni jalb etish mahsulot ishlab chiqarish hajmini, uning sifatini yaxshilish, bajariladigan ishlar va ko’rsatiladigan hizmatlar ko’lamini kengaytirishdir.
O’simlikchilik yalpi mahsuloti /Валовая продукция растениеводства/ Gross
production of plant - o’simliklarga ishlov berish, parvarish kilish natijasida yetishtirilgan mahsulot miqdori.
Chorvachilik yalpi mahsuloti /Валовая продукция животноводства/ Gross
production of livestock - chorva xayvonlarini parvarish etish, bokish natijasida yetishtirilgan mahsulot miqdori.
2-MAVZU. QISHLOQ XO’JALIGINI JOYLASHTIRISH, IXTISOSLASHTIRISHVA INTEGRASIYALASHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
Diversifikatsiya/Диверсификация/Diversity - ishlab chiqarishning samaradorligini yuksaltirish, mahsulot va hizmatlarni ko’rsatish, bozorlarni kengaytirish maqsadida tarmoqqa, korhonalar faoliyat soxalarini kisman o’zgartirish, kengaytirish hamda hizmatlar turlarini ko’paytirsh usuli.
Joylashtirish /Размещения/Placement - tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni e’tiborga olgan xolda qishloq xo’jalik subyektlarida u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Ixtisoslashtirish /Специализация/Specialization - tabiiy, iqtisodiy sharoitlarni hamda talabni e’tiborga olgan xolda qishloq xo’jalik subyektlarini bir yoki ikki turdagi mahsulot yetishtirishga moslashtirish.
3-MAVZU.AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI, TARKIBI VA
RIVOJLANISHI.
Agrosanoat majmuasi /агропромышленный комплекс/ agricultural sector -
iste’molchilarning talabini kondirish imkoniyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida iqtisodiyotning ayrim ishlab chiqarish, hizmat ko’rsatish, kayta ishlash hamda sotish bilan shug’ullanuvchi soxalarning iqtisodiy uyg’unlashuvi tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |