Yer monitoringi /Мониторинг земли/Land monitoring - yer fondi, undan
foydalanuvchilar, ularning tarkibidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniklash, yerlarning sifati,qiymatini baholash, barcha salbiy jarayonlarni oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish, yer fondidan foydalanish darajasini aniklash bilan bog’ liqbo’lgan chora-tadbirlar majmui.
Mehnat resursi /Трудовые ресурсы/ Labor resources- qonunlarda belgilangan yoshga ega bo’lib qishloq xo’jalik subyekti hududida yashab, mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan inson.
Mehnat unumdorligi /Призводительность труда/ Labor productivity - mehnat kilish qobiliyatigi ega bo’lgan insonning ma’lum bir vaqt ichida bajaradigan ishining, ko’rsatadigan hizmatining, ishlab chiqaradigan mahsulotining miqdori (qiymati).
7-MAVZU.QISHLOQ XO’JALIGINING ER-SUV RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH.
Yer uchastka ijarasi /Аренда на землю/Land rent- davlat mulki hisoblangan yer uchastkalarini xuquqiy va me’yoriy xujjatlar asosida yerdan foydalanuvchilarga xak to’lash evaziga ma’lum muddatga hamda umrbod meros koldirish xukuki bilan berish.
Yerdan foydalanish koyeffitsiyenti /Коеффициент использования земли/ Coefficient of land use - qishloq xo’jalik korhonasida yil mobaynida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mumkin bo’lgan yer maydoniga nisbatidir. Yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini barcha omillaridan tadbirkorlik bilan foydalanish natijasida xar bir gektar yerdan olingan sof foyda summasi ifodalaydi.
Yer monitoringi /Мониторинг земли/Land monitoring -yer fondi, undan
foydalanuvchilar, ularning tarkibidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniklash, yerlarning sifati,qiymatini baholash, barcha salbiy jarayonlarni oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish, yer fondidan foydalanish darajasini aniklash bilan bog’ liq bo’lgan chora-tadbirlar majmui.
Lalmi yer /Богарная земля/ Dry farming- sug’orilmasdan qishloq xo’jalik
mahsulotlarini yetishtiradigan maydon (yer), sug’orish tizimlari mavjud bo’lmagan, suv manbaalari bilan doimiy bog’lanmagan, lekin yog’ingarchilik natijasida su`g’orilishi mumkin bo’lgan yer.