O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə196/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Fanni o‘qitilishidan maqsad-5230100–Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligida) ta’lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalarga qishloq xo’jaligi korhonalarida mahsulot ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo’llari, mahsulot raqobatbardoshligini aniqlash xamda taxlil qilish, ilg‘or tehnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy qilish va boshqarish, moddiy resurslar va pul mablag‘laridan samarali foydalanish yo’llari, mahsulot yetishtirishda sarf xarajatlarni tejash va ulardan maqsadli foydalanish, qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanish va uning mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo’jaligida infratuzilma sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yaxshilash, ishlab chiqarish munosabatlarini rejalashtirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan ilg’or qishloq xo’jalik korhonalarining erishgan iqtisodiy innovatsiyalarga asoslangan yutuqlarini chuqur o‘rganish va ularni boshqa xo’jaliklarga samarali joriy kilish uchun tavsiyalar tayyorlash, qishloq xo’jaligida ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘proq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy kilish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, o’quviga va ko‘nikmalariga, DTSga muvofiq qo‘yiladigan talablar:
Bakalavr:
- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti fanining mohiyati, predmeti, vazifalari, tadqiqot usullari;
- ishlab chiqarish resurslari va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi;
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirish yo’llari;
- korhonalarning tashkiliy-iqtisodiy asoslari;
- o’simlikchilik va chorvachilikni rivojlantirish omillari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- ishlab chiqarish jarayonlarini baholash usullari va ko’rsatkichlarini hisoblash;
- ishlab chiqarish omillaridan foydalanish;
- ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
- foyda, rentabellik darajasini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish;
- ishlab chiqarishni optimallashtirish;
- o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- ishlab chiqarishni intensivlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish;
- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish;
- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini boshqarish;
- qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini muvofiqlashtirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” fani mavzulari va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan yuklama hajmining taqsimoti



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin