Respublika qishloq xo‘jaligidagi ayrim moddiy-texnika
resurslarining o‘zgarishi
3-jadval
Ayrim davlatlarning texnika bilan ta’minlanganligi
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
AQSH
|
Angliya
|
Germa-niya
|
Ros-siya
|
Traktor parki
|
ming dona
|
4750
|
500
|
1530
|
1065
|
1 traktorga to‘g‘ri keladigan haydaladigan maydon
|
ga
|
28
|
13
|
8
|
122
|
G‘alla yig‘adigan g‘ildirakli kombaynlar soni
|
ming dona
|
667
|
48
|
156
|
273
|
G‘alla yig‘adigan 1 ta kombaynga to‘g‘ri keladigan g‘alla maydoni
|
ga
|
52
|
77
|
40
|
220
|
Respublika qishloq xo‘jaligiga hizmat ko‘rsatadigan traktorlarni, kombaynlarni sonini kamayishi natijasida ularga to‘g‘ri keladigan yuqoridagi o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jalik texnikalariga to‘g‘ri keladigan maydon, ya’ni bajariladigan ish hajmi oshdi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o‘g‘itlarni sotib olishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yovvoyi o‘tlar hamda zararkunandalarni ozaytirib, mehnat va mablag‘ sarflari kamayishini, mahsulot sifati yaxshilanishini ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan texnikalarning yuqoridagi holati ishlab chiqarish jarayonlari kompleks mexanizatsiyalashtirilishiga imkon bermayotir. Natijada paxta terish jarayoni 10 foiz atrofida, sigirlarni sog‘ish 25 foiz atrofida mexanizatsiyalashtirilgan. Oqibatda tarmoqda ishlab chiqarilayotgan ko‘pchilik mahsulotlarning tannarxi yuqori, mehnat unumdorligi past. Bunday holga chek qo‘yish maqsadida respublika hukumati katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to‘g‘risida»gi farmoni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Unda shu yillarda qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ularni tashkil etilishi hamda rivojlantirilishi darslikning keyingi boblarida batafsil yoritilgan.
Qishloq xo‘jaligini moddiy-tehnika resurslarinimustahkam barpo etish, ulardan to‘liq va samarali foydalanish natijasida tarmoqni rivojlanishi ta’minlandi.
Dostları ilə paylaş: |