O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə25/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Nazorat uchun savollar:
1.Mulk nima
2.Mulk qanday kategoriya
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning qanday shakllari mavjud
4.Mulkni hususiylashtirish tartiblari qanday
5.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish qanday amalga oshiriladi
6.Xo‘jalik yuritish shakllari nima
7.Ijtimoiy-iqtisodiy tarkib deganda nimani tushunasiz 8.Fermer xo‘jaliklari qanday tartibda tuziladi
9.Fermer xo‘jaligini shirkat, dehqon va boshqa qishloq xo‘jalik korhonalaridan farqi nimada
10.Fermer xo‘jaligi namunaviy ustavini mazmunini ayting.
11.Fermer xo‘jaligi qanday yerlarda tashkil etiladi
12.Fermer xo‘jaliklarini eng minimum o‘lchamlarini ayting.
13.Qanday yerlarda fermer xujaliklari tashkil etilmaydi
14.Fermer xo‘jaligi qanday tartibda soliqqa tortiladi
15.Fermer xo‘jaligining Yer maydonini maqbullashtirish deganda nima tushuniladi
16.Dehqon xo‘jaligi nima


8-mavzu. QISHLOQ XO‘JALIGIda MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


1.Moddiy-texnika resurslari haqida tushuncha, ularning ahamiyati, hususiyatlari va turkumlashtirilishi.
2.Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari, samarali innovatsion tehnologiyalar.
3. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik hamda ulardan foydalanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni a,niqlash tartibi.
4. Bozor iqtisodi sharoitida qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini shakllantirish, ularning bozori, texnika taraqqiyotini joriy etish, ulardan samarali foydalanish.
1. Moddiy-texnika resurslari haqida tushuncha, ularning ahamiyati, hususiyatlari va turkumlashtirilishi
Davlatning, aholining hamda tashqi bozorning talablarini sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan qondirish uchun ularni yetishtirishni ko‘paytirish ob’ektiv zaruriyat hisoblanmoqda. Buning uchun talab etilgan miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun turli xildagi resurslar mavjud bo‘lishi kerak. Masalan, yer, suv, bino, inshootlar, mashinalar, traktorlar, o‘rmon, bog‘lar, chorva hayvonlari, tabiiy resurslar (yog‘in miqdori, harorat) kimyoviy vositalar, mablag‘lar, mehnat resurslari. Ularning bir qismi qishloq xo‘jaligining moddiy-tehnik resurslarini tashkil etadi. Tarmoqning moddiy-tehnik resurslarini, yuqorida ta’kidlanganlardan mehnat va mablag‘ resurslardan tashqari, barcha resurslar tashkil etadi.. SHu resurslar yordamida qishloq xo‘jaligida turli xildagi ishlar, hizmatlar bajarilib, mahsulotlar yetishtiriladi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligining moddiy – tehnik resurslariga nisbatan bir qancha talablar qo‘yiladi. Masalan:

  • Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan barcha turdagi moshinalar, traktorlar, kombayn va boshqa texnikalar yengil, tez yurar, kam yoqilg‘i sarflaydigan, boshqarish qulay bo‘lgan, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan hamda arzon bo‘lishi;

  • Chorva hayvonlari zotli, sermahsul hamda mahalliy sharoitga moslashish imkoniyatini yuqori bo‘lishi;

  • Bog‘lar ya’ni mevali darahtlar sharoitga moslashadigan, sermahsul kam suv talab qilib tez pishish imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘lishi;

  • Bino va inshoatlar arzon mahalliy materiallardan foydalangan uzoq muddat hizmat qilish qobilyatiga ega bo‘lgan, ta’mirlash yoki modYernizatsiyalash qulay va arzon bo‘lishi lozim va boshqalar.

Shunday talablarga javob beradigan moddiy-tehnika resurslarini yaratish va yanada mukammallashtirish maqsadida fan-tehnika taraqqiyoti va revolyutsiyasi amalga oshiriladi.
Fan tehnika taraqqiyoti deganda biz, intelektual salohiyatga asoslangan holda sifatli, arzon, yengil, sermahsul, tez pishar, kam suv va mehnat talab etadigan qulay mehanizmlarni shakllantirgan holda mavjud bo‘lgan moddiy-texnikalarni takomillashtirilishini, yaratilishini nazarda tutishimiz lozim.
Fan-tehnika taraqqiyotini amalga oshirilayotganligi tarmoqda bug‘doy, chiqit va boshqa urug‘larning yangi navlarini yaratilayotganligi, yangi traktor, kombayn va boshqa texnikalarni ishlab chiqarilayotganligi va boshqalar yaqqol misol bo‘la oladi.
Fan-tehnika revolyutsiyasi deganda biz amalda foydalanilayotgan moddiy-tehnik resurslarning o‘rniga mutlaqo mavjud bo‘lmagan yangi resurslarni ishlab chiqarilishi nazarda tutiladi. Lekin ular mavjudlaridan mazmunan, mohiyatan tubdan farq qilmasligi mumkin. Tarihda bunga traktor, kombaynlarni, kimyoviy vositalarni yaratilishi misol bo‘lishi mumkin. Istiqbolda esa markazdan boshqariladigan texnikalarni yaratilishi va boshqalar. Shuning natijasida tarmoq uchun sYerhosil, tezpishar navlar, sermahsul chorva zotlari, har tomonlama qulay va samarali hisoblangan texnikalar, ilg‘or tehnologiyalar yaratildi.
Shunday moddiy-tehnika resurslarning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidagi ahamiyati nihoyatda ulkan. CHunki barcha turdagi dehqonchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yerdan foydalaniladi. Demak, yer bo‘lmasa, yuqoridagi mahsulotlarning yetishtirilishi ta’minlanmaydi. Mamlakatimiz dehqonchiligi sug‘orishga asoslanganligi munosabati bilan suv resurslarining ahamiyati ham ulkan. Kam suv talab etadigan, tezpishar, sifatli va sermahsul urug‘lar, navlar bo‘lmasa mahsulotlar miqdorini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Barcha talablarga javob beradigan texnikalar bo‘lmasa ishlarni bajarish muddatlari cho‘zilib jonli mehnat sarfi oshib ketadi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini iqtisodiy mazmuni, mohiyati va barpo etilishi hamda foydalanilishi bo‘yicha 1-chizmadagi tartibda turkumlashtirish mumkin. Ular;
I – barpo etilishi bo‘yicha;
II – ishlab chiqarishga munosabati bo‘yicha;
III – ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra;
IV – takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha, guruhlashtirilgan
Demak, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari respublika xalq xo‘jaligi resurslarining muhim qismi hisoblanadi. Ular mulk sifatida tarmoqning, korhonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. Korhonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo‘lsa, ularni iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari barpo etilishi bo‘yicha tabiiy va iqtisodiy resurslardan iboratdir. Tabiiy resurslar yer, suv, o‘rmon, ayrim chorva hayvonlari, issiqlik hamda yog‘ingarchilik miqdoridan tashkil topadi. Ularning asosiy qismi davlat tasarrufida bo‘lib, korhonalarga, fuqarolarga foydalanish uchun beriladi.
Iqtisodiy resurslar esa iqtisodiy potentsialning tarkibiy qismi bo‘lib, moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslaridan tashkil topadi. Qishloq xo‘jaligini:
-moddiy-texnika resurslariga ishlab chiqarishning moddiy vositalari: binolar, inshoatlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, urug‘liklar, yem-xashaklar, chorva hayvonlari, yoqilg‘i, yog‘lovchi, qurilish va boshqa materiallar kiradi.
-moliyaviy resurslariga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xo‘jaliklarning joriy, valyuta schyotlaridagi, g‘aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aktsiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarini amalga oshirish natijasida olinayotgan mablag‘lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‘lar kiradi.
Ularning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi o‘rni va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab darajasida yetishtirilishi hamda ish va hizmatlar ko‘ngildagidek bajarilishi barcha resurslarning miqdoriga hamda sifatiga bog‘liq. Respublika dehqonchiligi sug‘orishga asoslanganligi sababli sug‘oriladigan yerlar va suv resurslarining ta’siri juda katta. Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish jrayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan bog‘langan. SHunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari talab darajasida barpo etilishiga alohida e’tibor berish zarur. Uni davlat, tarmoq va xo‘jaliklar miqyosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari tarmoqda foydalaniladigan va foydalanilmaydiganlarga bo‘linadi. Tarmoqda u yoki bu maqsadda foydalanilayotganlari – foydalanilayotgan resurslarni, tarmoqda mavjud bo‘lib, ayrim ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra, vaqtincha foydalanilmayotganlari esa foydalanilmayotgan zahira resurslarni tashkil etadi. Foydalanilayotgan zahira resurslarga zahiradagi meliorativ yerlar, ayrim suv havzalaridagi suvlar, o‘rmonzorlar kiradi.
Tarmoq korhonalarida foydalanilayotgan moddiy-texnika resurslari barcha resurslarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:

  • ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishlatiladigan, ya’ni qatnashadigan resurslar;

  • ishlab chiqarishda bilvosita qatnashadigan resurslar.

Ishlab chiqarishda bevosita ishlatiladigan resurslar yordamida turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar va hizmatlar bajariladi. Ularga ekin ekilgan yerlar, yaylov va pichanzorlar, ekinlarni sug‘orish uchun sarflanayotgan suvlar, mashina, yer haydaydigan, ekinlarga ishlov beradigan traktorlar, hosilni yig‘ishtirib oladigan barcha turdagi kombaynlar, mahsulotni ko‘paytirish uchun sarflanayotgan kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, hayvonlarga berilayotgan yem-xashaklar, chorva hayvonlari, mevali daraxtlar va boshqalar kiradi. SHular yordamida ko‘proq, yaxshiroq mahsulot yetishtirish ta’minlanadi.
Korhonalarning ombor, idora binolari, ayrim inshoatlari, texnikalari, aloqa vositalari, kompyuterlari ishlab chiqarish jarayonida bilvosita qatnashadilar. Ularni mahsulot yetishtirishga bevosita aloqasi cheklangan.
Moddiy-texnika resurslarining mahsulot yetishtirishda, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ahamiyati ulkan. Shuning uchun ularni yaratish, barpo etish, takror ishlab chiqarish zarur. Shu bilan birga ular mehnatning xarakterini o‘zgartirib, unumdorligini yuksalishini ta’minlaydi. Masalan, xo‘jalikning moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam (u zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, stanoklar) ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning industrlashganligini ifodalovchi bunday sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan bajariladigan ishlar kamayadi. Bu mehnatning xarakteri o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, ayni paytda ishchi-hizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishi talab etadi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari o‘ziga xos bir qancha hususiyatlarga ega. Ayrim moddiy resurslar tabiat mahsuli hisoblanadi. Jumladan, yer, suv, harorat, yog‘ingarchilik (ular haqida yer va suv resurslari masalalariga bag‘ishlangan bobda batafsil to‘xtalib o‘tilgan). Ularning barpo etilishi hamda takror ishlab chiqarilishi ko‘proq tabiatga bog‘liq. Lekin qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining bilimlarini, tajribalarini hamda tadbirkorligini ishga solgan, fan-texnika yutuqlaridan, ilg‘or tehnologiyalardan foydalangan holda bu tabiiy omillardan samarali, o‘rinli foydalanishga harakat qilib, aksariyat hollarda yaxshi natijalarga Yerishadilar. Shuning uchun ham tarmoq ishlab chiqarishi tabiatga ham bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibiga chorva hayvonlari, o‘simliklar, mevali daraxtlar qatnashishi tarmoqning muhim hususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shuningdek, sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i, yonilg‘i hamda yog‘lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e’tiborga olish lozim. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, ma’lumki, inson mehnati natijasida yaratiladi. Ulardan foydalanish samaradorligi tarmoq ishlab chiqarishining mavsumiyligiga ham bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratishda yuqorida ta’kidlangan hususiyatlarni e’tiborga olish,shuningdek, ishlab chiqarishning joylashganligi hamda ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shuning bilan birga ilg‘or innovatsion tehnologiyalarni joriy etilishini barcha texnologik jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi manbalar hisobiga barpo etiladi:
– korhonaning mablag‘lari evaziga;
– chetdan jalb etiladigan mablag‘lar hisobidan.
Birinchisiga korhonalarning mahsulot sotish, ish va hizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi. Bunda xo‘jaliklarning aktsiyalar chiqarib sotishdan olayotgan pul daromadlari ham muhim manba hisoblanadi. Lekin bu masala respublika qishloq xo‘jaligida hozircha hal etilgani yo‘q. Juda muhim bo‘lgan bu masalani kelajakda, albatta, hal etish zarur.
Ikkinchisiga irrigatsiya-melioratsiyaga, ekologiyaga hamda ijtimoiy sohalarga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, tijorat institutlarining kredit mablag‘lari, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylarning, hamkorlarning mablag‘lari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablag‘lar kiradi. Bu mablag‘lar hisobiga qishloq xo‘jalik korhonalari moddiy-texnika vositalarini ularni ishlab chiqaruvchilarning bevosita o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auktsionlardan shartnomalar asosida sotib olib, moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari mumkin. SHunday tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo‘jaliklar yil mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlarni vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi .

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin