O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə21/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

7-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA MULK VA XO‘JALIK YURITISH SHAKLLARINING SAMARADORLIGI
Reja:
1.Mulk tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli. Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.
2.Xo‘jalik yuritish shakllari tizimi. Qishloq xo‘jaligining ijtimoiy - iqtisodiy tuzilmasi.
3.Hususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning nazariy asoslari.
4.Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaYerishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaliklari tajribasi.
5.Dehqon xo‘jaliklari xo‘jalik yuritishning ancha oqilona shaklidir
6.Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish faoliyati va samaradorligi


Kalit so‘zlar: Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol, mulk, hususiylashtirish, davlat tasarrufi, mehnat kollektivi, koopYerativ, yollanma xodim, yordamchi xo‘jalik, ijara, dividend, konsYern, agrokonsorsium, aksiya, fermer xo‘jaliklarini, dehqon xo‘jaliklari.
1.Mulk tushunchasi va uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli. Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan moddiy omillarning, ya’ni ishlab chiqarish vositalari - yer, asosiy va moddiy oborot mablag‘lari va pirovard natijalarining, boshqa tomondan, shu ishlab chiqarish vositalariga mulk nuqtai nazaridan kishilarning munosabatlarining mavjudligiga bog‘liq. Mulk dastavval kishilar tomonidan ishlab chiqarish vositalarini o‘zlashtirish shakli hisoblanadi. O‘tmish iqtisodchilar shunday deb yozishgan edi: "Mulk-bu kishilarning bir-biri bilan bo‘ladigan munosabati, ularning materiallarga, qurollarga va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabati".
Iqtisodiy munosabatlar kompleksida ishlab chiqarish vositalariga mulk munosabatlari eng muhimi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimga tegishli bo‘lsa, taqsimot va ayrboshlash shunga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda mustaqillikkacha bir necha o‘n yillab davom etgan agrar inqirozning asosiy sababi mulk munosabatlarning kuchli deformasiyalanishi hisoblanadi.
Mulkning deformasiyalanishi asosan qishloq xo‘jaligini yirik masshtabli umumlashtirish yillaridan boshlandi. Yerni va boshqa ishlab chiqarish vositalarini majburiy davlatlashtirish ishlari ostida majburiy jamoa xo‘jaliklari – (kollektiv kolxozlar), (sovetlar xo‘jaligi) sovxozlar – tashkil etilib, shu xo‘jaliklarga berkitilgan yer, boshqa ishlab chiqarish vositalari va o‘z mehnatlari asosida yaratilgan mahsulotning «davlat» tomonidan noekvivalent darajada buyruq bilan o‘rnatiladigan va hatto sarf qilingan harajatlarni ham qoplamaydigan nisbatan past baholar bilan majburiy olib quyish mexanizmi asosida faoliyat yuritildi.
Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikdan mahrum bo‘lgan kishilar xo‘jalikni yaxshi va samarali yo‘llar bilan olib borishga bo‘lgan qiziqishni (motivasiyani) yo‘qotdilar. Mulkdan uzoqlashish, eng avvalo yerdan uzoqlashish, dehqonni o‘zi yaratgan ne’matlarni o‘zlashtirishdan mahrum qildi. Pirovard natijada dehqon xo‘jayin va mehnatkash degan yagona hususiyatdan uzoqlashtirildi. Xo‘jayin mehnatkash pirovard natijadan ko‘ra mehnat haqini afzal qo‘yuvchiga besamar ishlab chiqarish jarayoniga qatnashuvchi yollanma ishchiga aylandi.
Qishloq xo‘jaligini inqirozdan chiqarish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligi muammosini faqat qishloq mehnatkashlarining ijodiy faolligini oshirish uchun qulay imkoniyatini ta’minlaydigan, ularning tashabbuskor xo‘jayin va mehnatkash sifatida qobiliyatini maksimal ochadigan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mexanizmini yaratish orqali hal qilish mumkin. Respublikada mulk munosabatlarini tubdan isloh qilish hal qiluvchi masala bo‘lib, bozor munosabatlarining to‘la qonli shakllanishida bir qator sharoitlar bo‘lishi talab qilinib, ular ichida eng muhimi mulk xilma-xil shakllarining faoliyati ko‘rsatishga teng huquqligidir. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, uning 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi», - deb huquqiy jihatdan mustahkamlab quyilgan.
Mulk munosabatlari muammosining mazmuni iqtisodiyot fanining muhim uslubiyat masalalaridan bir bo‘lib hisoblanadi.
Mulk munosabatlarining mohiyati nimadan iborat Mavjud iqtisodiy yo‘nalish muammolarining e’lon qilingan ishlari tahlili shuni ko‘rsatdiki mulk tushunchasi birinchi navbatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mazmunini tashkil etadi. Binobarin, uning iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan. Obyektiv holatda vujudga keladigan va amal qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qonunlarda mustahkamlanadi, huquqiy munosabatlar shakliga ega bo‘ladi.
Mulk-bu ishlab chiqarish vositalarining odamlar tomonidan o‘zlashtirib olinishidir. Ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabat mulk munosabatlari kompleksining asosini tashkil etdi. Mulk kim tomonida bo‘lsa, mahsulotlarni taqsimlash, almashtirish huquqi ham shu tomondan amalga oshiriladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, agrar bankrotlikning mamlakatimizdagi asosiy sababi mulk munosabatlari tizimining buzilishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning har xil shakllari mavjud, chunki bozor bu mulkning iqtisodiy munosabatlaridir. Mulk munosabatlarini o‘rganish asosida uning obyektiv va subyektiv hususiyatlari aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi mehnatkashlarining mehnat salohiyatlarini amalga oshirishning hal qiluvchi sharoitlaridan biri mulk munosabatlarini o‘zgartirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish asosida turli tuman shakllaridan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikamizda mulkdorlar qatlami shakllantirish vazifasini dolzarb qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini vujudga keltirishni tezlashtirish uchun «Mulk to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish to‘g‘risida»gi, «Ijara to‘g‘risida»gi, «Mehnat qodeksi»,
«Yer Kodeksi» va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayoni bir tomondan moddiy omillar, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga, ikkinchi tomondan, bu vositalarga mulkyuzasidan odamlarning munosabatlari asosida amalga oshiriladi. Mulk statusi ko‘p jihatdan dehqonning tabiatiga mos keladi. Modomiki, bozor mulk munosabatlarini iqtisodiy amalga oshirishning vositasi va sharoiti hisoblanar ekan, bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk va uning turli tuman shakllarining roli keskin oshadi. Yerni, boshqa ishlab chiqarish vositalarini davlat tasarrufidan chiqarmasdan va hususiylashtirmasdan turib, Erkin qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini shakllantirish, to‘laqonli bozor munosabatlarini yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish davlat mulkning salmog‘iga bog‘liq emas. Muhimi uning sonida emas, balki uning mazmunining o‘zgarishida, ya’ni byurokratik boshqariladigan mulkdan demokratik boshqariladigan mulkka aylantirishdadir.
Gap mulkning shunday sistemasi haqida boradiki, bunda har bir dehqon va mehnat jamoasi faqat ishlab chiqarish vositalarining emas, balki yaratilgan mahsulotning ham real xo‘jayinlariga aylanishi kerak. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda qatnashishi lozim.
Mulk munosabatlarini har tomonlama o‘rganish mulkning obyektlari va subyektlarini aniqlashga imkon beradi. Mulkning obyekti bo‘lib, mulk bo‘lgan predmetlar hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida yer, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, uy-joy, mashina va uskunalar, qishloq xo‘jaligi mashinalari, transport vositalari va boshqalar mulk obyektlariga kiradi. Mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijasi - mahsulot va daromad - shu ishlab chiqarish vositalarining mulkdoriga tegishli bo‘ladi. Mulkning subyekti bo‘lib fermerlar, alohida ijarachilar, hissador, shirkat, koopYerativ jamoalari va boshqalar hisoblanadi.
Mulk subyektlari uchta asosiy qonuniy huquqdan foydalanadilar:
Birinchisi - egalik qilish huquqi, ya’ni real, haqiqatda mulkga egalik qilish, subyektning o‘zi uni o‘z hukmiga buysundiradi.
Ikkinchisi - foydalanish huquqi, ya’ni "birov"ning mulkini o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.
Uchinchisi – idora, tasarruf qilish, ya’ni mulkni o‘z xohishiga qarab ishlatish imkoniyati, mulkning taqdirini aniqlash.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga mulk formalari to‘rt xil bo‘ladi: davlat, jamoa, hususiy va aralash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi mulk munosabatlari tizimida hususiy mulk alohida, muhim o‘rinni egallaydi. Hususiy mulk keng ma’noda jamiyatning alohida a’zolarining (dehqon) mulki yoki uning konkret qismi a’zolarining (koopYerativ kollektivlar) mulkini ifodalaydi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin