FSM FSM FSM FSM bunda: SFS-suvdan foydalanish samaradorligi;
FSM-foydalanilgan suv miqdori. Bu natura xamda qiymat ko‘rinishida aniklanadi. Bunda 1 m3 suvdan foydalanish natijasida qancha miqdorda mahsulotlar yetishtirilganligi xamda necha so‘mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad, sof foyda olinganligi aniklanadi.
Sug‘orish sistemasi (tizimi)dan foydalanish koeffitsiyenti darajasini aniqlash uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug‘orish maqsadida berilgan suv miqdorini shu tizim boshida olingan suv miqdoriga taksimlash zarur. Bunda quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
STFK= STOEBS (3.12)
STBOSM bunda: STFK - sug‘orish tizimidan foydalanish koeffitsiyenti;
STOEBS - sug‘orish tizimining oxirida ekinlarga berilgan suv miqdori;
STBOSM - sug‘orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu ko‘rsatkich darajasi yoki koeffitsiyenti 1 ga intilishi kerak. CHunki sug‘orish tizimining boshida olingan suv ekin maydonlariga to‘lik yetkazilishi lozim. Agar uning darajasi past bo‘lsa, demak, suvning ma’lum miqdori tizim davomida parlangan, tuproqka sizib ketgan yoki okib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich tizimning xolatini xam isbotlaydi.
Suvdan foydalanish va qishloq xo‘jalik ekinlari uchun yyerlarni tayyorlash rejalarining bajarilish koeffitsiyenti quyidagi ifoda orkali hisoblab chiqiladi.
SFK = 1 - ye = Qg‘Qc (3.13)
n • Qg bunda Qg - xo‘jalikka un kun davomida kelib turadigan o‘rtacha suv miqdori:
Qs - xo‘jalikka bir kecha-kunduz davomida kelib turadigan o‘rtacha suv miqdori:
n - un kunda sug‘orish utkaziladigan kunlar soni:
Un kun davomida reja bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan va haqiqatda berilgan suv okimi quyidagi ifoda bo‘yicha aniklanadi.
W = 0,0864 x Qg x n, ming m.kub (3.14)
Suvdan foydalanish koefiqiyenti reja bo‘yicha birga teng bo‘lishi kerak. SHunga ko‘ra amalda suvdan foydalanish koeffitsiyenti (SFK) quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:
SFK = WQ (3.15)
WrrQ bunda:
Wa, Wr - reja bo‘yicha belgilangan va amalda sug‘orilgan maydon, ga:
Qa, Qr - un kun davomida reja bo‘yicha va haqiqatda sarflangan suv miqdori, m.kub/s
SFK ning qiymati 0,9-1,10 atrofida bo‘lishi kerak, u pasayib ketganda buning sababi aniklanadi va tegishli tuzatish kiritiladi. Suvdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish ko‘p jixatdan xo‘jalikda va dalalarda unga nisbatan moddiy jixatdan javobgarlikni xis etishga, yetishtirilgan xosilga bog‘liq bo‘ladi. Suvdan foydalanishda moddiy jixatdan javobgarlikni belgilash uchun xo‘jalikka kelayotgan suvni kat’iy ravishda hisobga olib borish va undan samarali foydalanishni joriy etish kerak bo‘ladi.
Yil davomida talab etilayotgan umumiy suv sarfi (Q-brutto) va sof xolati talab kilinayotgan suv miqdori (Q-netto) aniklanib, ular asosida suvdan foydalanish koeffitsiyenti topiladi.
Ekinlarni sug‘orishda suvdan maqsadga muvofik foydalanish ko‘p jixatdan sug‘orish tizimlarini suv olishga kanday tayyorlanganligi va suvni egatlarga taksimlab beradigan sug‘orish texnikasining qanchalik yuqori muxandislik tipida bajarilganligi xo‘jaliklarda suvdan foydalanish samaradorligini va shular asosida ustirilayotgan ekinlar xosildorligini oshirishni ta’minlaydi.
Suvdan foydalanish koyeffitsiyenti. U haqiqatda sug‘orilgan maydonni shu suv bilan sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydonga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
SFK= ;
Bunda: SFK-suvdan foydalanish koyeffitsiyenti yoki foizi;
SM-haqiqatda sug‘orilgan maydon, ga;
SMM-sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydoni,ga.
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv berish me’yoriga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. CHunki unga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni koyeffitsiyenti 1 dan yoki 100 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agarda yuqori bo‘lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug‘orilgan bo‘lmaydi.
v) Foydalanish mumkin bo‘lgan yyerlardan bir yilda necha marta foydalanilganlik darajasi. Uni aniqlash uchun haqiqatda urug‘, chigit ekilgan maydonni mavjud ekin ekilgan yyer maydoniga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
EFS=
Bunda: yeFS-yerdan foydalanish soni, ya’ni 1 ga maydondan necha marta foydalanilganlik soni;
UYEM- bir yil mobaynida urug‘, chigit ekilgan maydon, ga;
FM- foydalanilgan yyer maydoni, ga;
Bu ko‘rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanilganlik darajasi, ya’ni soni aniqlanadi. Demak, uning soni birdan ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mavjud bo‘lgan yyerlardan bir necha marta ekin ekib, hosil olishga intilish lozim.
Yer-suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirish uchun yyer-suv munosabatlarini takomillashtirish, chuqurlashtirish, ya’ni liberallashtirish masalalarini hal etishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun yer va suvning baholarini va ulardan foydalaganlik uchun to‘lanadigan haqlarni, soliqlar miqdorini realroq aniqlash lozim. Bunda bozor iqtisodi qonunlari talablariga asoslanish, shuningdek, yer va suv resurslarining cheklanganligi, takror ishlab chiqarilmasligi, holati, sifati, iste’molchilarga uzoq-yaqinligi, ishlab chiqarish vositalari hamda infratuzilmalar bilan ta’minlanganligi, olinayotgan mahsulot, foyda so‘mmasi kabi indikatorlarni ham e’tiborga olish zarur.
Yerlardan, suvlardan to‘liq va samarali foydalanish uchun:
yer-suv islohotlarini qonunlar asosida yaxshi o‘tkazish, ularni foydalanuvchilarga berish, sotish;
zaxlanib, sho‘rlangan yyerlarda irrigatsiya va melioraqiya tadbirlarini vaqtida sifatli va tizimli amalga oshirish;
yangi, samarali texnikalarni, ilg‘or tehnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish;
selekqiya, urug‘chilikni, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish;
ishchi va hizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;
yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va Erkinlashtirish lozim.
Investitsiyalarni keng joriy etishga yerishish lozim.
Sug‘oriladigan yyerlarning qiymatini aniqlash uchun:
barcha sug‘oriladigan maydonlarning tuproqlari turlari bo‘yicha, ularning barcha hususiyatlarini, holatini e’tiborga olgan holda bonitirovka qilinib, bonitet balli ishlab chiqildi. Barcha hususiyatlari bo‘yicha eng unumdor, yaxshi tuproq 100 ball qilib belgilangan. Ayrim hususiyatlarini (sho‘rlanganlik, toshloq, yyeroziya) e’tiborga olgan holda tuproqning banitet balli pasayib boradi; bu hol tuproqning tabiiy unumdorlgini ifodalaydi;
tabiiy unumdorlikka asoslangan holda iqtisodiy omillar (investitsiyalarni amalga oshirish natijasida mehnat mablag‘, texnika) ta’sirida yetishtirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotning me’yori aniqlangan. Barcha omillardan oqilona foydalanish natijasida 1 ball 40 kg. paxta xomashyosini yetishtirish qobiliyatiga ega ekanligi hisob-kitoblar asosida aniqlangan. Demak, mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha omillar me’yor doirasida bo‘lsa, u tuproqning 1 balli 40 kg. paxta yetishtirish imkoniyatiga ega ekan.