Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Suv resruslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, yyer va suv resurslari qishloq xo‘jaligining asosiy vositasi ekanligi.
2.Suvlarning tarkibi, ularni hususiyatlari nimalardan iborat
3.Suvdan foydalanish darajasini hamda samaradorligini qaysi ko‘rsatkichlar ifodalaydi
4.Suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda samaradorligini oshirishning qanday yo‘llari bor
6-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI VA ULARAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Reja: 1.Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. 2.Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 3.Mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari. 4.Qishloq xo‘jaligida mehnat motivatsiyasi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish. Tayanch so‘z va iboralar:Mehnat,mehnat resurslari,mehnat resurslari tarkibi,mehnat bozori,mehnat birjasi,ishsizlik,bandlik,Iqtisodiy faol aholi.
Mehnat resurslari mamlakat axolisining o‘z psixofiziologik va akliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki hizmatlar ko‘rsatishga kodir bo‘lgan kismidan iboratdir.
Mehnat resurslari deb, uzining akliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar tuplamiga aytiladi. Qishloq xo‘jaligi korhonalarining mehnat resurslari tarkibi:
-doimiy ishchilardan - muddaqiz ishga qabul qilinganlar;
-mavso‘miy ishchilardan - 6 oygacha muddatga qabul qilinganlar;
-vaqtinchalik ishchilardan - 2 oygacha muddatga qabul qilinganlardan -shuningdek, shtatda turuvchi usmirlar, nafakaxurlardan iborat.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanishning o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lib, bo‘lar quyidagilar:
-xodimlar mehnatining biologik ishlab chiqarish vositalari, tirik organizmlar - tuproq, o‘simlik, xayvonlarni rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish uchun yunaltirilganligi. Bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tirik organizmlarning rivojlanishi, o‘zgarishiga, ularning tabiatini noorganik elementdan organik moddalarga sintezlashuviga bog‘liqdir;
-mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-xavo iklim sharoitlariga bog‘liqligi.
-xodimlarning bir necha turdagi mehnat vazifalarini bajarishi. Ish turining ko‘pligi va bajarish muddatining mavso‘miyligi. Qishloq xo‘jaligi xodimi aloxida texnologik opYeraqiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali bo‘lmasligi, ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo‘lishi kerak;
-ishlab chiqarish jarayonida yer, chorva mollari va boshqa resurslarning mustakil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarlikni ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki anik dalalarni, butun xayvonlarni emas, balki anik mollar bosh sonini berkitib qo‘yish lozimdir;
-mehnat jarayonlarining o‘z-o‘zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligida, ayniksa dehqonchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez uzgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan;
-xodimlar daromadining dehqonchilikda va chorvachilikda pirovard iqtisodiy natijalarga bog‘liqligi. Bu bog‘liqlik mehnat opYeratsiyalarini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda uzini kattik nazorat qilishi shart bo‘lib hisoblanadi.
Skopustizimidagi “Environmental Science & Policy” jurnalining 2016 yil yanvar sonida Marcia SDeLonge, Albie Milesva Liz Carlisleclar muallifligidagi “Investing in the transition to sustainable agriculture (Barqaror qishloq xo‘jaligiga o‘tish davrida investitsiyalar)”e’lon qilingan maqolada keltirilishicha:”Sanoatlashgan qishloq xo‘jaligining ekologik ta’siri masalalariga aloxida e’tibor karatiladi, jumladan, bu xatarlarga issiqxona gazlari chiqindilari, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, o‘g‘itlar va pestitsidlar bilan keng miqyosda ifloslanishi, tuproqning yemirilishi inson salomatligi uchun xavflar kiritiladi.Makolada mazkur muammolarni yechimi sifatida... o‘sib borayotgan ilmiy tadqiqotlar markazi ekologik printsiplarga muvofiq ishlab chiqilgan va boshqariladigan fermerlik tizimlari ushbu dolzarb ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilishda jamiyatning oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishi mumkinligini ta’kidlaydi. Komponentlar: diqqat markaziga ko‘ra to‘rtta guruhga bo‘lingan: harajatlardan (L1) foydalanishni qisqartirish uchun tizim samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligiga (L2) ko‘proq ekologik printsiplar va ekologik printsiplarga asoslangan qayta loyihalash (L3: agroekologiya), yoki oziq-ovqat tizimining ijtimoiy-ekologik o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqalarni tiklash (L4: agroekologiyaning ijtimoiy yo‘nalishlari)”7 Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan hizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbati, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi.
Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning usishiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini xamda ijtimoiy-siyosiy tizimning rivojlanishini belgilab beradi.
Mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi bilan bir katorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasiga xam bog‘liqdir.
Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti.
U bir ishchi yoki hizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi- kuni, kishi-soatini) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taksimlash natijasida aniklanadi.
IVfk =MrIv
. (4.1)
bunda: IVfk - ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti;
MrIv - Mehnat resurslari hisoblangan bir kishining bir yilda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soati;
MrIn - bir kishi uchun qonunda belgilangan, ishlashi lozim bo‘lgan vaqt, kishi- kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birdan oshmasligi kerak. Agar u qanchalik kam bo‘lsa, bu Mehnat resursi foydali Mehnat jarayonida kam katnashganligidan dalolat beradi.
Mehnatning mavso‘miylik koeffitsiyenti.
Uning miqdorini bir yil, bir oy mobaynida eng ko‘p ish kunini shu davrdagi eng kam ish kuni miqdoriga taksimlash natijasida hisoblash mumkin. Bunda quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofikdir: