O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə16/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Yer va suv resruslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, yer va suv resurslari qishloq xo‘jaligining asosiy vositasi ekanligi.

  2. Yer va suvlarning tarkibi, ularni hususiyatlari nimalardan iborat

  3. Yer va suvdan foydalanish darajasini hamda samaradorligini qaysi ko‘rsatkichlar ifodalaydi

  4. Yer kadastri, uning tarkibi, amalga oshirilishi haqida nimalarni bilasiz

  5. Yer monitoringi, uning mazmuni haqidachi

  6. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda samaradorligini oshirishning qanday yo‘llari bor

5-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUV RESURSLARI, ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIG


Reja:
1.Suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va hususiyatlari, ularning maydoni tarkibi.
2.Suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
3.Suvdan foydalanish samaradorligi, uni oshirish yo‘llari. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.
1.Suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va hususiyatlari, ularning maydoni tarkibi.
O‘zbekiston xozirda jaxonda sug‘orma dehqonchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Sug‘oriladigan yyerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy kismi tuproq-suv sharoiti nisbatan kulay bo‘lgan vodiy va voxalarda joylashgan. Fargona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Kashkadaryo, Xorazm voxalari shular jumlasidandir. 1960 yillardan sung sug‘oriladigan yyerlar maydoni ikki martadan ziyod ko‘paydi. Usish asosan Mirzachul, Karshi chuli, Ellikkal’a massivi hisobiga ta’minlangan.
Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan yyerlar deb qishloq xo‘jaligi extiyojlariga ajratilgan, shuningdek shu maqsadlarda hududiy rejalashtirishga muvofik belgilangan yyer maydonlariga aytiladi.
Buz yyerlarga ilgari xaydalmagan ammo bir yildan ortikrok muddat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun turli urug‘larni ekishda foydalanilmaydigan yyer maydonlari kiradi.
Ko‘p yillik daraxtzorlarga - bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, bodomzorlar, anorzorlar, anjirzorlar kiradi.
YAylovlar-qishloq xo‘jalik mulkining barqaror bo‘lmagan vaqtinchalik ko‘rinishidir. SHu sababli qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yarokli bo‘lgan buz yyerlar maydonlarini asta-sekin xaydaladigan yyerlarga aylantirish, bunga yaroksizlaridan pichanzorlar va yaylovlar sifatida foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda muhim vazifalardan hisoblanadi.
CHorvachilik uchun tabiiy ozuqa bazasi bo‘lgan pichanzorlar va yaylovlar xam qishloq xo‘jaligida mulk sifatida katta ahamiyatga ega. Bu maydonlar maysazorlar, tabiiy usim- liklar bilan koplangan bo‘lib, pichan olish yoki chorvani utlatish uchun muljallangan.
Pichanzorlar va yaylovlar suvli, suvsiz, xo‘jalik xolatiga ko‘ra sof, butazor, yosh daraxtzor bilan koplangan, adirli va boshqa turlarga bo‘linadi.
Boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga kiyoslaganda 1 ga. xaydaladigan yyerdan olingan mahsulot xosili eng yuksak ko‘rsatkich hisoblanadi. Ana shundan kelib chikib, yyer maydonlaridan imkon kadar samarali foydalanish, uning ulchamlarini kamaytirmay, iloji bo‘lsa kengaytirib borish kerak.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yyerlarini qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lmagan toifaga utkazish istisno xolatlarda Respublika yyer kodeksida belgilangan koidalarga muvofik amalga oshiriladi.
Yer isloxoti - bu iqtisodiy isloxotlar jarayonida, yyerni dehqonlarga to‘lik biriktirish, yyerga egalik va undan foydalanish, xar bir dehqonning yuqori samarada ishlab, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishdagi ma’suliyati va manfaatdorligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy chora- tadbirlar majmuini ishlab chiqish xalk amaliyotiga joriy qilish hisoblanadi.
Yer resurslari bilan bir katorda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida suv resurslari xam muhim ishlab chiqarish omili bo‘lib hisoblanadi. Suv organik moddalar xosil bo‘lishidagi fotosintez jarayonida katnashib, o‘simlik organizmi uchun muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni yeritadi va ularni o‘simlik tomonidan uzlashtirilishini amalga oshiradi, qishloq xo‘jaligi ekinlari xosildorligining shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Mavjud suv resurslari xozirgi usib borayotgan talabni to‘lik kondira olmaydi. SHu suv resurslarining aksariyat kismi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlatiladi. Suv resurslari davlat muxofazasida, mulkchilik shakllari bo‘yicha taksimlanmagan. Respublikada mustakillik yillarida suvdan foydalanish isloxotlari olib borildi.
Sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish sug‘oriladigan yyerlarda suv tankisligini vujudga keltiradi. Bu esa uz navbatida xo‘jalik sug‘orish tizimlarida suvni bexuda nobud kilmaslik, suv sarfini kamaytirish, sug‘orish usullarini takomillashtirish bo‘yicha kator tadbirlarni amalga oshirish va suvdan foydalanishni kat’iy hisob-kitobini olib borish tartibini joriy etishni talab kiladi.
Suvdan foydalanish koeffitsiyenti.
U haqiqatda sug‘orilgan maydonni shu suv bilan sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydonga taksimlash natijasida aniklanadi. Buning uchun quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
SFK=SM/SMM;
bunda: SFK-suvdan foydalanish koeffitsiyenti yoki foizi;
SM-haqiqatda sug‘orilgan maydon, ga;
SMM-sug‘orilishi mumkin bo‘lgan maydoni, ga.
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlashda ekinlarga suv berish me’yoriga aloxida e’tibor berish maqsadga muvofikdir. CHunki unga rioya kilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo‘ladi. Demak, uning darajasi, ya’ni koeffitsiyenti 1 dan yoki 100 foizdan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agarda yuqori bo‘lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug‘orilgan bo‘lmaydi.
Foydalanish mumkin bo‘lgan yyerlardan bir yilda necha marta foydalanilganlik darajasini aniqlash uchun haqiqatda urug‘ ekilgan maydonni mavjud ekin ekilgan yyer maydoniga taksimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
EFS= UEM (3.10)
FM
bunda: YEFS-yerdan foydalanish soni, ya’ni 1 ga maydondan necha marta foydalanilganlik soni;
UEM- bir yil mobaynida urug‘, chigit ekilgan maydon, ga;
FM- foydalanilgan yyer maydoni, ga;
Bu ko‘rsatkich yordamida bir maydonga necha marta ekin ekib, foydalanganlik darajasi, ya’ni soni aniklanadi. Demak, uning soni birdan ko‘p bo‘lishi maqsadga muvofikdir. Buning uchun mavjud bo‘lgan yyerlardan bir necha marta ekin ekib, xosil olishga intilish lozim.
Suvdan foydalanish samaradorligi.
Bu ko‘rsatkich yordamida xar bir metr kub suv evaziga olingan yalpi mahsulot miqdori, qiymat, daromad va sof foyda so‘mmasi quyidagi tenglik yordamida aniklanadi:
SFS = *L: YAMK: YADK SF_

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin