2.Xo‘jalikyuritishshakllaritizimi.Qishloqxo‘jaliginingijtimoiy-iqtisodiytuzilmasi Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli tuman shakllari, iqtisodiy manfaatlari va ularni amalga oshirish sharoitlarida xo‘jalik yuritishning turli tuman shakllari asos qilib olinadi.
Har bir mulk shakliga mos ravishda xo‘jalik yuritish shakli yoki qishloq xo‘jaligi korhonasi to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida korhonalarning quyidagi turlari rivojlantiriladi:
-Ishlab chiqarish vositalariga hususiy mulkchilikka asoslangan dehqon xo‘jaligi. Yer resurslari bu yerda hususiy mulkda yoki ijara sharoitida bo‘lishi mumkin.
Mamlakatda uzoq vaqtlar mehnatni tashkil qilishning va xo‘jalik yuritishning dehqon, oila xo‘jalik shakllariga unchalik e’tibor berilmas edi.
-Jamoa mulkning turli shakllaridan foydalanishga asoslangan, ijara korhonalari, kollektiv korhonalar, qishloq xo‘jalik korhonalari, aksiyador jamiyati ko‘rinishidagi korhonalar, xo‘jalik uyushmasi (birlashmasi)ga tegishli korhonalar;
-Davlat mulkiga asoslangan turli xil davlat korhonalari.
Qishloq xo‘jaligida mustaqil korhonalardan tashqari, shuningdek tarmoq hududiy yoki boshqa tamoyillarga asoslangan ixtiyoriy birlashmalar, xalqaro tashkilotlar mavjud bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan xo‘jalik yuritish shakllari, korhona va birlashma turlari, shuningdek, dehqon xo‘jaligi, mamlakat qishloq xo‘jaligining ijtimoiy-iqtisodiy strukturasini tashkil qiladi. Har bir mamlakatda, hududda o‘ziga xos sharoitdan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy struktura har xil bo‘ladi, ya’ni xo‘jalik yuritish shakllari, korhona va birlashma turlari har xil bo‘ladi.
Agrar iqtisodiyotning ko‘p ukladliligini tan olish, nazariy jihatdan xo‘jalik yuritishining har qanday shakli harakat qilishining teng huquqligini tan olish demakdir. Bu masalaning amaliy tomoni hozirgi vaqtdagi qishloq xo‘jaligining real holatini hisobga olishdir. Mavjud xo‘jaliklar bilan bir qatorda agrar iqtisodiyotdagi ko‘p ukladli zvenolarni tan olish xo‘jalik yuritishning turli ijtimoiy- iqtisodiy shakllari o‘rni va chegarasini asoslab beradi. Iqtisodiy jihatdan baquvvat xo‘jaliklar faoliyatini to‘xtatib, ularni tugatish va boshqa korhonalarga aylantirish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bunday xo‘jaliklarda ijara va koopYerativ xo‘jalik shakllarini takomillashtirish uchun rezYervlar bo‘lsa ham ularga chetdan ta’sir o‘tkazmaslik kerak. Ancha ilgaridan buyon zarar ko‘rib ishlayotgan korhonalarni esa, obyektiv sabablari bo‘lgani uchun kelajakda mustaqil rivojlanishini, ularda qanday xo‘jalik shakllarini joriy qilishni dehqonlar o‘zlari hal qilishlari kerak. Qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladlilikning rivojlanishi, dehqon xo‘jaligining mustahkamlanishi o‘z navbatida qishloq xo‘jalik korhonalarini qayta tashkil qilish, ularning vazifalarini va strukturalarini o‘zgartirishni, ularni koopYerativlarga (uyushma, ittifoq va boshqalar) aylantirishni taqozo qiladi. Yer va chorva mollari mahsuldorligini oshirish uchun, mahsulot sifatini yaxshilash va uni ishlab chiqarish xarajatini pasaytirish uchun olib borilgan raqobat kurashida samaradorlik to‘g‘risidagi masala va xo‘jalik yuritishining u yoki bu shaklining afzalligi aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligida turli mulk shakllari va korhona turlari o‘rtasidagi raqobat kurashida davlat aktiv rol o‘ynaydi. Bu davlat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan buyurtmalarini tanlov asosida bajarishda, soliq va kreditlarni amalga oshirishda, yangiliklardan foydalanishda, davlat byudjetidan kapital mablag‘larni moliyalashtirishda namoyon bo‘ladi.