Nazorat uchun savollar 1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi nima
2.Mahsulot tannarxi tushunchasi va turlari
3.Mahsulot tannarxini hisoblash usullari qanday
4.Mahsulot tannarxini pasaytirish qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi
14-Mavzu. Qishloq xo‘jaligida narx va narxlarni shakllantirish
Reja: 14.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va vazifalari 14.2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narxlar tizimi 14.3. Bozor sharoitida narxlar shakllanishini takomillashtirish
1 14.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va vazifalari Bozor sharoitida baho alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki baho orqali tovar, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o‘tadi. Shuningdek xo‘jalik ishlab chiqarish harajatlarining qoplanishiva foyda olish baho orqali amalga oshadi. Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi bo‘lib, uning dinamikasi, nisbati va o‘zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida baho va qiymat o‘zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo‘ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo‘yilgan past baho, odatda uni ishlab chiqarish harajatlarining pastligidan kelib chiqadi.
Erkin raqobat sharoitida baho me’yoriy harajatlarga teng bo‘ladi. O‘tmish iqtisodchilarning ta’kidlashicha, baho o‘rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. Bunday ta’rifda baho mahsulotga bo‘lgan talabdan ancha uzoqlashadi va o‘rtadagi bog‘liqlik yo‘qoladi. Haqiqatda esa mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi yoki pasayishi mos ravishda bahoni oshiradi yoki pasaytiradi. Demak, baho va talab o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘lanish mavjud.
Shuningdek, talab o‘z navbatida mahsulot taklifi bilan ham bog‘langan. Bu bog‘liqlik bahoni muvozanatlashtiradi va ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida resurslarni oqilona taqsimlashga olib keladi. Muvozanat bahosi, xuddi talab va taklif singari bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bozor bir xil tovar va hizmatlarga turli xil baho darajalarini o‘rnatishni tavsiya etadi. Turli xaridorlar tomonidan sotib olinadigan bir xil tovarlarga turli baholarning o‘rnatilishi bahoning diskriminasiyasi deyiladi. Demak, bahoning miqdori tovar qiymatiga to‘g‘ri proporsional. Qiymat qonuni baho harakati qonuni bo‘lgani bilan har doim ham va har qanday tovar uchun ham bir xil bo‘lavYermaydi. Bahoda faqat tovar qiymati emas, balki ayirboshlash sharoitlari, talab va taklif, bahoning davlat tomonidan tartibga solinishi (boshqarilishi) ishlab chiqaruvchi va iste’mol o‘rtasida qiymatning taqsimlanishi ham aks etadi. Shuning uchun baho qiymatning ko‘rinish shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligida baho quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
Bahoning hisoblash yoki o‘lchash vazifasi. Iqtisodiyotda bahoning turli tizimlari yordamida yalpi va tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy-pul xarajatlari, sof daromad, foyda kabi barcha qiymat ko‘rsatkichlari rejalashtiriladi va hisobga olinadi;
Bahoning rag‘batlantirish vazifasi. Har bir xo‘jalikning mahsulot sotishdan oladigan daromadi, eng avvalo, tovarning ishlab chiqarish xarajatlariga va bahosiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, mahsulot bahosining ko‘tarilishi shu mahsulotni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga undaydi;
Bahoning taqsimot vazifasi. Tovarlar bahosining o‘zgarishi moddiy tovarlarni qayta taqsimlash imkonini beradi. Bundan tashqari baho yordamida qo‘shilgan qiymatni, sof daromadni va h.k.larni taqsimlash va qayta taqsimlash amalga oshiriladi, shuningdek kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sfYerasini moliyalashtirish amalga oshiriladi;
Bahoning tartibga solish (boshqarish) vazifasi. Baho orqali ishlab chiqarish va iste’mol, talab va takliflar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Mehnat va ishlab chiqarish vositalarining tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ham baho orqali amalga oshadi.