Nazorat va muhokama uchun savollar: 1.Nima uchun agrosanoat majmuasi milliy iqtisodiyotning ko‘p tarmoqli tizimi hisoblanadi
2.Agrosanoat majmuasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat
3.Agrosanoat majmuasi tarkibiga nimalar kiradi
4.Agrosanoat majmuasining rivojlanishini kanday ko‘rsatkichlar ifodalaydi, ular kanday aniklanadi
5.Agrosanoat majmuasining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni kanday
6.Agrosanoat majmuasi tarkibida qishloq xo‘jaligining o‘rni kanday
7.Agrosanoat majmuasining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni kanday
8.Agrosanoat majmuasini shakllantirishning zarurligi nimada
4-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER RESURSLARI, ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. REJA Yer resurslari qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer resurslarining tarkibi
Mulk munosabatlari tizimida yer resurslari. Yer mulkini ro‘yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmi
Mulk munosabatlari tizimida yer resurslari. Yer mulkini ro‘yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmi
Yer resurslari qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi. Mamlakat yer resurslarining tarkibi Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning moddiy unsurlari orasida yer resurslari muhim o‘rinni egallaydi. U moddiy boylik yaratish- ning dastlabki shart-sharoiti va tabiiy asosi hisoblanadi. Fanda, yerni mehnat vositalari, mehnat predmetlari va manzilgoh joylami yaratuvchi buyuk laboratoriya, xazina ekanligi ta’kidlangan.
Yer resurslari — buyuk va hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan milliy boylik. Yer resurslari — boshqa ishlab chiqarish vositalaridan tubdan farq qilgani holda asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o‘ziga xos hususiyatlarga ega va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yer tabiat mahsuli. Inson mehnati tuproq hususiyatini o‘zgartiradi, bu lining mehnat predmeti ekanligi. 0‘simliklaming rivojlanishi va o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishi uning mehnat vositasi ekanligi. Ikkalasi birgalikda uning ishlab chiqarish vositasi ekanligini bildiradi.
Yerning hududiy chegaralanganligi va uning takror yaratilmasligi. Yer boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi insonning xohishi bilan ko‘payib qolavermaydi.
Yerni almashtirish mumkin emasligi. Yerni boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi almashtirib boMmaydi, undan boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga qarab takomillashganlari bilan almashtiriladi.
Yerni siljitib bolmasligi. Yer qayerda joylashgan bo‘lsa, o5sha yerda undan foydalanish mumkin, uni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish mumkin emas.
Yer uchastkalarining sifati bo‘yicha turli-tumanligi. Yer uchastkalariga bir xil miqdorda mablag‘ va mehnat sarflansa ham olinadigan mahsulotlar miqdori turlicha boMishi mumkin.
Boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganda eskiradi, o‘zining foydalilik hususiyatini kamay- tiradi va butunlay ishdan chiqadi.
Yer umrbod ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, eskirmaydi, aksincha, u yaxshilab parvarish qilinsa, ko‘p hosil beradi. Yeming bu hususiyatlari uning umrbodligiga, ya’ni parvarish qilinayotgan o‘simlikni zarur oziqa moddalari bilan qondirish va hosil yetishtirish hususiyatiga ega ekanligiga bog‘liq. Iqtisodchilar tuproq unumdorligini uch turga ajratganlar:
Tabiiy;
Sun’iy;
Iqtisodiy.
Tuproqning unumdorligi — quyosh, shaniol, suv kabi tabiiy kuchlaming ta’sirida uzoq davom etgan tuproq hosil bo‘lishi jarayonining natijasidir. Tuproqning tabiiy unumdorligi uning fizik, kimyoviy va biologik hususiyatlarini xarakterlaydi, u dehqonchilik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boiib, iqtisodiy unumdorlikning asosi hLsoblanadi. U insonning mehnat faoliyatiga bog‘liq boklmagan holda harakat qiladi. Lekin tabiiy unumdorlik yeming potensial sifatinigina xarakterlaydi. Tuproq oziqa modda- lariga boy bo‘lganligi bilan, unga ishlov berilmasa, ya’ni inson mehnati ta’sir etmasa, u kutilgan natijani bermasligi mumkin.
Insonning ishlab chiqarish faoliyati natijasida yaratilgan unumdorlik sun’iy unumdorlik deb ataladi, u ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi va shuning uchun jamiyat rivojlanisliining turli bosqichlarida bir xil emas.
Tabiiy va sun’iy unumdorlik birlikda iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Tuproq unumdorligi — doimiy miqdor emas, u oshib borishi ham, pasayishi ham mumkin. Tuproq unumdorligi mutlaq va nisbiy shakllarda ham o‘iganiladi. Mutlaq unumdorlik qishloq xowjaligi ekinlari hosildorligini xarakterlaydi. Nisbiy unumdorlik esa ishlab chiqarish xarajatlari birligi hisobiga olingan mahsulot miqdorida aks etadi. Jahon fani va amaliyoti tuproq unumdorligining pasayib borishi haqidagi g‘ayriilmiy qonunning to‘liq asossiz ekanligini isbot qildi. Bu qonunga binoan yeiga sarflangan qo‘sliimcha mehnat va kapital, qo‘shimcha olinadigan mahsulotning miqdorini kamaytiradi.
Bunga qarama-qarshi o‘zbek iqtisodchisi, professor A.A. Abdug‘aniyev o‘z ilmiy ishlarida tuproq unumdorligining oshib borish jarayonini qonun darajasiga ko‘tarish haqida fikr yuritgan. Chunki yeiga qancha kokp unumli mehnat qilinsa va to‘g‘ri, ilmiy asos- langan xarajatlar qilinsa, unumdorligini pasaytirmasdan, aksincha, bir xil darajada ancha vaqt saqlab turishi va ba’zi-ba’zida oshirib turishi ham mumkin. Shunday qilib, yer o‘z unumdorligini takror yaratadi.