Modernizatsiyalashning asosiy vazifasi. Modernizatsiyalashning eng asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligini ilm-fanga va yuqori tehnologiyalarga asoslangan industrial tarmoqka aylantirish asosida uni raqobatbardoshligini muntazam oshirib borilishini taminlashdir. Modernizatsiyalash jarayoni nafakat qishloq xo‘jaligiga yangi texnika va tehnologiyalarni joriy etilishini balki axborot resurslarini qayta ishlab inovatsiyalarga aylantira olishga qodir bo‘lgan sifat jixatdan yangi kadrlarni shakillanishini ham taqozo etadi. Modernizatsiyalash inovatsion jarayon bilan o‘zaro o‘zviy bog’liqlikda amalga oshirilishi zarur. Sababi modernizatsiyalashning samaradorligi uni amalga oshirilishi jarayonida inavatsion tehnologiyalarni qo‘llanilishi darajasiga bevosita bog’liqdir.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashning zarurligi.
Ishlab chiqarishga yangi texnika va tehnologiyalarni joriy etish.
Axborot resurslarini qayta ishlashga qodir bo‘lgan sifat jixatdan yangi va yuqori malakali kadrlarni shakillantirish.
Erni meliorativ xolatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish.
Ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Tarmoq raqobatbardoshligini oshirish.
Tarmoqni barqaror rivojlanishini ta’minlash.
Ishlab chiqarish samaradorligini optimal darajaga ko‘tarish.
Mamlakatni qishloq xo‘jaligi xomashyosiga va axolini ozik-ovkat mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlarini to‘la qondirish.
Modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari.
ishlab chiqarishni zamonaviy tehnologiyalar bilan jixozlash.
tarkibiy jixatdan texnik-texnologik qayta to‘zish.
ishlab chiqarishni ma’naviy jixatdan yangilash.
Modernizatsiyalashning ushbu yo‘nalishlari bir birlari bilan o‘zviy bog’liqda amalga oshirilgandagina kutilgan yakuniy natijaga erishish mumkin bo‘ladi.
Dehqonchilikni modernizatsiyalashning asosiy omillari.
yangi texnika va samarali tehnologiyalar.
malakali xodimlar va ularning ushbu jarayon bo‘yicha ko‘nikmalari.
sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va irrigatsiya- melioratsiya holati.
Eng asosiy omil bu sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilanishi asosida tuproq unumdorligini oshirishdir. Sababi, dehqonchilikni moderni- zatsiyalashning yakuniy samaradorligi oxir oqibatda shu omilga bog‘liqdir.
Dehqonchilikni modernizatsiyalashning samaradorligi:
modernizatsiyalash jarayoni o‘zining yakuniy natijasini erishilgan iqtisodiy samaradorlikda topadi;
modernizatsiyalash jarayonining iqtisodiy samarodorligi bir qator natural va qiymat ko‘satkichlari bilan aniqlanib, ular ichida retabellik darajasi aloxida o‘rin tutadi;
modernizatsiyalash jaroyonidan kutilgan iqtisodiy samaradorlikka birdaniga erishib bo‘lmaydi, u to‘la amalga oshirilgandan so‘ng ro‘yobga chiqadi;
modernizatsiyalash jaroyoni o‘zining mantikiy poyoniga yetkazilganda mahsulotlar raqobatbardoshliligiini keskin oshirilishi asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini optimal darajaga ko‘tarish imkoniyatlari yaratiladi.
modernizatsiyalash inovatsion jarayon bilan o‘zaro o‘zviy bog’liqlikda amalga oshirilishi zarur. Sababi modernizatsiyalashning samaradorligi uni amalga oshirilishi jarayonida inavatsion tehnologiyalardan qay darajada foydalanilishiga bevosita bog’liqdir.
Paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarini modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari:
moddiy – texnika bazasini mustaxkamlash asosida yangi texnika va samarali tehnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
mehnat jamoalarining kasbiy tayyorgarligini yangi texnika va tehnologiya- larni ishlab chiqarishga samarali joriy eta olish darajasiga ko‘tarish;
xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish asosida, ularni kamida 6- 8 ta qo‘shimcha kasblarga ega bo‘lishlarini taminlash;
raxbar va mutaxassislarning iqtisodiy, xuquqiy va texnik – texnologik sohalardagi tayyorgarligini talab darajasiga ko‘tarish;
ishlab chiqarishni barqaror rivojlanishini ta’minlash;
mahsulot raqobatdoshligini keskin oshirish;
iqtisodiy samaradorlikni optimal darajaga ko‘tarish.
Nazorat va tekshirish uchun savollar. 1.Agrar soha deganda nimani tushunasiz
2.Agrar sohani mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni qanday
3.Agrar isloxotlarni chuqurlashtirish deganda nimani tushunasiz
4.Agrar isloxotlarni chuqurlashtirishning zarurligi nimada
5.Agrar isloxotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga nimalar kiradi
6.Agrar islohatlarni chuqurlashtirish bosqichlariga ta’rif bering
7.Agrar sohada yuz berayotgan tub tarkibiy o‘zgarishlar nima
8.Agrar isloxatlarning natijalari va muammolari nimalardan iborat
9.Fermer xo‘jaliklarini xo‘jalik yuritishning ustivor shakliga aylanishi deganda nimani tushunasiz
10.O‘zbekiston fermerlari kengashiga ta’rif bering
11.O‘zbekiston fermerlari kengashining afzalliklari nimada
3-MAVZU.AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYATI, TARKIBI VA VAZIFALARI.