O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə11/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

1-bo‘g‘in - agrosanoat majmuasi tarkibidagi korhonalar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jaligi mashinasozlik, traktorsozlik sanoati; kimyo sanoati; neft mahsulotlari sanoati, mikrobiologiya sanoati; oziq-ovqat mashinasozlik, stanoksozlik sanoati; kurilish materiallari sanoati va boshqalardan iborat bo‘lib , bu sanoat korhonalarining asosiy maqsadi - agrosanoat majmuasi tarkibidagi, xususan, qishloq xo‘jaligi va unga irrigatsiya-melioraqiya, texnika ta’minoti va ta’mirlash, kimyolashtirish, zooveterinariya, elektrlashtirish hizmatlarini ko‘rsatuvchi xamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi paxta tozalash sanoati, don mahsulotlari, meva, sabzavot, uzum sanoati, go‘sht-sut sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati korhonalarini va nixoyat, tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari (mashina, traktor, stanok, kimyoviy vositalar, yokilgilar, ozuqa moddalari) bilan ta’minlash orkali ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik va korhonalarning moddiy-texnika bazasini barpo etishga ulkan xissa kushish. Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining talab darajasida shakllantirilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilib, mexanizaqiyalashtirilib, elektrlashtirilib, jonli Mehnat sarfi kiskarib, Mehnat unumdorligining kutarilishi ta’minlanadi. Ular shu tarmoqlardagi Mehnat jarayonining o‘zgarishiga ta’sir etadi, ya’ni oddiy Mehnat industrlashgan Mehnatga aylanib boradi. Agrosanoat majmuasining bu bo‘g‘ini tarkibidagi tarmoqlarda minglab korhonalar faoliyat ko‘rsatib, jami ichki mahsulotning 65-70 foizi yaratilmokda.
2-bo‘g‘in - agrosanoat majmuasining asosiy tarmog‘i hisoblanib qishloq xo‘jaligidan tashkil topadi. Qishloq xo‘jaligining dehqonchilik xamda chorvachilik tarmoqlarida sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo (paxta, don, kanop, zigir, kand lavlagi, jun, teri, kunjut, uzum), axoli iste’moli uchun esa ozik ovkat mahsulotlari ( go‘sht, sut, sabzavot, poliz, meva, kartoshka mahsulotlari) yetishtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi agrosanoat majmuasining asosiy, ya’ni markaziy tarmog‘i hisoblanadi. Uning barqaror rivojlanishi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi, qishloq xo‘jaligiga hizmat ko‘rsatuvchi, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saklovchi xamda iste’molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlar faoliyatiga bog‘liq. Ular qishloq xo‘jalik korhonalarini barcha turdagi texnikalar, kimyoviy vositalar, yokilgi, kurilish materiallari, stanoklar bilan uz vaqtida ta’minlab, mavjud qishloq xo‘jalik texnikalarini arzon va sifatli ta’mirlab, tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydigan hizmatlarni ko‘rsatib, unda yetishtirilgan mahsulotlarni yigib-terib, qayta ishlab, iste’molchilarga sifatli xolda yetkazib bersalar, qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga katta xissa kushgan bo‘ladilar. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida majmua tarkibidagi tarmoqlarning xam kengayishi ta’minlanadi, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talab ortadi. Bu talabni kondirish uchun sanoat tarmoqlari intensiv faoliyat ko‘rsatish bilan ishlab chiqarish xajmining kengayishga xam erishiladi. Tarmoqda qishloq xo‘jalik mahsulotlari xajmining barqaror ravishda usishi ularni qayta ishlovchi tarmoqlar samarali faoliyat ko‘rsatishini talab etadi. Demak, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlar qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq. SHu sababli respublika qishloq xo‘jaligini maqsadga muvofik tashkil etish va zamon talabi asosida boshqarishga aloxida e’tibor berilmokda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin