O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Agrar isloxatlarni o‘tkazishda ob’ektiv iqtisodiy va xuquqiy qonunlarning tutgan o‘rni



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə8/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

4.Agrar isloxatlarni o‘tkazishda ob’ektiv iqtisodiy va xuquqiy qonunlarning tutgan o‘rni
Agrar sohada bozor munosabatlarini tarkib topishi va rivojlanishi sohada tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirilishini taqozo etadi. Tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham agrar isloxatlarni chuqurlashuvi asosida sohada tub tarkibiy o‘zgarishlar sodir etilmokda. Sababi, yangi iqtisodiy tizim hisoblangan bozor iqtisodiyoti samarali faoliyat ko‘rsata olishi uchun u o‘ziga mos keladigan yangi tarkibiy to‘zilmaga ega bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytilganda qishloqda yuz berayotgan tub tarkibiy o‘zgarishlar agrar isloxatlarni chuqurlashtirishning qonuniyatli natijasidir.
Agrar isloxatlarni chuqurlashuvi va qishloqda o‘kazilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar asosida sohani barqaror rivojlanishi ta’minlanmokda. 2000- 2013 yillarda qishloq xo‘jaligi YAIMni hajmi 2,3 martaga ko‘paydi. Jumladan, 2013 yilda qishloq xo‘jaligi YAIMni yillik o‘sishi 6,8 foizni tashkil etgani xolda, bu ko‘rsatkich dehqonchilikda 6,4 foizga, chorvachilikda esa 7,4 foizga teng bo‘ldi. Lekin qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan muntazam yuqori o‘sish sur’atlari bilan birga, uni mamlakatimiz YAIMning umumiy hajmidagi ulushini kamayishi tendentsiyasi ko‘zatilmoqda. Oxirgi 14 yilda mamlakatimiz YAIMning umumiy hajmida sanoatning xissasi 14,2 dan 25,0 foizga va hizmat ko‘rsatish sohasiniki 36,8 dan 54,0 foizga ko‘tarilgani xolda qishloq xo‘jaligini ulishi 30,1 dan 17,0 foizga pasaygan. Bu mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning ijobiy natijasi hisoblanib, u O‘bekistonni agrar respublikadan bosqichma-bosqich sanoati rivojlangan zamonaviy industrial davlatga aylanib borayotganligini to‘la asoslaydi.
Agrar isloxatlarni chuqurlashuvi jarayonida sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar va sifat jihatdan yangilanishlar yuz bermoqda. Respublikada, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlari to‘liq ta’minlanib, ularni bir qismini chet mamlakatlarga eksport qilinmokda. Vaxolanki, mustakillik arafasida, ya’ni 1990 yilda axoli istemoli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, gusht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yakini, kartoshkaning 50 foizi, shakar va kuruk sutning barchasi chetdan keltirilar edi.
1-jadval.

Yillar

YAIMni xajmi

Shu jumladan

Fermer
xo‘jaliklari

Dehqon xo‘jaliklari

Boshqa qishloq xo‘jalik korhonalari

Qishloq xo‘jaligi yalpi ichki mahsulotini tarkibi,%



2000 y

100

5,5

66,7

27,8

2008 y

100

32,5

65,3

2,2

2012 y

100

34,4

63,5

2,1

2013 y

100

Z4,0

64,0

2.0

2014 y

100

34,6

63,5

1,9

  1. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki 200-2014 yillarda qishloq xo‘jaligining tarkibiy to‘zilishida keskin ijobiy o‘zgarishlar yuz bermokda. Oxirgi 14 yilda qishloq xo‘jaligi YAIMda fermer xo‘jaliklarini xissasi 6,3 martaga oshib 34,6 foizga ko‘tarilgani xolda, boshqa qishloq xo‘jaligi korhonalarining ulishi 14,6 barobarga kiskarib, atigi 1,9 foizni tashkil etadi xolos. Qishloqda hususiy tadbirkorlikning yana bir asosiy shakli bo‘lgan dexqon xo‘jaliklarining bu sohadagi tutgan o‘rni keskin o‘zgarmagani xolda 63,5 foizga tengdir.

Agrar isloxatlarni chuqurlashuvi asosida qishloqda yuz berayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar.Keltirilgan ma’lumotlar fermer xo‘jaligini qishloqda xo‘jalik yuritishning ustivor shakliga aylanganligini to‘la asoslaydi. Undan tashqari sohada birlamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish to‘laligicha hususiy tadbirkorlar kuliga topshirildi, yani 2014 yilda dexqon va fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi YAIMdagi ulishi 98,1 foizini tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash uni texnik va texnologik jixatdan tubdan yangilanishi jarayoni bo‘lib, unga respublikada tarmoq tarakiyotini belgilovchi asosiy omil sifatida karalmokda. Sababi,qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishiga oxir-oqibatda modernizatsiyalash asosida uni raqobatbardoshligini oshirish orqali erishiladi. Shuning uchun ham Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash 2010 yilada 7 ta ustivor yo‘nalishning to‘rtinchisi, 2011- 2013 yillarda esa ikkinchisi etib belgilandi.


Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash uni texnik va texnologik jixatdan tubdan yangilanishi jarayoni bo‘lib, unga bir birlari bilan o‘zviy bog’liq bo‘lgan uch yo‘nalish, ya’ni ishlab chiqarishni zamonaviy tehnologiyalar bilan jixozlash, tarkibiy jixatdan texnik-texnologik qayta to‘zish va ishlab chiqarishni ma’naviy jixatdan yangilash asosida erishiladi.
Xulosa qilib aytilganda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash malum bir davrni talab qiladigan murakkab va ko‘pqirrali iqtisodiy jarayon bo‘lib u aniq maqsadlarga yunaltirilgan maxsus istiqbolli dasturlar asosida boskichma-boskich amalga oshiriladi. Bu sohada Prezidentimizning bevosita ko‘rsatmalari asosida qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan sohada ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan maxsus dastur ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermokda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin