Guruhlarda ishlash uchun topshiriq “Baliq skeleti” texnikasi asosida “Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish muammolari ” savoliga javob bering.
Nazorat va muhokama uchun savollar: Ijtimoiy infratuzilma tushunchasi va tarkibi
Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga tashkil qilinadigan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini tashkil qilish yo’llari
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatini moliyalash va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmi
Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatini ta’minlashda femerlar ishtirokini ta’minlash
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil qilish orqali qishloq aholisigi madaniy-maishiy hizmat ko’rsatish tizimini shakllantirish
Qishloqlarda aholiga madaniy-maishiy hizmat ko’rsatishni rivojlantirish yo’llari
Fermer xo’jaliklari samaradorligiga ijtimoiy infratuzilmaning ta’siri qanday
22- amaliy mashg’ulot. “Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi” (6 soat) (1- qism)
1.Qishloq xo’jaligidagi yalpi va o’rtacha xarajatlar, ularning ahamiyati.
2.Xarajatlar tarqibi, ularning turkumlashtirilishi.
3.Mahsulot tannarxi haqida tushuncha (o’rtacha xarajatlar), uning turlari, aniqlash tartibi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining tannarxi va xarajatlarni qisqartirish yo’llari.
4.Uzoq va qisqa muddatli xarajatlar. Ishlab chiqarish xarajatlari, ularning tarqibi. Davr xarajatlari, ularning tarqibi. Ishlab chiqarish xarajatlarini tejash, mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari.
Uslubiy maslaxatlar Amaliy mashg’ulotni boshlashda talabalarga mazkur mavzu bo’yicha amaliy mashgulotning mavzusini mohiyati va maqsadi xamda bajariladigan topshiriqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Qishloq xo’jaligi mamlakatimiz xalq xo’jaligining eng muhim tarmog’i, uning serqirra faoliyatini tashqil etish va boshqarish uchun ma’lum miqdordar moddiy, pul hamda mehnat sarf-xarajatlari amalga oshiriladi. Ularning mamlakat miqyosidagi miqdori jami ijtimoiy xarajatlar deb ataladi. Ijtimoiy xarajatlar ijtimoiy mahsulot qiymati bilan tengdir.