Javoblar va ularni tekshirish jadvali
S
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V/
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3. Quyidagi testlarni ishlang:
Tovar mahsuloti nima
A) yalpi mahsulotning iste’mol qilingan qismi
V) yalpi mahsulotning sotilgan qismi
S) yalpi mahsulotning xo’jalikda kolgan qismi
D) yalpi mahsulotning hammasi.
Davlat buyurtmasi deganda nimani tushunasiz
A) jamiyat uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni davlat tomonidan rag’batlantirish
V) davlat buyurtmasini ishlab chiqarish tayyorlash va kayta ishlab chiqarish
S) qishloq xo’jaligida davlat buyurtmasi asosida tovar ishlab chiqarish
D) davlat buyurtmasi buyicha boshqarish usullari.
Paxtachilikda yalpi hosil qanday taksimlanadi
A) yalpi mahsulotdan foydani aniqlash asosida
V) yalpi mahsulotdan yalpi hosilni chegirish yo’li bilan
S) paxta hosildorligini ekin maydoniga ko’paytirish yo’li bilan
D) paxta hosildorligi va tannarx asosida.
Ekin maydoni birligiga to’g’ri kelgan mahsulot miqdori nima
A) yalpi hosil
V) tovar mahsuloti
S) yalpi mahsulot
D) hosildorlik.
Mavjud ekin maydonlaridan yetishtirilgan mahsulotlarni miqdordagi yigindisi qanday nomlanadi
A) hosildorlik
V) yalpi mahsulot
S) yalpi hosil
D) tovar mahsuloti.
Mahsulotning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi
A) sotilgan mahsulotning jami mahsulotga nisbati orqali
V) yalpi mahsulotning shartnomadan qismini ayrish orqali
S) jami mahsulotning sotilgan mahsulotga nisbati orqali
D) yalpi hosilning hosildorlikka nisbati orqali.
Javoblar va ularni tekshirish jadvali
Amaliy mashg’ulot bo’yicha talabani reytingi:
Ra = Tj / Jst x 100 = / x 100 = %
33- amaliy mashg’ulot. “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni rejalashtirish”
(4 soat) (1- qism)
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan korhonalarning ichki iqtisodiy munosabatlarini o’zida anik,aks ettira oladigan mexanizm bu - rejalashtirishdir.
Bozor iqtisodiyotining talab va taklif qonuniyatlariga tayangan xolda yaratilgan rejalashtirish tizimi, kishloq xujalik korhonalarida mavjud bulgan tarmoklar o’rtasida, ularning ichki resurslaridan foydalanishda mutanosiblikni o’rnatib, ishlab
chiqarishning uzluksiz va tez sur’atlar bilan rivojlanib borishiga imkoniyatlar yaratadi.
Rejalashtirishning asosiy maqsadi bozorni sifatli, arzon va rakobatbardosh tovar mahsulotlari bilan to’ldirishda, kishloq.xo’jalik korhonalarining soha va tarmoqlari o’rtasida ichki resurslar bilan ta’minlanish mutanosibligini o’rnatish va ulardan foydalanish samaradorligiga erishishdir. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlaridan g’oyat unumli va samarali foydalanishni ta’minlash bilan shunga mos yuksak ishlab chiqarish munosabatlarini ham yuzaga keltiradi. Iqtisodiy tashabbus va ishbilarmonlikni rivojlantiradi. Har bir kishining milliy boylikni oshirish mas’uliyatini kuchaytiradi, har bir kishini boy qilish orqali jamiyatni ham boyitib boradi.
Erkin bozor munosabatlarini takomillashtirish hamda iqtisodiyotni leberallashtirish sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri va oqilona tashkil etish davlatning ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosati asosini tashkil qiladi. Muayyan makon va zamondagi ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish negizida uning ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganish, aniq xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar belgilash mumkin. Binobarin, samarali, barqaror rivojlanib boruvchi ishlab chiqarish tizimini yuzaga keltirish tom ma’noda o’ziga xos tamoyillarga asoslangan ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil qilish, tabiat bilan jamiyatning qonun va qonuniyatlarini anglash, ularni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish hamda amaliyotga qo’llashni nazarda tutadi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmonning maqsad-mohiyati ham mamlakat mintaqalarida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy jihatdan to’g’ri va oqilona tashkil etish orqali milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi aholisi tomonidan keng muhokama qilingan mazkur Harakatlar strategiyasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini beshta ustuvor yo’nalish doirasida qamrab olganligi va "ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral - xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash”ga qaratilganligi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasi bo’lib, bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ilmiy manbalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishning quyidagi asosiy tamoyillari ajratiladi:
➢ ishlab chiqarish tizimlarini xomashyo manbalari, yoqilg’i va energiya resurslarini iste’mol mintaqalariga yaqin joylashtirish;
➢ yuqori samarali bo’lgan tabiiy resurslarni o’zlashtirish va majmuali foydalanish tizimini barpo qilish;
➢ mamlakat va mintaqalarda ekologik holatni sog’lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiatdan foydalanishning boshqaruv tizimini takomillashtirish;
➢ xalqaro kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va qulay geostrategik mavqeidan samarali foydalanish asosida xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini chuqurlashtirib, kengaytirib borish, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
➢ yirik shaharlarning haddan tashqari rivojlanishini tartibga solish, kichik va o’rta shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tabaqalanish jarayonini boshqarish, iqtisodiyot tarmoqlari dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda qonuniyatlar bilan bir qatorda tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-ekologik omillar ham muhim o’rin tutadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari ishlab chiqarish korhonalari, korhonalar guruhi, milliy xo’jalik tarmoqlarining oqilona tashkil etishda ularning ta’sir darajasini hisobga olinishini nazarda tutadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillarni ularning ta’sir darajasiga ko’ra, 4 guruhga bo’lish mumkin.
✓ tabiiy omillar;
✓ ijtimoiy-iqtisodiy omillar;
✓ ijtimoiy - demografik omillar;
✓ ijtimoiy-ekologik omillar.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar birlamchi xarakterga ega bo’lib, u hududda ishlab chaqarishni tashkil etishning moddiy asosi sifatida hizmat qiladi. Keyingi omil demografik jarayonlarning bugungi va istiqboldagi holatini hisobga oladi. Mehnat resurslari mavjud hududlarda sermehnat iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasi tizimlari, yuqori malakali mehnat resurslari mavjud hududlarda zamonaviy va o’ta zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qiladi. Aholining hududiy joylashishiga mos ishlab chiqarish tizimini shakllantirish migratsion jarayonlarning tartibga solish va boshqarish imkonini beradi. Bu o’rinda sanoat korhonalarini “filiallashtirish” orqali ishlab chiqarish kuchlarini hududlar bo’yicha bir tekis rivojlantirish mumkin.
Mavzuga oid nazorat savollari:
1. Rejalashtirish deb nimaga aytiladi
2. Rejalashtirishninig maqsadini tushuntiring.
3. Rejalashtirishning vazifalarn nimalardan iborat
4. Reja tuzish uchun kerakli xujjatlar.
5. Rejalashtirishda kaysi iqtisodiy ko’rsatkichlar taxlil etiladi
Dostları ilə paylaş: |