35- amaliy mashg’ulot. “Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish” (4 soat) (1--qism) Bozor munosabatlari iqtisodiѐtining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq xo’jaligini ham o’z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o’rin tutadi.
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. yerning tovarga aylanishi yerga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo’lishi yerning tadbirkorlik ob’ekti bo’lishi, yerning garovga qo’yilishi nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog’liq. yerdan tashqarida ishlab chiqarishning bo’lishi mumkin emas.
Qishloq xo’jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o’taydi, ma’lumki, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish ikki ѐqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jaraѐn bo’lsa ya’ni inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy biologik jaraѐn bo’lib, mahsulot yetishtirish tabiiy omillarga masalan, o’simlik ѐki hayvonlarda kechadigan biologik o’zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog’liq.
Qishloq xo’jaligi insonning tabiatiga bo’lgan munosabati bilan kishilarning o’zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiѐtning agrar sektorini tashkil etadi.
Er cheklangan, uni ishlab chiqarib bo’lmaydi, ammo foydalanadigan yerlarga investitsiya sarflab ko’paytirish mumkin.
O’zbekiston iqtisodiѐtining agrar sektorini rivojlantirish bozor munosabatlariga o’tishning asosiy hal qiluvchi bo’g’inidir. Qishloq xo’jaligi respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g’alla, go’sht va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
Qishloq xo’jaligi o’zining mahsulotini qayta ishlovchi va sotuvchi sohalar bilan, o’ziga kerakli resurslarni yetkazib beruvchi sohalar bilan integratiyalashadi. Aytilgan sohalar yaxlitlikda amal qila boshlaydi, qishloq xo’jaligi ham sanoat asosiga, ya’ni eng mukammal tehnologiya zamiriga ko’chiriladi. Mehnat unumdorligi keskin oshib, faoliyat foydasi ko’payadi. Qishloq xo’jaligi birinchidan, aholi yetarli miqdorda sifatli oziq-ovqat bilan, sanoatni esa kafolatlangan tarzda xom ashѐ bilan ta’minlaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rivojlanishi kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi.Bu rivojlanishga estensiv rivojlantirish va intensiv rivojlantirish yo’llaridan foydalangan xolda erishiladi.