O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Javoblar va ularni tekshirish jadvali



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə152/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Javoblar va ularni tekshirish jadvali

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

J





































V/







































2. Quyidagi javoblarni to’g’ri yoki noto’g’riligini tasdiqlang:

  1. YAlpi mahsulot tarmoqning, korhonaning bir yillik faoliyatini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichdir.

  2. Qishloq xo’jalik mahsulotlar bir yillik hajmining qiymati shu yilgi haqiqiy baholarda quyidagicha aniqlanadi: sotilgan mahsulotlar sotish baholarida; xo’jalik ichki ehtiyoji uchun berilganlari ularning tannarxlari bo’yicha.

  3. Qishloq xo’jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini e’tiborga olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo’jaligida ham pul-tovar (P-T) munosabatlari amalga oshiriladi.

  4. Mahsulotlarning tovarlilik darajasi tayyor mahsulot hamda talabdan kelib chiqqan holda turlicha bo’lishi mumkin. unga ayrim paytlarda davlatning siyosati ham ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, hozirgi davrda paxtaga nisbatan davlat buyurtmasi va talabning mavjudligi sababli uning tovarlilik darajasi 100 foizga teng.

  5. Ayrim mahsulotlar faqat ichki talablarni qondirish maqsadida yetishtirilishi mumkin. Bunday hollarda ularning tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan, ozuqa uchun yetishtirilgan yem-xashak, sabzi, turp, sholg’om, pomidor va boshqalar.

  6. YAlpi va tovar mahsulotlarning mamlakat, tarmoqlar hamda korhonalar iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi, qiymati o’sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining ham o’sishi ta’minlanadi.

  7. Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tarmoqda yetishtirilgan mahsulotlarning, chunonchi, urug’lik, yem-xashak, ozuqa kabilarning ma’lum bir qismi ichki talabni qondirishga sarflanadi.

  8. Qishloq xo’jalik korhonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlanishini ta’minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir qismi bu boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-hizmatchilarga ish haqi o’rniga natura holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi.

  9. Respublikada ekstensiv yo’l bilan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirish Farg’ona vodiysining aksariyat xo’jaliklarida, Xorazm viloyatida hamda eskidan don sug’oriladigan hududlarda ancha cheklangan.

  10. Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish lozim.

  11. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug’ullanuvchi barcha tashkilotlarning, korhonalarning faoliyatini rivojlantirish, ularning bo’limlarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish kerak.

  12. Barcha turdagi korhonalarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish eng dolzarb muammodir. U siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatga ega.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin