4.CHorvachilikda naslchilik bilan bog’liq ishlarni yaxshilash. CHorva mollarining nasli qancha yuqori bo’lsa, undan olingan mahsulot miqdori ham shuncha bo’ladi;
5. Mutaxassislarning malakasini oshirish, u mehnat unumdorligining o’sishiga ta’sir etadi.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o’zida aks ettiruvchi qiymat ko’rsatkichi sarflangan mehnat va mablag’ evaziga qancha so’mlik qo’shimcha mahsulot yetishtirilganligini ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlanish darajasini o’zida aks ettiruvchi qiymat ko’rsatkichlari quydagilardan iborat:
Bir gektar yer maydoniga to’gri kelgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va joriy ishlab chiqarish xarajatlari (amortizatsiyadan tashqari). Bu ko’rsatkich quyidagi ifoda ѐrdamida aniqlanadi.
If+Is 12 ID = -------------- E bunda: Id- intensivlik darajasi,
If- asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati,
Is- joriy ishlab chiqarish sarfi,
E- yer maydoni
2.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati. Bu ko’rsatkich har gektar yer maydoni hisobiga qancha ishlab chiqarish vositalari to’g’ri kelishini o’zida aks ettiradi;
3.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan joriy ishlab chiqarish xarajatlari. Bu ko’rsatkich har gektar yer va har bir qishloq xo’jalik hayvonlaridan olingan mahsulot uchun bevosita sarflangan xarajatlar miqdorini o’zida ifoda etadi;
4.Bir gektar yer hisobiga to’g’ri kelgan jonli mehnat sarfi. Bu ko’rsatkich mahsulot yetishtirishda sarflanaѐtgan jonli mehnat hissasini ko’rsatadi.
SHunday qilib, intensivlashtirishning natural va qiymat ko’rsatkichlari ѐrdamida intensivlashning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash mumkin.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko’paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jaraѐni nafaqat bir gektar yerga ѐki bir bosh molga qo’shimcha mablag’ning o’sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur’atda olishda ifodalanadi.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganlari quyidagilar:
- bir gektar yer maydonga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot