Melioratsiya /Мелиорация/ Meltoration - sug’oriladigan yerlardagi tuprok
unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi, ortikcha hisoblangan zax suvlarini shu hududlardan okizib chiqarib yuborish kobilyatiga ega bo’lgan kollektor-drenaj, zovurlar tizimini barpo etuvchi tadbirlar majmuasi.
Sug’oriladigan yerlar /Орошаемые земли/ Irrigated agriculture - qishloq xo’jaligida foydalanish va sug’orish uchun yarokli bg’lgan, suv resurslari shu yerni sug’orilishini ta’minlay oladigan sug’orish manbai bilan bog’langan yerlardir.
Tuprokning unumdorligi /Плодородия почвы/ Soil fertility - tuprok tarkibida mavjud bo’lgan turli xildagi mikro va makro elementlarning mahsulot yetishtirish maqsadida amalga oshiriladigan agro-texnik hamda texnologik tadbir yordamida mahsulot yetishtirib berish qobiliyatidir.
Ekinlar xosildorligi /Урожайность культур/ Plant production - tadbirkorlik bilan amalga oshiriladigan barcha irrigatsion, meliorativ, agro-texnik texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar natijasida ma’lum bir yer maydonidan yetishtirib oligan mahsulot miqdori.
Qishloq xo’jalik yerlari /Сельскохозяйственные земли/ Agricultural land – qishloq xo’jalik subyektlariga turli xildagi tayyor mahsulotlarni, ishlab chiqarish maqsadida ma’lum muddat davomida foydalanish uchun berilgan xaydalaniladigan yerlar, yaylovlar, pichanzorlar, ko’p yillik daraxtlar maydoni yig’indisi.
Davlat yer kadastri /Государственный земельный кадастр/Government land cadastre - yerning tarkibi, xo’jalik, xuquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko’rsatkichlari va qiymati (bahosi), yer uchastkalarining manzili va o’lchamlari, ularning yer egaligi, undan foydalanuvchilarga, ijarachilarga,to’g’`ri taksimlash to’g’risida zarur, ishonchli ma’lumotlar va xujjatlar yig’indisi.
Fond bilan ta’minlanish /Фондообеспеченность/ Fund- qishloq xo’jalik subyektlarining bir birlikdagi yer maydoniga to’g’ri keladigan fondlar qiymati.
8-MAVZU.QISHLOQ XO’JALIK MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH.
Dostları ilə paylaş: |