O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari, samarali innovatsion tehnologiyalar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə26/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

2. Fan-texnika taraqqiyoti, uning yo‘nalishlari, samarali innovatsion tehnologiyalar
Qishloq xo‘jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-texnika resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali foydalanish masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga bevosita bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyoti deganda, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha fanlarning rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, fan rivojlanishi natijasida shu davrgacha bo‘lmagan mutlaqo yangi fan – «Moddiy-texnika resurslari» ham yaratilishi mumkin. Bu jarayon fan-texnika inqilobidan dalolat beradi. Demak, fan-texnika taraqqiyoti inqilobi - intellektual ong rivojlanishining mahsulidir. Buning uchun intellektuallarni tayyorlaydigan ta’lim, ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko‘tarish taqazo etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qulay va samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari takomillashtirilishini,sYerhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva zotlari, ilg‘or tehnologiyalarni yaratadigan fanlarning, fan-texnika, tehnologiya rivojlanishini ta’minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori oshadi, sifati yaxshilanadi.
Bu jarayonni respublikamiz misolida ham ko‘rish mumkin. CHunonchi, fan-texnikani taraqqiy ettirish yo‘lidan borilayotgan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun qishloq xo‘jalik mashinasozlik sanoati korhonalarida yangi, sifatli haydov, ishlov beruvchi traktorlar, paxta tYeradigan mashinalar, kimyo sanoatida poliyetilen quvurlar, plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. YOmg‘irlatib, tuproq ostidan, tomchilatib sug‘orish uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu hol qishloq xo‘jaligida samarali, ilg‘or tehnologiyalar joriy etilishini ta’minlaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilarning tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg‘unlashishi lozim.

  • yangi yerlarni kompleks o‘zlashtirish, zax va sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta’minlanish tadbirlarini amalga oshiradigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;

  • tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va sYerhosil urug‘ navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish;

  • qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda mexanizatsiyalashtirishni ta’minlaydigan vositalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi servisini tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning zarur miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini shakllantirish;

  • qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini erkinlashtirilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni yaratish va ularni hayotga izchillik bilan joriy etish;

  • fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotganlarini rag‘batlantirilishini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mexanizmlarni yaratish va boshqalar.

Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish ta’minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratiladigan moddiy-texnika resurslari qishloq xo‘jaligida yangi, samarali tehnologiya vujudga kelishi, bu jarayon rivojlantirilishini ta’minlaydi. Bu tehnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va xarajatlar kamayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda paxtachilikda «Andijon tehnologiyasi» yaratilib, respublikada keng ko‘lamda joriy etilmoqda. Bu usulda chigit avvaldan olib qo‘yilgan pushtalarga respublikada ishlab chiqarilayotgan (dastlabki yillarda u Xitoy respublikasidan valyutaga olib kelinar edi) plyonka ostiga ekilmoqda.
Natijada tuproq namligi va harorat saqlanib, chigitning tez unib chiqishiga Yerishilmoqda. Plyonkalardan foydalanish pushtada begona o‘tlar paydo bo‘lishini kechiktiradi. Bu hol birinchidan, g‘o‘za yaganasini hamda begona o‘tlarni yo‘qotish ishlarini kamaytirish, ikkinchidan, suv sarfini qisqartirish imkonini bermoqda.
Chigitni plyonka ostiga ekish natijasida paxta hosilining erta pishishi hamda uni qisqa muddatda yuqori navlarda terib olish ta’minlanmoqda. SHu tufayli Andijon viloyatida paxta hosildorligi 1999-2008 yillarda o‘rtacha 34 sentnerni tashkil etdi. Bu, respublikada eng yuqori ko‘rsatkichdir. Viloyatda 1 sent. paxta hosilini yetishtirish uchun 29,8 ming so‘m sarflanmoqda. Bu respublikadagi bu boradagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 25,1 foizga kam. Natjalar ilg‘or tehnologiyaning afzalliklarini bot-bot isbotlamoqda.
Bu o‘rinda ta’kidlash kerakki, yangi tehnologiyani qo‘llash uchun shart-sharoit yaratish, uni amalga oshirish jarayonida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Masalan, chigit ekish seyalkalari tehnologiya talablari darajasida takomillashtirilmagan. Pushtaga yopilgan plyonka vaqtida, to‘liq yig‘ishtirib olinmay, dalalarda qolib ketayotgani tufayli tuproqning holatiga hamda ayrim bajariladigan ishlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi davrda ularni bartaraf etish borasida ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda va bu kabi kamchiliklar chigit plyonka ostiga ekiladigan dalalarni ekishga tayyorlash, ekish va undan keyingi amallarni bajarish jarayonida ham kuzatilmoqda. G‘o‘zalarni sug‘orishda «Isroil tehnologiyasi» ham joriy etilmoqda. Bu tehnologiyaning asosiy maqsadi suvni tejashga qaratilgan. Shu usuldan foydalanish natijasida 1 ga paxta maydoniga 4-5 marta kam suv sarflash ta’minlanadi. Gollandiyada yetishtirilgan kartoshka urug‘i ularning texnikalari bilan ekilib, o‘simliklarga ham golland texnikalarida ishlov berilib, ularning hosili ham shu tehnologiyalar bilan yig‘ishtirib olindi. Bu jarayonda mahalliy tajribalardan ham keng foydalanildi. Natijada respublikada kartoshkachilik rivojlandi. Hozirgi davrda aholi iste’moli uchun chetdan kartoshka sotib olishga barham berilgan. Chorvachilik tarmoqlarida ham ilg‘or tehnologiyalar joriy etilmoqda. Ular vaqtni, mehnatni, mablag‘ni tejash imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi oshishi va nihoyat, sof foyda summasi ko‘payishi ta’minlamoqda. Shuning uchun samarali tehnologiyalarni yaratishga, ularni hayotga tatbiq etishga doimo katta e’tibor berish lozim.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin